Bolalarda tug‘ma ichak kengayishi

DO`STLARGA ULASHING:

Bolalarda tug‘ma ichak kengayishi

Mushtariylarimizdan ba’zilari bir qancha vaqt avval shu bo‘yicha savol so‘rashgandilar. Individual tarzda javob bermasdan post ko‘rinishida yozishni maqul ko‘rdim. Shu haqida qisqacha gaplashsak. Bolalarda tug‘ma ichak kengayish holatlari uchrab turadi. Bunda ichakda qabziyat, hazm yaxshi bo‘lmasligi, dam bo‘lishi va bir qancha noxush belgilar, bolalardagi injiqlik bilan namoyon bo‘ladi. Tibbiyotda bu kasallik tug‘ma megakolon deyiladi. Bunda ichakning o‘sha kengaygan sohasi nerv tizimi, ko‘ndalang va halqa mushaklar yaxshi ishlamaganligi hisobiga ichak peristaltikasi buziladi.

Ko‘pchilik ota-onalar bu holatni davolash uchun jarrohlik yo‘li bilan o‘sha ichakning kengaygan sohasini olib tashlash haqida ko‘p o‘ylashadi. Lekin bir narsani unutmaslik kerak. Bolaning immun tizimi yaxshi rivojlanishi uchun ichaklarning ahamiyati katta. U yerda ko‘plab immunitet bilan bog‘liq limfa tugunlari joylashgan. Operatsiya qilinganda esa ichak katta travma oladi. Shu uchun darhol operatsiyani o‘ylamasdan bolaning ovqatlanishiga alohida etibor berish kerak. Ko‘proq kletchatkaga boy ovqatlar bering. Ichak peristaltikasini yaxshilaydigan preparatlar berish mumkin. Albatta buni pediatr bilan maslahatlashasiz. Agar bolaga yetarli etibor bermasangiz, ichak battar kengayib, faqat bitta yo‘l — operatsiya qilish kerak bo‘ladi. To‘g‘ri ba’zi holatlarda operatsiya qilishga to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatmalar bo‘ladi. Bularni konsultatsiya paytida pediatr bilan batafsil gaplashib olish mumkin.

👉 @doctor_Muminov

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek