Alisher Navoiy haqida sahna ko’rinishlari

DO`STLARGA ULASHING:

Alisher Navoiy haqida sahna ko’rinishlari to‘plami

 

Navoiy bir kuni… sahna ko’rinish
Musiqiy ilmida zamonasining yagonasi bo‘lmish mavlono Alishoh bir kuni davlatmand oliy hazrat Navoiyga arz qilib, “Sizning oliy iltifotingizdan va marhamatingizdan umid shulki, vaqf boshqaruvchilari olti oylik maoshimni birdaniga bersalar, har oyda ularga bosh og‘rig‘i bo‘lib yurmasam”, dedi. Oliy hazrat javob qildi:
– Mavlono, umrimizdan olti kun qolganmi-yo‘qmi, bilmaymiz. Nima uchun siz omonat hayotga bu qadar e’tiqod qilib, olti oylik maoshni oldindan talab qilasiz?
Mavlaviy janoblari dedi:
– Siz buyruq beravering, ular pulni beraversinlar. Bordiyu o‘lib qolsam, o‘sha pul go‘ru kafanimga yarab qolar.
Shunda on hazrat dedilar:
– O‘ligi ham bir balo, tirigi ham bir balo deganlari siz ekansiz-da?!
Xondamir,
“Makorim ul-axloq”dan
«Navoiyga qarashga uyalaman» hayotiy voqea
Bir kuni Mirtemir domlaning uyiga bordik. Domla o‘zbek mumtoz adabiyotini juda yaxshi biladigan, zukko odam edi. Suhbat asnosida kabinetiga kirganimizda, kitob javonining ko‘zga yaqin yerida Pushkin, eng chekkada esa hazrat Navoiyning suratlari turardi. Shunda men ajablanib: «Bu qanaqasi bo‘ldi, domla, vatanparvarligingiz qayerda qoldi, o‘zbekning daho shoirini bir chekkaga surib qo‘yibsiz» dedim. Domla bir necha soniya sukut saqlab turdi-da, ke­yin jilmaygancha: «Men Pushkinga qarashga uyalmayman, chunki uning butun ijodini o‘qiganman, o‘rganganman. Hazratga qarashga esa uyalaman, sababi, u kishining ijodini aql bilan ham, qalb bilan ham anglab yetganimcha yo‘q» deb javob qildi. Mana shu gaplarni taniqli navoiyshunos olim Abduqodir Hayitmetovga aytganimda, u kishi «Garchi men butun umrimni Navoiy ijodini o‘rganishga baxshida etgan bo‘lsam-da, bu ummon tubiga yetolgan emasman» dedi.
Erkin Vohidov. «So’z latofati
Alisher Navoiy va haj safari haqida sahna ko’rinishi
Shoir Mir Alisher Navoiyning yoshi bir joyga yetganda,ko’ngli hajga borishni istab qolibdi. Yurt sultoni Husayn Boyqaro bilan xayrlashib ketish maqsadida uning huzuriga kelibdi va maqsadini unga tushuntiribdi.
(Parda ochildi)
Husayn Boyqaro:Siz hajga borib kelganlardan ko’proq savob ishlar qilgan mo’tabar zotsiz.
Alisher Navoiy:Axir…
Husayn Boyqaro:Do’stim,hozir vaqti emas,tushuning.
Oradan bir yil o’tibdi. Mir Alisher yana hajga ketish harakatiga tushibdi. Safari oldidan do’sti Sulton Husayn bilan ko’rishish uchun saroyga kelibdi.
Alisher Navoiy:Do’stim,siz bilan xayrlashish uchun keldim.
Husayn Boyqaro:Do’stim,yurtimiz notinch,ulus orasida norozoliklar kuchayib ketmoqda. Sizsiz ulusni boshqarish qiyin. A’yonlarga ishonib bo’lmaydi,payimni qirqish maqsadida bo’ladilar. Do’st deb bilsangiz meni yolg’iz tashlab hech qayoqqa ketmangiz.
