Hasanboy Do’smatov haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

O’zbekistonning engil vazndagi yangi kashfiyoti Hasanboy Do’smatov 1993 yilning 24 iyun kuni Andijon viloyatida tavallud topgan. U bokschilik faoliyatini 11 yoshida, Andijondagi boks maktabida boshlagan. Ayni paytda Andijon davlat universitetida tahsil olayotgan sportchi o’zbek boks maktabining dunyo miqyosidagi kuchli yulduzlaridan biri hisoblanadi.
U 2011 yilda yoshlar o’rtasidagi mamlakat chempionida oltin medalni qo’lga kiritadi va kattalarning O’zbekiston boks terma jamoasi azosiga aylanadi. U shundan so’ng Kulibaev xotira turnirida kumush, Sidney Jekson xotira turnirida bronza medalini qo’lga kiritdi. Keyinchalik Ukraina va Rossiyadagi turnirlar g’olibiga aylanganida bor-yo’g’i 19 yoshda edi.
Keyinchalik, 2013 yilda Qozon shahrida bo’lib o’tgan yozgi Universiada g’olib chiqadi. O’sha turnirda u Ozarbayjon, Tojikiston, Mo’g’uliston va Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan kuchli sportchilarni mag’lubiyatga uchrata olgandi.
Hasanboy Do’smatov
Hasanboy Do’smatov

Ushbu muvaffaqiyatlardan so’ng Do’smatov Butunjahon boks seriyasi janglarida ishtirok etish uchun «Ukraina atamanlari» jamoasiga taklif qilinadi. U ukrain jamoasi safida 2014 va 2015 yillar davomida 7 ta jang o’tkazib, barchasida g’alaba qozongan. SHu tariqa, u -49 kg vazn toifasida ikkinchi raqamli bokschi sifatida Rioda bo’lib o’tadigan Olimpiada o’yinlarida yo’llanmani qo’lga kiritgan.

2015 yilda Tailand poytaxti Bangkok shahridagi Osiyo chempionatida u barcha raqiblarini mag’lub etib, qita chempionligini qo’lga kiritadi.

O’sha yilda Dohada bo’lib o’tgan jahon chempionatida ikkinchi raqam ostida saralangan Do’smatov kutilmaganda ilk jangidayoq ozarbayjonlik Rufat Husainovga imkoniyatni boy berib qo’yadi.

Do’smatov Rio Olimpiadasi oldidan favoritlar qatorida etirof etilgandi. U Braziliyadagi janglarida final yo’lida deyarli barcha raqiblarini qiyinchiliksiz mag’lub etib keldi. Hal qiluvchi jang esa kolumbiyalik Martinez Yuberjenga qarshi to’qnash kelgan Do’smatov o’zining samarali zarbalari evaziga Olimpiada chempionligini qo’lga kiritgan.

23 yoshli bokschi Rio-2016dagi boks turnirida ilk oltin medal egasiga aylangan. Do’smatov O’zbekiston tarixida Muhammadqodir Abdullaevdan keyin Olimpiada chempioniga aylangan ikkinchi bokschi hisoblanadi. Rio Olimpiadasi yakunlariga ko’ra Hasanboy Do’smatov turnirning eng yaxshi bokschisiga beriladigan Vel Barker sovrini sohibiga aylangan.

Rio Olimpiadasidan Hasanboy Do’smatov O’zbekistonda yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi. May Osiyo Toshkentda bo’lib o’tgan Osiyo chempionatida esa u barcha raqiblarini mag’lubiyatga uchratib, ketma-ket ikkinchi marotaba Osiyoda tengsiz deb topildi. SHuningdek, turnir yakunlariga ko’ra Osiyo chempionatining eng yaxshi bokschisi deb elon qilindi.

Ayni paytda bokschimiz sentyabr oyida Germaniyada bo’lib o’tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko’rmoqda. Fursatdan foydalanib, Hasanboyga jahon chempionatida ham barcha raqiblarini mag’lubiyatga uchratib, bosh sovrin sohibiga aylanishini tilab qolamiz.

Erishgan yutuqlari:

2009 – SHonazarov F. xotirasiga bag’ishlangan xalqaro turnir chempioni (Qozog’iston)

2011 – Yoshlar o’rtasida O’zbekiston chempioni

2012 – Makar Mazay xotirasiga bag’ishlangan 46-xalqaro turnir g’olibi (Ukraina)

2012 – O’zbekiston chempioni

2013 – O’zbekiston kubogi sohibi

2013 – To’rt millat kubogi g’olibi (Qozog’iston)

2013 – Nikolay Manger xotirasiga bag’ishlangan xalqaro turnir g’olibi (Ukraina)

2014 – CHecheniston Respublikasi Prezidenti Axmad Qodirov xotirasiga bag’ishlangan turnir g’olibi (Rossiya)

2014 – Sidney Jekson xotirasiga bag’ishlangan xalqaro turnir g’olibi (O’zbekiston)

2015 – Chemistry Cup turniri g’olibi (Germaniya)

2015 – Osiyo chempioni (Tailand)

2016 – Olimpiada chempioni (Braziliya)

2017 – Osiyo chempioni (O’zbekiston)

18 комментариев к “Hasanboy Do’smatov haqida, oilasi, instagram, rasmlari”

  1. Уведомление: sbo

  2. Уведомление: penex carts

  3. Уведомление: nova88

  4. Уведомление: sbo

  5. Уведомление: maxbet

  6. Уведомление: visit here

  7. Уведомление: most reliable psilocybin mushroom seller

  8. Уведомление: maxbet

  9. Уведомление: buy remingtonarms

  10. Уведомление: va juste à

  11. Уведомление: meateater whiskey where to buy

  12. Уведомление: her latest blog

  13. Уведомление: ห้องพักรายวัน คู้บอน

  14. Уведомление: yehyeh.com

  15. Уведомление: köpa steso lid utan recept

  16. Уведомление: https://aijaa.com/adserver/www/delivery/ck.php?ct=1&oaparams=2__bannerid=1417__zoneid=50__cb=4ddda6a77a__oadest=https://phforums.co.za/

  17. Уведомление: grape runtz strain

  18. Уведомление: วิเคราะห์บอลวันนี้

Комментарии закрыты.