Eufillin ampula — 2,4 % li ineksiya uchun eritma .

DO`STLARGA ULASHING:

?Eufillin ampula — 2,4 % li ineksiya uchun eritma .

?1 ml , 5 ml va 10 ml ampulalarda chiqariladi.

#Eufillin ampula
#Эуфиллин ампула

?Dori shakli :

ineksiya uchun eritma — 2,4 % li.

? Tarkibi : Aminofillin

⭐️Faol modda — eufillin
⭐️Yordamchi modda — ineksiya uchun suv.

?Ta’sir qilishiga ko’ra :

Bronxolitik vosita

?Qo’llanilishi

— Yurak qisqarishi soni va kuchini oshirishda
— Bronxial astmada ( vena ichiga).
— Yurak astmasida
— Nafas olish buzilganda
— Ishemik insultda surunkali miya qon aylanishi buzilganda .
— Miya shishini kamaytirish uchun
— Bosh miya ichki bosimini kamaytirish uchun ( baland bo’lganda).
— Bosh miyada qon aylanishi yaxshi bo’lmaganda.
— Insultda ( vena ichiga)

?Qabul qilish usuli va dozasi

Vena ichiga va mushak ichiga yoki osma ichiga qo’shib yuborish mumkin. Mushak ichiga 1 ml dan yuboriladi. Vena ga esa 5 ml yoki 10 ml dozada yuborsa bo’ladi.

14 yoshdan kichik bolalarga tavsiya qilinmaydi.

?Nojo’ya ta’siri

— Dermatit
— Isitma reaksiyalari
— Bezovtalik
— Teri da toshmalar
— Teri qichishishi

Preparatni venaga tez yuborganda quyidagi nojo’ya
ta’sir lar kuzatilishi mumkin ?

Bosh aylanishi , bosh ogrig’i , yurakni tez urib ketishi, yurak sohasida og’riqlar , qon bosimi keskin pasayishi, ko»ngil aynish , qusish kabi nojo’ya ta’sirlar kuzatilishi mumkin.

?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar :

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— O’tkir yurak yetishmovchiligida
— Stenokardiyada
— Yurak ritmini buzilishida
— Qon bosimi past bo’lganda va past yuradigan kishilarda
— Paroksizmal taxikardiyada
— Ekstrsistoliyada
— Tutqanoqda ( epilepsiyada).
— Me’da va 12 barmoq ichak yara kasalligida
— Jigar va buyrak funksiyasi buzilganda
— 14 yoshgacha bo’lgan bolalarda mumkin emas.
— O’tkir miokard infarktida qabul qilish mumkin emas.
— Qon bosimi past yuradiganlarda qo’llash mumkin emas.

?ESLATMA : Homiladorlik davrida shifokor maslahati bilan. ( O’zboshimchalik qilinmasin).

Eufillin ampulasi 1 ml , 5 ml va 10 ml ampulalarda chiqariladi.
1 ml ampulada chiqadigani ni mushak ichiga yuborish mumkin. Mushak ichiga 1 ml dan ortiq yuborib bo’lmaydi ( E’tiborli bo’ling) . 5 ml va 10 ml ampulalarda chiqadiganlarini esa venaga yuboriladi.

?Qo’llash — retseptsiz
?Ishlab chiqaruvchi — Rossiya

Оставьте комментарий