Alisher Navoiy:Mayli,kelasi yil Navro’zi olamda ,albatta, safarga otlanaman.
Bu orada qish chiqib,bahor sepini yoyib kirib keldi. Hamma yoqni navro’zi olam egallabdi. Navoiy Sulton javob bersa ham,bermasa ham,albatta jo’nab ketaman. Ketish oldidan do’stim bilan xayrlashay. deb Husayn Boyqaro huzuriga kelibdi va yana maqsadini tushunti-ribdi.
Alisher Navoiy:Navro’zi olam mo’tabar kunda men haj safariga otlandim. Siz bilan xayrlashay deb huzuringizga keldim.
Husayn Boyqaro:Jo’nashingiz aniqmi?
Navoiy:Ha,bu gal meni safardan hech kim qaytara olmaydi,hatto sizdek do’stim-u yurt sultoni ham.
Husayn Boyqaro:Unday bo’lsa men roziman. Mayli do’stim,mening uchun ham ziyorat qiling. Ziyoratingiz qabul bo’lsin. Iloho omin. Ketishingizni hech kim bilmasin,tunda yashirincha yo’lga otlaning.
Alisher Navoiydo’sti bilan xayrlashib,uyiga qarab jo’nadi. Ko’chasining boshiga yetay deganda unga bir yigit hamroh bo’libdi.
Yigit:Assalomu alaykum!Siz ham o’sha yoqqami?
Alisher Navoiy:O’sha yog’ingiz qayoq?
Yigit:Qayoq bo’lardi , Alisher Navoiy hazratlarining uylariga-da. Men qishloqda turaman. O’tin terib sotib kun ko’raman. Eshitishimcha,Alisher Navoiy degan kishi mashhur shoir,podsholikning kattasi bo’lsa ham,bizdaqa g’arib bechoralarga naïf ko’p tegib turar ekan. Shu kishidan panoh izlab bu yerlarga keldim. Endi balsam,xato qilibman.
Alisher Navoiy:Nega endi?
Yigit:E,siz so’ramang ,men aytmay. Hali eshitmadingizmi?Soir hajga ketayotgan emishlar. Bilmadim,bu yog’I nima bo’larkin?
Alisher Navoiy yigit bilan gaplashib uyiga kelib qolganini payqamay qolibdi. Ne ko’z bilan ko’rsinki,hovlisi odamga to’lib ketibdi. Bu yerda shoirlar-u hofizlar,mashshoqlar-u xattotlar,kitob bitarlar-u toshtaroshlar,naqqoshlar-u munaqqidlar singari do’stlaridan tashqari, novvoy-u oshpazlar,bog’bon-u temirchilar,aravakashlar-u hammollar,xullas,shoirni tanigan borki,hammasi hozir-u nozir emish.
Hozir bo’lganlardan biri:Ana hazratning o’zlari kelib qoldilar.
(Haligi yigit hamrohi Alisher Navoiy ekanligini bilib,hayratdan yoqasini ushlab qolibdi. )
Alisher Navoiy:Tinchlikmi o’zi?
Alisher Navoiyning shogirdi:Tinchlikka-ku tinchlik.
Alisher Navoiy:Bo’lmasa bunchalik ko’p kishilarningshoir kulbasiga tashrif buyurishi va alar yuziga tashvish alomatlari soya solishining boisi ne?
Shogirdi:Buni alarning o’zlaridan so’rasangiz.
Hozir bo’lganlardan biri:Bizni tashlab safar ixtiyor qilganinggiz haqida mish-mishlar to’g’rimi, hazratim?
( Navoiy boshini egib,sukut saqlaganicha turib qoladi).
Shogirdlardan biri:Xaloyiq,eshitmadim demangiz,eshitmaganingiz bo’lsa,eshiting,hazratim ertaga tong saharlab do’st – oshnolariga ham bildirmay safarga jo’nab ketmoqchilar.
