Antiqa qovurdoq

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur mahsulotlar: 2 dona kartoshka, 2 dona piyoz, 2 stakan o‘simlik yog‘i, 3-4 osh qoshiq suv, ta’bga ko‘ra tuz, 3 bo‘lak sarimsoqpiyoz, achchiq qizil qalampir, 200 gr ismaloq, 200 gr. jo‘xori uni.
Tayyorlanishi: piyoz parrak, kartoshka esa ingichka shaklda to‘g‘rab olinadi. So‘ng ismaloq suvda pishirib olinadi. Qalampir va sarimsoqpiyoz ham maydalab to‘g‘raladi. Jo‘xori uniga qizil qalampir kukuni, tuz, massaliqlar va suv solinib, aralashtiriladi. Tovaga yog‘ solinadi va aralashmadan bitta-bitta olib, ikkala tomoni qizarguncha qovurib olinadi.
BEGOYIM
soglom.uz/tavsiya/antiqa-qovurdoq/

Оставьте комментарий