Aliexpress haqida Aliekspressda tovar sotib olish

DO`STLARGA ULASHING:

Aliexpress haqida. Aliekspressdan qanday xarid qilinadi? Aliekspressda tovar sotib olish

Assalomu alaykum, foydalanuvchilarimizning juda ko’plab talablariga ko’ra bugun “Aliexpress haqida. Aliekspressdan qanday xarid qilinadi? Aliekspressda tovar sotib olish” – nomli maqola yozishga bel bog’ladik. Bu maqola orqali Siz Xitoydan istagan turdagi maxsulotni buyurtma qilishni o’rganasiz. Xitoydan O’zbekistongacha birorta maxsulotni bepul yetkazib berishlari mumkinmi? Yana Sizni uyingizgacha? Bu g’irt yolg’ondan boshqasi emas – desangiz, qattiq adashasiz. Xitoydan tovar’ni bepul dostavka qilish – bu ko’pchilik uchun oddiy xolatga aylanib ulgurgan. Maqolamiz VIDEO darsliklar bilan yoritilgan, ular orqali Siz bemalol, Xitoyning Aliexpress saytida ro’yxatdan o’tish, tovar tanlash va zakaz qilishingiz, unga pul to’lashni o’rganishingiz mumkin.

Ushbu maqola orqali quyidagi ma’lumotlarni bilib olasiz:

Aliexpress haqida

Aliekspress (Aliexpress, Alibaba group) 2015-yili  dunyoning eng yirik marketpleysiga aylandi. Ya’ni dunyoning istalgan burchagidan sotuvchilar, asosan Xitoylik sotuvchilar, o’z maxsulotlariga sayyoramizning hamma joyidan klient (mijoz) topishlari mumkin. Fakt shuki, Aliekspressdan xarid qilayotib, Siz tovarni Aliexpressdan emas, noma’lum sotuvchidan olasiz, shu sababli sotib olishdan avval, Aliexpress sotuvchisi haqidagi fikrlarga (отзывы, Feedback) e’tibor berish kerak.  Aliexpressda, sotuvchilarni tanlashda, fikrlarni o’qimasdan biror nima xarid qilish yomon odat. Fiklarni esa Sizga o’xshagan xaridorlar qoldiradilar. Masalan, Siz aliexpress orqali fleshka sotib oldingiz. Siz shunday fikr qoldirishingiz mumkin: “Fleshka Toshkentga 25 kun ichida yetkazildi. Fleshka menga juda ham yoqdi, fayllarimni endi doim yonimda olib yura olaman…” Aynan fikrlar (отзывы, Feedback ) orqali sotuvchi maxsulotining sifati va eltib berishi qanchalik ishonchli ekanini bilib olishingiz mumkin. Maxsulotning sahifasida ham tovar haqida batafsil ma’lumot (описание товара) olsa bo’ladi, lekin bu ma’lumot foydalanuvchilar qoldirgan fikrlarichalik ko’p yordam bera olmaydi, chunki bu ma’lumotni sotuvchining o’zi taqdim etadi.

Aliexpressda qanday ro’yxatdan o’tiladi?

Xitoydan tovar zakaz qilish uchun Aliexpressda ro’yxatdan o’tish uchun Sizga faqatgina elektron pochta kerak bo’ladi

Ro'yxatdan o'tish tugmasi

Ochilgan sahifaning tepa, o’ng tarafida регистрация tugmasiga bosamiz. Bizdan o’zimiz haqimizda ma’lumotlar kiritishni so’rashadi. Barcha ma’lumotni rasmda ko’rsatilgandek to’ldiramiz

Aliekspressda tovar sotib olish ro'yxatdan o'tish 2

Создать Ваш профиль tugmasini bosgach, Sizni aliexpress asosiy sahifasiga yuborishadi. Siz saytga login bo’lasiz. Ko’rsatgan pochta manzilni tekshiring va akkauntingizni aktivlashtiring. Sizga Xitoydan posilka yuborishlari uchun o’z uy manzilingizni kiritishingiz kerak. Buning uchun tepada ismimiz yozilib turgan odamcha belgisiga sichqonchani olib boramiz, pastki menyu ochilgach, u yerdan Мой aliexpress’ga bosamiz

Aliekspressda tovar sotib olish ro'yxatdan o'tish 3

Sizni o’z shaxsiy kabinetingizga yuborishadi. U yerda Sizning buyurtmalar, Siz ko’rgan tovarlar, reyting ballari va boshqa ko’plab ma’lumotlar saqlanadi. U yerda chap tarafdagi menyudan Адрес доставки’ga (yetkazib berish manzili) bosamiz

Aliekspressda tovar sotib olish ro'yxatdan o'tish 4 Aliexpress haqidaOchilgan sahifada Sizdan o’z pochta manzilingizni kiritishingizni so’rashadi. Manzilni to’g’ri kiriting. Kelajakda Siz buyurtma qilgan har qanday tovar shu manzilga va shu yerdagi qabul qiluvchi odam nomiga yetkaziladi

Aliexpress haqida

Aliexpressda ro’yxatdan o’tishning afzalliklari:

  • Tovarni sotib olishdan avval, sotuvchiga savollar berish imkoni. Masalan, chegirma (скидка), sovg’a so’rash yoki tovarga oid, Siz uchun qiziq bo’lgan savollarni berishingiz mumkin.
  • Yetkazib berish manzilini har safar emas, bir marotaba kiritsangiz kifoya, bu manzil doim akkauntingizda saqlanib turadi.
  • Vaqt o’tgan sayin Sizda reyting ballari yig’ilib boradi. Agarda Siz aktiv xaridor bo’lsangiz, u holda Sizning reyting yuqori bo’ladi va Siz tovar uchun chegirma so’rashingiz osonlashadi, hamda sotuvchilarning Sizga bo’lgan hurmati ham balandroq bo’ladi.
  • Va nihoyat, faqatgina ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilar Aliexpress bonuslar dasturida ishtirok eta oladilar.

