G’oya va ilhom — ularni qayerdan olish mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

? G’oya va ilhom — ularni qayerdan olish mumkin?

Frilanser uchun eng muhim narsa bu — g’oya. Uni buyurtmachi ko’nglidagidek bajarish uchun unga ilhom kerak bo’ladi. Xo’sh, ularni qayerdan topish mumkin?

1️⃣ Xonada bir o’zingiz ishlang.
Agar xonada kimdir bo’lsa, bu produktivlikka ta’sir qiladi. Frilanserga konsentratsiya kerak, u esa uni odatda bir o’zi qolganda topishi mumkin.

2️⃣ Xona yorug’ va shinam bo’lishi kerak.
Qorong’u joyda ishlash nafaqat ilhom bermaydi, balki ko’z nuriga ham salbiy ta’sir o’tkazadi. O’tirgan xonangizni yorug’ va shinam qiling. Xonani doimiy ravishda tartibga keltiring.

3️⃣ Yaxshi kayfiyat va tong.
Soat 6-7:00 larda quyosh endi chiqayotgan bo’ladi, havo juda yoqimli bo’ladi. Shunday paytda 10 daqiqalik sayohat sizga hech narsa bera olmaydigan ilhomni bera oladi.

4️⃣ Yengil musiqa.
Ish davomida yengil musiqadan foydalanish yoqimli. Biz esa sizga quyidagi musiqalarni (http://t.me/itbusiness_school)tavsiya qilamiz:
? The Weeknd — Save Your Tears
? Surf Mesa feat Emilee — ily

? @ITBusiness_School / #freelance

Оставьте комментарий