Sherlar

BAHOR TILAKLARI

BAHOR TILAKLARI Nechun ko‘klam madhi tushmas g‘azaldan, Shoirlar bahorni kuylar azaldan? Oshiqlar zangori kenglikka boqib, Qo‘shiqlar aytadi bag‘rini yoqib. Tabarruk chollarning chakkasida gul, Momolar o‘yida bahordir nuqul. Bir lahza yasharar qarri qo‘rg‘onlar, Ajib dilbar bo‘lib qolar insonlar. Ha, bahor misrasi menda ham talay, Bu holning boisi bordir harqalay. Azizim, g‘unchaga nazar sol bir on, Bag‘rida […]

BAHOR TILAKLARI Читать дальше »

Ayollarga atalgan she’r

Hayotning har qanday shartiga ko‘nding, Ayt qachon ko‘ksingga tegibdi shamol?! Bola — chaqa deding, ro‘zg‘or, ish deding, Bir kun o‘zing uchun yashagin Ayol!   Sen- erning aybini yopguvchi qalqon, Oila ko‘rkiga berarsan sayqal. Mayliga har kunmas, lekin har zamon, Bir kun o‘zing uchun yashagin Ayol!   Shaffof ko‘zgularni qo‘lingga olib, Oltin qo‘g‘irchoqdek yasangin xushhol. Yuzingga

Ayollarga atalgan she’r Читать дальше »

Ayollar haqida ma’noli sher

Tun. Uxlaydi toliqqan butun jonzot bu damda, Sukunatni buzadi bir xonish sel ohangda, Alla aytar mehrini taratib ming xil rangda, Eng yoqimli qo‘shiqni qalbida tuygan ayol, Farzandi deb o‘zini unutib qo‘ygan ayol. Xastalansa dilbandi boshida giryon halak, Shu damda bir tutamdir uningchun yeru falak, Bolasiga Ollohdan shifo so‘rar jonsarak, Dilbandim deb ko‘ksini ko‘zini o‘ygan ayol,

Ayollar haqida ma’noli sher Читать дальше »

Ayollar haqida she’rlar to’plami. Ayollarga bag’ishlangan she’rlar

Ayol zotiga Tabassum yarashar ayol yuziga, Quloq tuting gar g’am cheksa ohiga, Ayolni qadirlang, ayolni asrang, Aslo ozor bermang ayol zotiga. Axir ayol ona, mexribon singil, Gar ayol bo’lmasa to’lmaydi ko’ngil. Ayol qalbi nozik misoli bir gul, Aslo ozor bermang ayol zotiga. Istasa bir chimdim mexr istaydi. O’zi mehr bersa minnat qilmaydi. Ranjitmang ko’ngliga qil

Ayollar haqida she’rlar to’plami. Ayollarga bag’ishlangan she’rlar Читать дальше »

Zulfiya she’rlari to’plami

Bahor keldi seni so‘roqlab Salqin saharlarda, bodom gulida Binafsha labida, yerlarda bahor, Qushlarning parvozi, yellarning nozi, Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor… Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni, O‘rik gullarining eding maftuni. Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni. Mana, qimmatligim, yana bahor kelib, Seni izlab yurdi, kezdi sarsari. Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni, U

Zulfiya she’rlari to’plami Читать дальше »

Muhammad Yusuf she’rlari to’plami

Onajon Topmoq – yo‘qotmoqdir, Yo‘qotmoq – topmoq, Sen so‘lib, Men yashab, To‘lishimga boq. Sensiz topganimdan Ko‘proq yo‘qotdim – Sen meni yupatding, Seni yig‘latdim, Sen meni yaratding, Seni tugatdim. Uyalmay ONA deb, Kelishimga boq!.. Sog‘inch haqda she’rlar Yozdim o‘zimcha, Mendan peshonangda Dog‘lar tizimcha. O‘g‘il bo‘lmay o‘lay, Attang ming attang. Qiz tug‘sang netardi, Ko‘proq qiz tug‘sang!.. Tirgak

Muhammad Yusuf she’rlari to’plami Читать дальше »

Navro’z bayramiga she’rlar to’plami

Xush kelding Navro’z! Bolalar varragi xayolni olgan. Badom gullaridan, quvonadi ko’z. Dillardan mutlaqo g’ubor yo’qolgan. Hush kelding bahor, hush ko’rdik navruz.   Anhorlar oqmoqda suvlarga to’lib. Shukronalik aytdim tinchlikni ko’rib. Mustaqil diyorga, bezaklar bo’lib. Xush kelding bahor, hush ko’rdik navroz.   Navro’zda ulashing ezgu tilaklar. Axir tilak bilan, kamaymaydi so’z. Bahor gullaridek yashnab yuraklar. Xush

Navro’z bayramiga she’rlar to’plami Читать дальше »

Navruz bayramiga she’rlar

Hademay Navro‘zdir, hademay Navro‘z! Hademay nastarin gullaydi bodrab, Osmonga hushimni eltib ifori. Quyoshli shudringlar tushar ertalab. Yuvib dillardagi qishning g‘uborin. Hademay qaldirg‘och keladi qaytib, O‘rik shohlarida bo‘rtar dovuchcha, Turnalar azaliy qo‘shig‘in aytib, Sumalak pishadi tong otgunicha. Hademay lolalar bo‘sadek titrab, Tog‘lar viqoriga munis boqarlar, Yana necha-necha oshiqlar yig‘lab, Bir-birin bag‘rida gulhan yoqarlar. Mening bir kunim

Navruz bayramiga she’rlar Читать дальше »

Bahor mushoirasi, Bahor haqida sherlar

NAVRO‘Z MUSHOIRASI To‘ra SULAYMON ILTIJO Bahor kelsa, boshlanur bog‘da bulbul xonishi, Sa’va, qumri nag‘masi, suralay tovlanishi. Qirlarda lola sayli, qishloqlarda yilboshi: To‘xtagay tabiatdan haqqushlar zorlanishi Bahor, ketma mening bog‘imdan. Qilmishi qing‘ir zotga davr qayda, davron qayda? Vatangado kimsaga beminnat makon qayda? Yolg‘iz otga olamda nom qayda, nishon qayda? Bahor, sensiz sahroyu tog‘u toshga jon qayda?

Bahor mushoirasi, Bahor haqida sherlar Читать дальше »