(Hamma tomondan shov-shuv ko’tarildi).
Bir kishi:Hazratimni bu yo’ldan qaytarmoq lozim. ularsiz holimiz ne kechadi?
Ikkinchi kishi:Nima bo’lardi,yurt tinchligi buzilib,yana nohaq qon to’kilishlar boshlandi.
Binoiy:Hazrat,safar ixtiyorini tark eting. Sizsiz holimiz zabun bo’ladi:ariqlar qazilishi,binolar qurilishi to’xtab qoladi. El boshi g’alayon,to’s-to’palondan chiqmaydi.
Keksa temirchi:Ulus masjid desa,masjid soldirdingiz, madrasa desa madrasa qurdirdingiz. Siz bino qildrgan bu hammomlar,ko’priklar,ariqlar,hovuzlar,bog’u-rog’lar,kutubxonalar savobning o’rnini bosolmaydimi?
Dehqon bobo:Siz yetimlarga- ota,uysizlarga-uy,suvsizlarga- suv berdingiz,sizning rahm-shafqa,mehr-muruvvatingizdan odamlargina emas,jonivor,hatto hasharotlar ham bahramanddirlar. Shuning o’zi savob.
Yana biri:To’g’ri aytdingiz, otaxon!
Dehqon bobo haq gapni aytdilar. Axir o’zingiz:
Odamiy ersang, demagil odami
Onikim, yo’q xalq g’amidin g’ami,
Demaganmidingiz?! Ha,siz o’zingizga safar ixtiyor qilgan bo’lsangiz,ulus buni kechiktirish yo qoldirishingizni o’tinadi.
Alisher Navoiy:Yurtimning tinchligi,xalqimning faravonligi men uchun azizdir. Men roziman.
Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy suhbati sahna ko’rinishi
Sahnada boshlovchi Navoiy siymosini eslab shunday deydi:
Assalom, Navoiy, g‘azal sultoni
Yetubdur suhbatingiz olmoq mahali.
Siz-la diydorlashmoq so‘z istak edi,
Muborak yoshingiz bir imkon berdi.
Buyuk tog‘lar ishra bo‘lib buyukroq,
Suyuk tog‘lar ishra bo‘lib suyukroq
Navoiy ko‘rinar ko‘zimga mening,
Nafasi urilar yuzimga mening.
Shundan keyin davraga Navoiy siymosi kirib keladi.
Navoiy siymosi shunday deb murojaat etadi:
Emas bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy oanjasiga panja urmoq.
Kerak she’r oldida hamki she’r jangi,
She’r bo‘lmasa bo‘lg‘ay bori palangi.
Men turkcha boshlabon rivoyat,
Qildim bu fasonani hikoyat.
Yo‘ldasa bu yo‘li Nizomiy yo‘lim,
Qo‘ldasa Xusrav bila Jomiy qo‘lim.
Navoiy o‘tirib ijod qila boshlaydi, shu payt Abdurahmon Jomiyning Navoiyga ta’rifi aytiladi:
«Bu qalamga falakdin ofarinlar yog‘ilsin, chunki bu muloyim naqshlarni o‘sha qalam yaratdi. Navoiy forsiy tilda ijod qilganlarga rahm-shavqat qildi va o‘z asarlarini turkiy tilda bitdi. Navoiy asarlarini forsiyda bitganda edi, boshqa shoirlarning ijod qilishiga majoli qolmasdi.
Bir necha o’quvchilar:
Besh yarim asrdan o‘tsada ustoz
Siz tergan gavharga biz hanuz muhtoj
Siz tuzgan devonga yetmaydi quloch
Siz turkiy tiliga qo‘ydirdingiz toj
Besh yarim asrdan o‘tsada zamon
Adolatga chorlar siz qurgan minor
O‘tsada necha yil necha bir zamon
Shoirlar bo‘ynida siz bergan tumor
O‘tsada necha yil necha bir zamon
Shoirlar bo‘ynida siz bergan tumor
Nizomiy qoliga qo‘liga urdingiz
So‘ng bu maydon ichra surdingiz
Go‘yoki besh doston besh haykal bo‘lib
She’riyat ko‘ksiga qasr qurdingiz.
