Antonella Rokkuzo haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Antonella_Rokkuzo

– Siz yuqorida koʻrib turgan inson mashhur futbol yulduzi Lionel Messining rafiqasi va model Antonella Rokkuzo hisoblanadi. Uning boyligi hozirda 20 million AQSh dollarini tashkil qilmoqda.

Antonella Rokkuzo 1988-yilning 26-fevralida Argentina ning Rosario shahrida tugʻilgan. Oilasida uch farzand boʻlishgan.

Rokkuzo bilan Messi bir-birlarini 8-9 yoshlaridan beri sevib kelardi. Messi Lukas ismli doʻstining uyida «Sony» oʻyinini oʻynab oʻtirgan paytida bir qizni koʻrib qoladi. Undan soʻng, u doʻstidan oʻsha qiz kim ekanligini soʻraydi va doʻsti amakivachchasi ekanini aytadi. Doʻstining amakivachchasi esa Antonella Rokkuzo edi.

Messi bir koʻrishdagi sevgiga mubtalo boʻladi. Oradan 21 yil oʻtib, u yoshligidagi sevgilisi bilan 2017-yil 30-iyun kuni rasman turmush quradi. Hozirda ularning 3 ta oʻgʻillari bor.

Оставьте комментарий