GRIJA QANDAY PAYDO BULADI?

DO`STLARGA ULASHING:

GRIJA QANDAY PAYDO BULADI?

— Umurtqa churralarining yuzaga kelish sabablari haqida turli farazlar mavjud. Keling, ularga aniqlik kiritsak. Demak, umurtqa pog‘onasidagi o‘zgarishlar sabablari quyidagicha bo‘lishi mumkin:

kun davomida bir xil holatda bukchayib ish bajarish;

qomat holatining buzilishi;

jismoniy zo‘riqish, muntazam og‘ir yuk ko‘tarish;

umurtqa pog‘onasining tug‘ma nozikligi;

tana vaznining me’yordan ortiqligi;

keksayish tufayli umurtqada sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar;

moddalar almashinuvining buzilishi;

kamharakatlilik;

virusli kasalliklar asorati;

umurtqa sohasidagi jarohat, lat yeyish, shikastlanishlar.

Mazkur omillar tufayli umurtqa tanalari orasidagi disklar ezilib, ustida mayda yoriqlar paydo bo‘ladi. Asta-sekin umurtqani ushlab turuvchi va harakatlantiruvchi fibroz halqalar yorilib, ichidagi tog‘aysimon jism orqa miya kanaliga o‘tadi va buning natijasida kanal torayib orqa miya siqiladi. Shu tariqa umurtqa churrasi yuzaga keladi.

@doridarmonlar

Оставьте комментарий