Navoiyning Lutfiy bilan uchrashuvi
Navoiy:Assalomu alaykum, ustoz,mavlono.
Lutfiy:Va alaykum assalom, inim Alisher xo’sh,bugun menga qanday mashqlaringizni keltirgan erdingiz.
Navoiy:Bir g’azal bitgan erdim.Ruxsat bersangiz o’qib bersam.
Lutfiy:Qani, o’qingchi.
Navoiy:Orazin yopg’och ko’zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’och quyosh.
Lutfiy:Va, allo,agar muyassar bo’lsa erdi , o’zimning forsiy va turkiy tillarda
yozgan 12 ming baytimni shul g’azalga almashtirgan bo’lur erdim.Ofarin,ofarin,tasannolar bo’lsun .Nasib ersa siz buyuk shoir bo’lursiz.
Navoiy va Guli monologi
Guli: Hamon yodimdadur gul chog’i erdi,
Ko’rishgan maskanim gul bog’i erdi
Ochilgan rang-barang gullar chamanda
Quyoshda barq urib aylardi xanda
Ochib gul daftarin bulbul o’qirdi,
Muhabbat haqida doston to’qirdi.
Esimda qutqarib hijron o’limdin
Gapirgan gaplari ushlab qo’limdin
Qilib to’y so’ng bo’lurmiz birga doim
Seni ko’p ko’rmasin menga xudoyim.
Hayhot faqat meni ko’p ko’rdi senga
Ajal o’z zaxrini ichkazdi menga.
Enaga: Qizim, tinchingni ol, bezovta bo’lma
Ha deb bexudaga g’amlarga to’lma
Shukur qil Тangriga bir oz durustsan.
Guli: Shukur, Тangri uchun qurbon bulurmen
Enaga: Hali bir g’unchasen kelgay bahoring
Ochilgaysan hali kulgay nahoring
Guli: Oh qaydam, g’unchamen kelmas bahori
Ochilmas hech qachon, kulmas nahori.
Enaga: Sabr qil, jon bolam, kelur bahoring
Guli: Dunyo bo’hton ila, g’iybatga kondir
Qilichdin, nayzadin bo’hton yomondir.
Enaga: Navoiy hech qachon bo’htonchilarga
Quloq solgan emas, solmas ularga.
( Shu payt sahnaga Alisher Navoiy kirib keladi. )
Navoiy: Ko’zim chiqsen seni ko’rguncha mundoq
Kesilsen til seni so’rguncha mundoq
Guli: Alisher, nomusim, orim o’zimda,
Alisher, yo’q sira yolg’on so’zimda
Navoiy: Gulim, anglat bu ne hol
Guli: Mening dardimni qo’y, qo’zg’atmagin… Oh…
Seni ko’rdim shu bas, Alhamdulilloh…
Navoiy: Тushuntir, qiynama, anglat bu ne hol
Guli: Saodat g’unchasin zulm etdi paymol
Faqat bir iltimos, ko’rkam chamanda,
Ochib gul – g’unchalar etganda xanda
Saharlab qilmayin odatni kanda
Kirib gulzor aro sayr aylaganda
Kirib gulzor aro misoli Farxod,
Chaman bulbullari qilganda faryod,
Juvonmarg g’unchani ham esla, yod et.
Unutma, doimo ruhimni shod et.
Navoiy: Umidsiz bo’lma hech, o’ynab ketarsen,
Sevinch gulzorida parvoz etarsen.
Guli: Alisher ne uchun xo’rlik yaralgan?!
Nechun jabr-u sitam, zo’rlik yaralgan?!
