Filmdan parchani topish va yuklab olish

DO`STLARGA ULASHING:

Filmdan parchani topish va yuklab olish

YouTube’chilar o‘z roliklariga filmlardan parchalarni joylashtirishni yaxshi ko‘rishadi. Agar siz, buning uchun ular filmlarni butunligicha yuklab oladi, deb o‘ylasangiz — adashasiz. Bu uchun ajoyib layfxak mavjud.

🌐 playphrase.me — filmlardan parchalarni o‘z ichiga oluvchi sayt. Shunchaki kerakli jumlani kiritasiz va kerakli parchaga ega bo‘lasiz. Matnni aynan qo‘lda kiritish lozim (CTRL + C yordam bermaydi), matn ingliz tilida, jumla esa qisqa bo‘lishi (1-4 so‘z) lozim. Natijaning pastki chap qismida parchani yuklab olish tugmasi, o‘ng tomonida esa — filmning nomlanishi ko‘rinib turadi.

🇬🇧 Sayt shuningdek ingliz tilini o‘rganayotganlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Jumlani kiritasiz va uni ushbu til tashuvchilari qanday talaffuz qilishini eslab qolasiz.

Оставьте комментарий