Go‘shtli pirog

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur masalliqlar: 3 stakan un, 1 stakan sut, 50 gr. margarin, 2 ta tuxum, xamirturish va tuz.
Ichiga solinadigan masalliq: 500 gr. qiyma, 2 dona piyoz, 100 gr. smetana, o‘simlik yog‘i, ta’bga ko‘ra tuz va murch.
Tayyorlanishi: idishga iliq sut, tuxum, xamirturish solib, yaxshilab aralashtiriladi. Keyin uning ustiga eritilgan margarin, tuz hamda un solib, yumshoq xamir qoriladi va bir soatga tindirib qo‘yiladi.
Pirog masallig‘ini tayyorlash uchun esa tovaga o‘simlik yog‘i, ustidan to‘g‘ralgan piyoz hamda qiyma solib, past olovda 5 daqiqa qovuriladi. So‘ng qiyma ustiga smetana, tuz, murch solinadi va yaxshilab aralashtiriladi. Keyin oshirilgan xamir ikki bo‘lakka bo‘linadi. Uning birinchi bo‘lagi 1-1,5 sm qalinlikda yoyilgach, gaz pechi patnisiga qo‘yiladi. Ustiga esa yuqorida tayyorlab olingan masalliq bir tekis qilib solinadi. Ustidan esa ikkinchi xamir bo‘lagi yoyilib, atrofi pastki xamir bilan bezak berilgan holda yopishtirib chiqiladi. Oxirida tuxum sarig‘i surtilib, qizdirilgan gaz pechida 230 daraja issiqlikda 15 daqiqa pishiriladi.

soglom.uz/tavsiya/goshtli-pirog-2/

Оставьте комментарий