(Qo’lda yalong’ochlangan qilich bilan Husayn Boyqaro keladi).
Husayin: Hayhot bu qanday sharmandalik?!
Guli: Shohim, Alisherda gunoh yo’q! Uni men chaqirtirdim.
Husayin: (taajjubda) Bu qanday hol?
Guli: Shohim, siz Majiddinni…
Navoiy: (hayojonda) Majiddin?
Guli: Sovchi qilib yuborganingizda ko’nishga majbur bo’ldim. Chunki, u agar haramingizga kelishga rozi bo’lmasam, Alisherning halok etilishini aytdi.
Husayin: Alisherni kim halok qilmoqchi ekan?
Guli: Siz.
Husayin: Bo’hton!
Guli: Qo’lingizda yalong’och qilichingiz bo’lmasa, so’zingizga balki ishongan bo’lur edim…
Husayin: (qilichini tashlaydi) Ochiqroq so’zlang.
Guli: Yana qanday narsa yopiq qoldi?
Husayin: Alisher bilan qanday munosabatda ekanligingiz men uchun qorong’u.
Guli: Vaziringiz shohning xabari bor degan edi-ku.
Husayin: Nimadan?
Guli: Alisher bilan mening oramda bo’lgan muhabbatdan.
Husayin: (hayojonda) Muhabbat! Yo rabbiy, bu qanday hol.
Guli: (Alisherga yuzlanib) Men o’laman, hozirga qadar hammadan sir tutgan dardimni aytmay ilojim yo’q. Alisher, azizim! Men asta ta’sir qiluvchi zaxar ichgan edim. (Hamma hayojonda).
Navoiy: Zaxar?!
Husayin: Yo rabbiy, bu ne hol?
Guli: Zaxar o’z ishini qildi. Ado bo’ldim. So’nggi tilagim sizni ko’rib o’lish erdi. Тangri tilagimni qabul etdi. Shohim, Alisherga ozor bermang, u buyuk odam!
Husayin: (boshi quyi solingan) Nechun avvalroq bilmadim? Yanglishdim.
Guli: (bezovta) Alisher, meni bu yerdan olib keting, yolg’iz qo’lingizda jon beray.
Navoiy: Gulim, bizning kunlarimizda adolatning boshi yanchildi.
Zamon donoga dor, johil uchun yor
Yomonga gul berur, yaxshiga deb xor.
Yomonga baxt berur, yaxshini badbaxt
Qilur zolim uchun, baxsh aylagay taxt.
Navoiyning tug’ilishi sahna ko’rinishi
Jarchi kiradi: — Shohruhmirzo saltanatlarida G’iyosiddin Bahodir o’g’il ko’rmishdir. Siz azizlardan shu o’g’longa ismi-jismiga mos ism qo’yib berishlaringizni so’rab, G’iyosiddin Bahodir qadam ranjida qilmishlar.
— Marhabo, qadamlariga hasanot! (chaqaloqni ko’tarib G’iyo¬siddin kiradi) Mir Said G’iyosiddinning qo’lidan chaqaloqni oladi: -/bay-bay-bay! Bu go’dak yuzidan Ollohning nuri yog’ilmish. Farishtalar uning xizmatidadir. Mir Said chaqaloqni A.Jomiyga uzatadi. Jomiy bir zum bolaga tikilib qoladi:
— Peshonalari keng, ko’zlari tiyrak, boqishlari ma’noli. Men
go’dakda ulug’xosiyatni sezdim. Olloh turk xalqiga buyuk insonni
in’om etgani rost bo’lsin. Ollohim, yomon ko’zdan o’zing asra.
Bolani Mavlono-Lutfiyga uzatadilar. Lutfiy chaqaloqqa tikilib, shunday deydi: — Shoyad, G’iyosiddin Bahodir biz qalam ahllarini hurmat qilib, ism qo’yib berishimizni so’rabdilar. Mening tilagim she’riyatning she’ri — Mir Alisher bo’lsin.
