Biznesga pulni qayerdan olish kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Biznesga pulni qayerdan olish kerak?

🔹 Bankdan ham, odamlardan ham foizga pul olmagan ma’qul. Buni barakasi yo’q. Ko’pincha daromadingiz foizi, bank foizidan kam bo’ladi va faqat ular foyda ko’radi, ular uchun ishlaysiz.

🔹 Sherikchilik yaxshi. Sarmoya va risk bo’linadi lekin daromad ham bo’linadi-da. Asosiy muammo sherik va sarmoyadorlarni biznes muvaffaqiyatiga ishontirish.

🔹 Foizsiz katta qarz olish. Bu ham yaxshi lekin bunday odamlar kamyob hisoblanadi. Agar sizda sizga ishonadigan shunday odamlar bo’lsa juda o’ylanib qarz oling, zero ishonch puldan ko’ra qimmatliroq hisoblanadi.

🔹 Eng yaxshi usuli esa o’zingizning sarmoyangizga kichik tarzda ish boshlab, uning muvaffaqiyatiga ishonch hosil qilgandan keyin sherik yoki sarmoyador jalb qilish kerak. Ular ishlab turgan va foyda kelib turgan ishga pul tikish ehtimoli ko’proq bo’ladi; Qarz beradiganlar ham shu, qaytarishingizga ularning yanada ishonchi ortadi.

Оставьте комментарий