«Dengiz hukmdori» seriali haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Janubiy Koreyaning «Dengiz hukmdori» filmi minglab muxlislarni ekranga «mixlab» qo`ymoqda. Film tarixiy voqealar asosiga qurilgan bo`lib, bundan taxminan 1200 yil avval yashab o`tgan admiral Jang Bogoning hayoti haqida hikoya qiladi.

Jang Bogo 676-935-yillarda Sharqiy Osiyo bozorlarida hukmronlik qilgan Shila sulolasi vakili bo`lgan. U 846-yilgacha yashagan. Tug`ilgan vaqti esa noma`lum. Jang Bogo siyosatchi, savdogar, dengizchi va harbiy arbob bo`lgan. Tarixdan uni Vandodagi Chung Hay shahrining qurilishida ishtiroki ham ma`lum. Shuningdek u Vandoda turib Xitoy va Yaponiya bilan dengiz orqali savdo aloqalarini amalga oshirgan. Uning floti Shila, Tang kabi shaharlarda ham savdo bilan shug`ullanishgan. Uni Xitoy bilan Yaponiyani do`stligiga asos solgan kishi deb atasak ham bo`laveradi.

Film Choi In-honing shu nomli asari asosida suratga olingan. «Dengiz hukmdori» seriali Gung Bok nomli yetim bolaning Buyuk dengiz hukmdori bo`lishgacha bo`lgan mashaqqatli yo`li haqida ma`lumot beradi. Shuningdek filmning qiziqarli ko`rinishini ta`minlash uchun Yami xonim va Yung Hva xonim obrazlari kiritilgan. Aynan shu obrazlar filmdagi muhabbat va nafratni kuchaytirgan va film muvaffaqiyatini ta`minlagan.

Filmga 50 milliard von sarflangan. Mehmonxona, bozor, Shiladagi ofis, portlar film uchun maxsus qurilgan. Katta o`lchamdagi harbiy janglar va qaroqchilar bilan bo`lgan jang sahnalari kompyuter yordamida tayyorlandi.
Filmning muvaffaqiyatida aktyorlar tarkibining katta ahamiyati bor. Hozir sizlarni filmda asosiy rollarni ijro etgan aktyorlar bilan tanishtirib o`tamiz.

«Dengiz hukumdori» filmi  ishtirokchilari:

Choi Su Yong
Choi Su Yong filmda bosh roldagi Gung Bok va Jang Bogoni jonlantirdi. Aktyor 1962-yilning 28-dekabrida tug`ilgan. Debyut rolini u 1987-yilda «Muhabbat daraxti» filmida o`ynagan. U Kolorado davlat universitetini tugatgan. Oilali bir o`g`il, bir qizning otasi. Hobbisi: u har yakshanba kuni ertalab sokker o`ynaydi.
Filmografiyasi:
«Young Punch» (1988-yil)
«Il Ji Mae superodam» (1990-yil)
«Bu sir» (1990-yil)
«Siz uchun qaytadan» (1991-yil)
«Yulduzli kechada» (1991-yil)
«Yomg`irni ertaga to`xtashini istaysizmi?» (1991-yil)
«Pastda ayol» (1992-yil)
«Bo`sa olmaydigan erkak» (1994-yil)
«Ilk muhabbat» (1996-yil)
«Dengiz hukmdori» (2005-yil)
«Yosh Dae Jo» (2006-yil)
Yutuqlari:
1996-yil — Yilning eng yaxshi aktyori (KBS Drama Award)
1997-yil — Yilning eng yaxshi aktyori (Korea Broadcasting va Filming Association Award)
1999-yil — Korea Broadcasting Producer Award
1999/2001-yil — Yilning eng yaxshi aktyori (KBS Drama Award)
1999-yil — Yilning eng yaxshi aktyori (Baeksang Art Award)

Filmda u yaratgan obraz bolaligidan ota va onasidan ajrab qolgan yetim boladir. Hayot qiyinchiliklari Gung Bokni mulohazali, lekin qasos o`ti bilan yonayotgan odamga aylantiradi. Uni dengizni bilishi unga ko`plab omad keltiradi. U gladiatordan boshqaruvchiga, keyin esa Chung Hay elchisi darajasiga yetadi.

15 комментариев к “«Dengiz hukmdori» seriali haqida”

  1. Уведомление: rent a scooter in honolulu

  2. Уведомление: Jollycute69 Cam4

  3. Уведомление: DevOps consultancy

  4. Уведомление: nova88

  5. Уведомление: How can you tell if DMT is pure?

  6. Уведомление: sbobet

  7. Уведомление: psilocybin mushrooms for sale usa

  8. Уведомление: mushroom chocolate bars for sale

  9. Уведомление: buy chippa guns

  10. Уведомление: passive income

  11. Уведомление: superslot

  12. Уведомление: 주식커뮤니티

  13. Уведомление: https://www.buoyhealth.com/blog/health/phenq-reviews

  14. Уведомление: Best microdose mushroom

  15. Уведомление: bilaad Alrafidain

Комментарии закрыты.