G’iyosiddin Bahodir ta’zim bajo keltiradi.
Keksalar: Borakallo, borakallo ustoz. Ayni ko’ngildagi gapni
aytdingiz.Chaqaloqni olib ketadilar. —
Sahnaga ikki boshlovchi chiqadi.
1-boshlovchi: Besh asrki, bu nur so’nmay dunyoni munavvar etib kelmoqda.
2-boshlovchi: Besh asrki, bu nur Bobur va Mashrab bo’lib, Erkinu Abdulla bo’lib ash’or bitmoqda,
1-boshlovchi: Bu ko’hna quyosh abadiy ekan, yana ko’p davrlar bu nur shoir bo’lib ash’or bitajak.
2-boshlovchi: Navoiy qalbining navosi — Navoiysi abadiy so’nmasdir.
Navoiyxonlik uchun yangicha sahna ko’rinishi
(sahna ko`rinishida to`qima qahramonlar bo`lishi mumkin)
Sulton Xusayn Boyqaro taxt ustida o`tiribdi. yonida mulozimlari va vazirlari. Ular bilan bugungi kundagi davlat siyosatini, xalqdan yig`ilishi lozim bo`lgan soliqlarni muhokama qilmoqda.
Husayn: Majiddin! Soliqlar masalasi nima bo`lmoqda?
Amir Majiddin: Sultonim! Xalq soliqlarni vaqtida bermayapti kuni kecha Hirot uchun sizning farmoni oliyingiz bilan yangi soliq joriy etilgandi. Biroq xalq juda sust soliq berishda.
Husayn: Xoja Muzaffar!
Xoja Muzaffar! Labbay sultonim.
Husayn: siz davlatning soliq ishlari tartibchisisiz. Nega bunday sustkashliklar bo`lmoqda.
Xoja Muzaffar! Sultonim. Kuni kecha biz sizning farmoningiz bilan soliqlarni yig`ish ishlarini olib borishni boshladik. Ammo do`stingiz Alisher bizga qarshiliklar qilmoqda.
Husayn: Alisher! Nahotki?
Amir Majiddin: Xa shohim siz bilmassiz. Alisher bizning ishlarimizga hamisha qarshilik qilib kelmoqda.
Husayn: Mumkin ermas! U mening chin do`stim. U hayotim quvonchi, davlatim tayanchidir.
Amir Majiddin: SHohim, ana Xoja Muzaffardan ham, xoja Qutbiddinlardan ham so`rang. Inoning, Alisher saltanatingiz rivojining soyasi
Xoja Muzaffar: Uni Hirotdan yo`q qilish kerak.
Hamma: ha, ha shohim yo`q qilish kerak.
Xoja ABZAL: SHokim, shokim. Men sizga yangi asl sharob olib keldi. Voy shokim.
Xoja Abzal oqsoqlanib kelib, Sulton Xusayinga xumchadagi sharobni tutadi.
Xoja ABZAL: Voy SHultonim, men sizga Asl Eron sharobini olib keldim.
Husayn: Aldamadingmi?
Xoja ABZAL: Voy shokim. Kecha Erondan karvon keldi. Men shu karvondan ming tillaga sotib oldim. Sizga deb
Husayn: Xa xa Makkor. Qani berchi, shu sharobingdan.
Xoja Abzal sharobdan Xusaynga quyib beradi. Xusayn sharobni ichib:
Husayn: Tufe-e-e-e-e nomard. YAna aldabsanku?
Xoja ABZAL: voy shultonim, sizni aldamadim.
Husayn: hay nodon, qanaqa Eron sharobi? Buni shahar o`rtasidagi Bobur baqqol do`konidan keltirgansan? Har safar qilgan ishing shu – aldaysan!
Xoja ABZAL: Voy shohimmmmm! Afu eting! Meni aldashdi. Men ularni tutaman.
Husayn: Go`rda tutasan ularni. Bor, o`zimizning yerto`ladagi asl sharobni olib kel.
