Eslab qolish qobiliyatini rivojlantirsa bo’ladimi?

DO`STLARGA ULASHING:

Eslab qolish qobiliyatini rivojlantirsa bo’ladimi?

— Ha, bo’ladi. Bizning xotiramiz cheklanmagan hajmdagi ma’lumotlarni saqlab qolish imkoniyatiga ega. Agar biz qanchalik ko‘p mashq qilsak, xotiramiz shunchalik kuchayib boradi.

Sanash – xotirani kuchaytirish uchun yaxshi mashq. Bu samarali usul bo‘lib, 1 dan 20 gacha yoki 20 dan 1 gacha bo‘lgan sonlarni parallel ravishda sanash kerak. Masalan: 1, 20, 2, 19, 3, 18 va hokazo.

Qo’l mashqi — xotirani yaxshilash uchun foydali usullardan biri qo‘l mashqini bajarishdir. Chapaqay insonlar uchun o‘ng qo‘lni, o‘naqaylar uchun esa chap qo‘lni ko‘proq ishlatish talab etiladi. Bunday mashq bilan miyaning ishlashi kuchayadi.

Uzum sharbati — agar ovqatlanish rasionimizga uzum sharbatini qoshsak, xotiramiz faoliyati 20 foizga yaxshilanadi. Faqatgina bu qora uzum bolishi kerak. Bu sharbat tarkibida miya hujayralarini yoshartiruvchi juda ko`p antioksidantlar bor.

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek