EKG olish va uni sharhlash

DO`STLARGA ULASHING:

Elektrokardiogramma — bu yurak muskuli ishlayotganida hosil bo‘lgan elektr impulslarini aks ettiruvchi egri chiziq. Elektrokardio­gramma elektrokardiograf yordamida qog‘ozga yoki fotoplyonkaga tushiriladi. Butun gavdaga tarqaluvchi yurak toklari (harakat toklari) EKGsi gavdaning turli qismlari (ko‘krak qafasi, qo‘l va oyoqlar)ga o‘rnatilgan va elektrokardiografga ulangan elektrodlar bilan yozib olinadi.
Hozirgi zamon texnikasi yutuqlari tekshirilayotgan odam ancha uzoq masofada bo‘lsa ham tele- yoki radiouzatkichlar yordamida EKGni yozib oladigan apparatlarni yaratish imkoniyatiga ega. Bunday usullar og‘ir jismoniy sinovlarda, sportchilar, kosmo- navtlar va boshqalarning yurak faoliyatini kuzatish imkonini beradi.
Sog‘lom odamlar EKGsi gavda tuzilishi, yosh va boshqalarga bog‘liq. Ammo normal EKGda har doim yurak muskulining ketma- ket qo‘zg‘alishini aks ettiruvchi tishchalar va intervallar (oraliq- lar)ni farq qilish mumkin. Turli kasalliklarda EKG tishchalarining o‘lchami, ularning davom etishi va yo‘nalishi, intervallar (segment- lar)ning davom etishi hamda joylashishi anchagina o‘zgaradi.
EKG yordamida yurak ritmining turli o‘zgarishlari, yurakning ishemik kasalligi, miokard infarktining xarakteri va bosqichlari aniqlanadi. Yurak kasalliklarini EKG yordamida diagnostika qilish boshqa tekshirish usullari ichida yetakchi o‘rinni egallaydi.
Elektrokardiogrammani yozishda uch standart va oltita ko‘krak ulanishlaridan foydalaniladi. I standart ulanishda elektrokardio- gramma elektr toklari ulanish holatida o‘ng va chap qo‘ldan yozib olinadi. IIsida elektr toki, o‘ng qo‘l va chap oyoqdan, III sida chap qo‘l va chap oyoqdan yozib olinadi.
Elektrokardiogrammani ko‘krak ulanishida yozib olishda harakat toki bevosita yurak sohasida olinadi. Elektrodlarning biri o‘ng qo‘lga bog‘lanib, hamma ko‘krak ulanishlari yozib olinmaguncha yechilmaydi. Ikkinchi ko‘krak elektrodi ko‘krak qafasining quyidagi nuqtalariga o‘rnatiladi. To‘shning o‘ng qirrasida to‘rtinchi qovurg‘a oralig‘iga—birinchi ko‘krak ulanishi (CR1 yoki V1), beshinchi qovurg‘a oralig‘ida to‘shning chap qirrasida — ikkinchi ko‘krak ulanishi (CR2 yoki V2); keyinchalik ko‘krak elektrodi beshinchi qovurg‘a
oralig‘idagi ma’lum tanish chiziqlar bo‘ylab har doim olib qo‘yib turiladi, shunday qilib, elektrodning chap to‘sholdi chizig‘ida joylashgani uchinchi ulanish (CR3 yoki V3), chap o‘rta o‘mrov
chizig‘i bo‘ylab joylashgani to‘rtinchi ulanish (CR4 yoki V4), old qo‘ltiq chizig‘i bo‘ylab joylashgani beshinchi ulanish (CR5 yoki V5) va o‘rta qo‘ltiq chizig‘i bo‘ylab joylashgani oltinchi ulanish (CR6 yoki V6) bo‘ladi.
Yurak faoliyati toklarining elektrokardiograf yordamida yozib olingan egri chizig‘i elektrokardiogramma deb ataladi. Normal elektrokardiogramma yuqoriga yo‘nalgan uch (B1R va T) va pastga
yo‘nalgan ikki (Q va S) tishchaga ega bo‘ladi. P tishi yurak bo‘l- malarida sodir bo‘ladigan elektr hodisalarni aks ettiradi. QRS va T tishchalari qorincha kompleksini tashkil etadi.
Bunda QRS tishchalari elektrokardiogrammada qo‘zg‘alish to‘lqini qorinchalar bo‘ylab tarqalgan vaqtida yozilsa, T tishcha to‘lqinning tamom bo‘lgan vaqtini ko‘rsatadi. P tishchasi bilan Q tishi orasida masofa bor, bu masofa P— Q intervali deb ataladi. S tishchasi bilan T tishchasi orasida esa S—T intervali bor. Elektro­kardiogramma tishchalarining kattaligi, yo‘nalishi va xarakteri turli sabablarga bog‘liq bo‘ladi. Normal elektrokardiogramma eng katta tishchalar ikkinchi ulanishda, undan sal kichikrog‘i birinchi ulanishda va eng kichkinasi uchinchi ulanishda kuzatiladi.

Оставьте комментарий