Xoja ABZAL asl sharob olib kelgani chiqib ketadi.
Amir Majiddin: Ex sultonim. SHu telba majnun ham odam bo`lib saroyda yursa? Nega uni yo`qotib yubormaysiz?
Husayn: Amir Majiddin. Xoja Abzalni ilk bor Xorazm uchun bo`layotgan jangda uchratganman. O`shanda u 15 yashar bola edi. SHu bola mening hayotimni qutqargandi. Agar u bo`lmaganda men otim bilan birga jarga qulagan bo`lardim. Meni qutqaraman deb, boshini toshga urib olgan. SHu-shu bu telba Abzalni men o`z inmdek bilaman. To`g`ri, u meni ko`p aldaydi, laqillatadi. Ammo bu meni hafa qilmaydi.
Amir Majiddin: Uzr Sultonim! Biz buni bilmas edik.
Husayn: Xo`sh, soliq masalasi so`ngra Alisher masalasi ne bo`ldi.
Amir Majiddin: Alisher do`stingiz har ishda birinchi bo`lmakchi on hazratlari. Aql-u zakovatda ham. Mamlakatni boshqarishda ham.
Husayn: Dushmanim shahzoda yodgorning bir gapi yodimda qolgan edi. Vazirlarimdan bir sotqin emish.
Amir Majiddin: SHohim, agar siz Alisherni yo`q qilmas ekansiz, kunlar kelib odamlar Amir Husaynnig zamonida Alisher Navoiy degan shoir o`tgan deb emas, balki, Alisherning zamonida Amir Husayn degan shoh o`tgan deyishadi. Nomingiz tarix changlarida qolgay. Alisher bir daraxt, siz esa soya bo`lib qolasiz. Nomingiz Alisherning soyasi bo`lib qolgay.
Xusayn: Yo`qoll. Iflossss. Alisherga til tekkizma.
Amir Majiddin: On hazratim. Men bir qul itingizman. SHuning uchun ham ko`chada tishlagan har bir narsamni sizga ilinaman.
Husayn: Nima qil deysizlar ahir Alisher saltanimning tinchlik mash’ali.
Muzaffar barlos: Kamina Muzaffar barlos beklar beki sifatida shuni aytamanki, Bu mash’al ofat keltiradi sizga.
Vazirlardan biri: Agar undan voz kechmasangiz bizlar bilan orangizga nifoq tushadi. Mamlakatni ushlab turganlar – beklar. Alesher ketmasa Beklar Samarqand sultonining oldiga ketib qoladilar.
Amir Majiddin: Alisherni qatl etib bo`lmaydi. Xalq bosh ko`taradi. Uni Astrobodga hokim qilib jo`nating.
Husayn: CHaqiring Alisherni.
Alisher Navoiy kirib keladi.
Alisher Navoiy: SHahriyori zamini zamon. Meni yo`qlamishlar.
Husayn: Alisher, do`stim. Hozir Astrobod viloyati juda ham qoloq. Sizdin o`zga hech kim u yerni obod qilib kelolmaydi.
Alisher Navoiy: SHohim. Meni vazirlikdan chetlating, ammo uzoqqa yubormang.
Husayn: Alisher!
Alisher Navoiy: Mayli Hazratim. Biz birga ulg`aydik. Kelajak, adolatli saltanat haqida fikrlar yuritdik. Ammo yoshligimizni zamon olib ketdi. Ikkimizning oramizga g`iybat oraladi. Siz g`iybatchilarga inondingiz.
Husayn: Alisher, do`stim!
Alisher Navoiy: Vidolashaylik on hazratim. Men erta tongda Hirotni tark etaman.
Alisher yo`lga otlanadi. Vazir Majiddin va qolgan fitnachi beklar esa uning ortidan o`g`lini ayg`oqchilikka jo`natadi.
Amir Majiddin: O`g`lim Mansur sen Alisherni Astrobodning o`zida yo`q qilasan.
