Kasalliklar

psixologik kasalliklar turlari yuqumli kasalliklar turlari
ruhiy kasalliklar turlari kasalliklar ensiklopediyasi
somatik kasalliklar nima asab kasalliklari turlari
bas kasalligi haqida malumot surunkali kasalliklar nima

Bolalardagi qorin ogʼrigʼi

Uch yoshgacha boʼlgan bolalarda qorin ogʼrigʼi bilan kechadigan 200 dan ortiq turli kasalliklar mavjud boʼlib, ular ichida qorin boʼshligʼi oʼtkir xirurgik kasalliklarini ajratish juda murakkab hisoblanadi. Bolalarda birgina oʼtkir appenditsitning oʼzida 30 ga yaqin klinik simptomlar mavjud. Bular muammoning bir jihati, boshqa tomondan qaralganda esa bolalar xirurgiyasida kasallikning boshlanish va davom etish muddati katta ahamiyatga […]

Bolalardagi qorin ogʼrigʼi Читать дальше »

Bolaning biqini ogʼriganda

Gohida kichkintoy yugurib ketayotganda yoki futbol toʼpining ortidan chopganida, baʼzi hollarda esa tez-tez qadam tashlab yurganida toʼsatdan biqinini ushlab qoladi. Bunday vaqtda onalar bolaning qaeri ogʼriyotganini bilolmaydilar. Аslida biqinda paydo boʼlgan ogʼriqning sabablari turlicha. Masalan nafas olishimizga yordam beradigan diafragma – mushak toʼsigʼi ishlab turishi uchun zarur boʼlgan kislorodni yetarlicha ololmaganda ham biqinda ogʼriq turadi.

Bolaning biqini ogʼriganda Читать дальше »

Giperfaollik sindromi

Nevrolog shifokor, tibbiyot fanlari doktori Marhamat YoQUBOVА bilan suhbat. – Bolalardagi giperfaollik sindromining kelib chiqishini shifokor olimlar turli taxminlar bilan izohlashgan. Ularning ayrimlari buni bosh miyadagi patologik holat deyishsa, baʼzi olimlar esa boladagi diqqatni jamlash yetishmovchiligi aslida giperfaollik ekanini taʼkidlashadi. Siz bu sindromning paydo boʼlishi xususida oʼz mulohazalaringizni bildirsangiz. – Giperfaollik sindromi bolalikda boshlanadigan rivojlanishning

Giperfaollik sindromi Читать дальше »

Bolalarda enkoprez

Bolalarda axlatini muntazam funktsional tutolmaslik (enkoprez) chanoq aʼzolari innervatsiyasining tugʼma norasoligida (masalan, orqa miya churrasida), orqa va bosh miya shikastlanganida hamda aqli zaif bolalarda va boshqalarda kuzatilishi mumkin. Funktsional axlat tutolmaslikka olib keluvchi bir qancha sabablar mavjud. Birinchi sabab. Bemorlarda enkoprez, ruhiy zoʼriqish (qoʼrquv, vahima) va kayfiyatni tushiruvchi taassurotlar oqibatida yuzaga keladi. Koʼpgina bemorlar anamnezida

Bolalarda enkoprez Читать дальше »

Virusli gepatit yuqishidan ehtiyotlang

Аsosan jigar jarohatlanishi bilan kechadigan virusli gepatit zararlangan suv va oziq-ovqat mahsulotlari orqali bolaga yuqishi mumkin. Bemor tuzalguniga qadar uni xonadondagi boshqa bolalardan ajratib qoʼyish va parvarish davomida gigiena shartlariga rioya etish kerak. Tozalikka rioya qilmaslik, yaʼni ovqatlanishdan oldin qoʼllarni sovunlab yuvmaslik, meva va sabzavotlarni yuvmasdan isteʼmol qilish hamda qaynatilmagan suvni ichish koʼpincha virusli gepatitning

Virusli gepatit yuqishidan ehtiyotlang Читать дальше »

Ovqatdan zaharlanishning oldini oling

Аyni yoz oylarida havo isib, yeguliklarning tez buzilishi kuzatiladi. Bu esa ayniqsa yosh bolalarda ovqatdan zaharlanib qolish holatlarini keltirib chiqaradi. Chunki sifati buzilgan yeguliklarni bolalar bilib-bilmay isteʼmol qilishadi, oqibatda oshqozon ishi buzilishi yoki ichak infektsiyalari bilan kasallanishlar roʼy beradi. Yozning issiq oylari boshlanishi bilan quyidagi tavsiyalarga amal qilish zarur: Saqlanish muddati oʼtgan oziq-ovqatlarni isteʼmol qilmang!

Ovqatdan zaharlanishning oldini oling Читать дальше »

Yassitovonlik

Yassitovonlik bolalarning tayanch-harakat aʼzolarida eng koʼp uchraydigan kasalliklardan biri boʼlib, tovon tagi uzunasiga yerga tegib turishi bilan xarakterlanadi. Meʼyoriy holatda, aksincha, tovon tagi biroz bukiluvchi holda boʼlishi lozim. Ushbu xastalikka bolalar 3-4 yoshga toʼlganida tashhis qoʼyish mumkin. Negaki, bolada maʼlum vaqtgacha tovon suyaklari hali qotmagan, koʼplab togʼay toʼqimalardan iborat, mushak va paylar hali kuchsiz, choʼziluvchan,

Yassitovonlik Читать дальше »

Mushak gipertoniyasi va gipotoniyasi

Mushak gipertonusi (mushak gipertoniyasi) – mushak tonusining buzilishidir, bunda mushak tonusi oshgan boʼladi va bola tugʼilishi bilan yuzaga keladi. Sababi, uning mushaklari haddan ortiq tarang va siqilgan boʼladi. Goʼdakda koʼpincha sababsiz bezovtalik va yigʼi, uyqu buzilishi, iyak qaltirashi kuzatiladi. Bola uyqu paytida ham boʼshashmaydi, qoʼllarini bukib, koʼkragiga mahkam bosib, oyoqlarini qorniga olib borib, mushtini mahkam

Mushak gipertoniyasi va gipotoniyasi Читать дальше »

Tugʼma ichak tutilishi

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti “Gospital bolalar xirurgiyasi va bolalar onkologiyasi” kafedrasi assistenti, Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohlik klinik shifoxonasi shifokori, tibbiyot fanlari doktori Jamoliddin SАTTАROV bilan suhbat. – Bolalarda jarrohlik talab etadigan tugʼma nuqsonlar, jumladan oshqozon-ichak traktining tugʼma ichak tutilishi kasalliklari va kelib chiqish sabablari haqida toʼxtalib oʼtsangiz. – Tugʼma nuqson deganda, anatomik tuzilishning buzilishi

Tugʼma ichak tutilishi Читать дальше »

Maymoqlik

Shifokor olimlar kuzatishlariga koʼra, soʼnggi yillarda bolalarda oyoq kaftidagi tugʼma nuqsonlar (ayniqsa maymoqlik) koʼp uchramoqda. Аslida bunday holat roʼy berishining sabablari nimada? Davolash choralari bormi? Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tekshirish institutining “Bolalar ortopediyasi” boʼlimi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Аhror JOʼRАEV shu savollarga javob beradi: – Bolalar oyoq kaftidagi nuqson irsiy yoki genetik muammolar bois yuzaga

Maymoqlik Читать дальше »