Aliexpress haqida. Aliekspressdan qanday xarid qilinadi? Aliekspressda tovar sotib olish

Ro’yxatdan o’tish jarayoni (Video darslik)

Aliexpressda Internet magazinida tovar qanday tanlanadi?

Men yaqinda fonar sotib olgandim, bugun Aliexpress orqali, Sizlar bilan birgalikda unga batareyka buyurtma qilamiz. Birorta tovar (maxsulot) qidirish uchun, uni nomini поиск maydoniga kiritamiz. Meni xolatimda bu 18650 rusumli batareyka. Kerakli tovar nomini kiritgach, uni tagida ko’pgina takliflar ro’yxatini ko’ramiz. Rasmda ko’rib turganingizdek takliflar ko’p.

Aliexpress haqida

Natijalarni tartibga keltiramiz, faqat o’zimizga keraklilarini qoldiramiz

Aliexpress haqida

  1. Бесплатной доставка – bu maydonni belgilab qo’ysak, bizga faqat O’zbekistonga bepul yetkazib beriladigan tovarlarni ko’rsatishadi
  2. Только поштучно – tovarni donalab olish
  3. Bu maydon orqali Siz maxsulotlarni filtrlashingiz (tartib keltirish) mumkin.
  4. Bepul yetkazib berish qaysi davlat uchun amalga oshiriladi

Bepul yetkazish variantlari orasidan O’zbekistonni tanlaymiz.

Agar Sizga tovar donalab kerak bo’lsa, “Только поштучно” maydoniga galochka qo’yamiz. Aliexpressda ulgurji savdo qiladigan sotuvchilar juda ko’p, lekin menga bor yo’g’i bir dona batareyka kerak, pachkalab emas. Shuning uchun optoviklarni chiqarib tashlaymiz.

Endi takliflarni filtrlaymiz. Bu yerda har kim o’ziga maqul ravishda filtr tanlaydi. Narx bo’yicha (по цене) yoki reyting bo’yicha (по рейтингу) filtrlash mumkin. Men esa ko’p sotilgan maxsulotlarni ko’raman. Buni sababi oddiy. Agarda maxsulot ko’p sotilsa, demak, tovar ta’riflangandek yahshi, u haqida fikrlar juda ko’p va narxi ham hamyonbop.

Endi hammasini to’g’ri sozlab, tartibga keltirgach o’zimizga maqul maxsulotni tanlaymiz. Narxiga sifati to’g’ri keladigan tovarlarni izlaymiz. Va albatta maxsulot haqida fikrlarni o’qishni unutmaymiz. E’tibor berish kerak bo’lgan eng muxim narsa ham bu fikrlar. Har bir tovar tagida Feedback (отзывы), ya’ni fikrlar bo’limi bor.

Sotuvchini tanlash juda ham muxim jarayon. Bu jarayonga qancha jiddiy yondashsangiz, Sizga yetib keladigan tovardan ko’nglingiz shuncha to’q bo’ladi.

Aliexpress haqida. Aliekspressdan qanday xarid qilinadi? Aliekspressda tovar sotib olish

Tovar tanlash 1-qism (Video darslik)

Aliexpress haqida. Aliekspressdan qanday xarid qilinadi? Aliekspressda tovar sotib olish

Tovar tanlash 2-qism (Video darslik)

Aliexpressdan qanday qilib tovar zakaz qilinadi

Yuqorida men 18650 rusumli batareykani tanladim va uni Aliexpressdan buyurtma qilmoqchiman. Endi esa uni korzinkaga (savatcha) joylash, pulini to’lash va zakaz qilish kerak. Bu jarayonni video darslikda ko’rishingiz mumkin.

Aliexpress haqida. Aliekspressdan qanday xarid qilinadi? Aliekspressda tovar sotib olish

Tovar zakaz qilish (Video darslik)

Aliexpressda tovar sotib olish. Tovar uchun pul to’lash

Aliexpress juda ko’plab pul to’lash metodlarini taklif etadi. Masalan O’zbekiston uchun Visa, Mastercard va Maestro kredit kartalaridan pul to’lash imkoni mavjud. Hamda elektron to’lov tizimlari QIWI, Webmoney va Yandex money’lar ham mavjud. Kimda kredit kartasi bo’lsayu, u orqali Internetda xarid qilishdan qo’rqsa, u holda QIWIdan foydalanish mumkin.

Aliexpress pulingizni darxol tushirmasligi mumkin. Har bir to’lov o’tishidan avval tekshirilishi tufayli, tekshirish jarayoni 24 soatgacha vaqtni olishi mumkin. Bu vaqtda esa Sizning zakaz “не оплачено” statusida turadi, pulingiz xisobingizdan yechilgan bo’lsa ham. Bunday xolatda havotirga tushmang, chunki bu oddiy jarayon.

Aliexpressdagi eng zo’r taklif. Texnikadan tortib, kiyimgacha bo’lgan maxsulotlar.
QAYNOQ CHEGIRMALAR!

Aliexpress haqida. Aliekspressdan qanday xarid qilinadi? Aliekspressda tovar sotib olish

Aliexpressda qanday pul to’lanadi? (Video darslik)

Aliexpressdan xarid qilingan buyumni qabul qilib olish, uni qayerda ekanini kuzatib turish, tovar yoqmasa qaytarib berish va boshqa ma’lumotlarni bilish uchun bizning Daromad.ru saytimizga tashrif buyuring Bizdan uzoqlashmang!