Muzaffar barlos: Mana bu zahar. Buni uning ovqatiga qo`sh.
Amir Majiddin: bor o`g`lim, Xudo yor bo`lsin.
XOJA ABZAL: Nomardlar. Alisherga fitna uyutirishdi. Nokaslar. Men ham Alisher ortidan Astrobodga borib uni qutqaraman.
YArim yo`ldan qaytadi.
XOJA ABZAL: Voy, Alisher may va sharob ichmaydiku. SHohiiiimmm, sizga boshqa asl sharob olib keldiiimmmm. Juda qimmatbahooo…
Uktamov Nuriddin Erkinboy o`g`li
Uchqo`rg`on tuman 37-sonli umumiy o`rta ta’lim maktabi
ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
O’quvchilar va Navoiy siymosi haqida sahna ko’rinishi
Mumtoz kuy chalinadi Navoiy o’z ijodxonasida…
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro’kelmadi
Ko’zlarimg’a kecha tong otquncha uyqu kelmadi,
Lahza-lahza chiqdimu chektim yo’lida intizor
Keldi jon og’zimg’ayu ul sho’xi badxo’kelmadi
(Navoiy qiyofasidagi o’quvchi)ga yuzlanib, qalb so’zlarini izhor etadilar.
1-o’quvchi.
Assalom tabarruk Navoiy bobo
Tavallud kuningiz muborak bo’lsin,
Ruxingiz qo’llasin bizno doimo
Mangulik joyingiz nurlarga tolsin.
Bugun yurtimizda katta tan’tana
Shogirdlar quvonchi bilan birjahon
Sultoni o’zingiz g’azal mulkining
Sizni sharaflaydi zaminu-zamon
2-o’quvchi.
Assalom Navoiy ey buyuk ustoz
Poyingizga ta’zim etgani keldik
Madhingiz tillarda jaranglatib soz
Ruhingizni shod etgani keldik.
Ulug’ustoz sizga ta’zim, sizga shon
Nomingiz tillarda zaminu-zamon
3-o’quvchi.
Aziz bobojon! Siz betakror va boqiy siymosiz. Siz yaratgan asarlar samodek tiniq, tongdek shaffof, musiqiy ohanglar bilan yo’g’rilgan. Asarlaringizni o’qir ekanmiz, har bir satringizdan o’z xalqingizga, insoniyatga cheksiz mehringiz, u bilan bir jon bir tan ekanligingizni anglash qiyin emas:
Vatan tarkini bir nafas aylama,
Yana ranji g’urbat havas aylama.
4-o’quvchi:
Aziz bobojon! Siz jozibador baytlaringiz bilan inson bolasiga o’z san’atkorligingiz ila so’zning sehrini, hayotning ma’nosini, saodatning eshigini ochib berayotgandeksiz. Bu gulshanda saodatning kaliti odamlarga yaxshilik qilishda ekanligini anglatdingiz.
Bu gulshan ichra yo’qtur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur yaxshilik bila chiqsa ot.
5-o’quvchi:
Ulug’ustoz! Siz hassos shoirimiz A.Oripov aytganlaridek, qilich bilan emas balki qalam kuchi bilan butun olamni zabt etgan nazm gulshanining sohibqironisiz, g’azal mulkining sultonisiz, Siz bir umr
Odamiy ersang demagil odami
Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami, degan shioringizga sodiq qoldingiz.
Tabarruk, qutlug’yoshingiz muborak bo’lsin, aziz bobojon!
Navoiy:
Assalom, assalom, aziz avlodim!
Sizlarga doimo tole’ bo’lsin yor.
Sizlarga tangridan so’rayman kamol
Sizlar menga avlod donish, baxtiyor.
Asta-sekin Navoiy sahnadan chekinadi.(o’quvchilar chiqib ketadilar).

manba:baxtiyor.uz

Оставьте комментарий