DO`STLARGA ULASHING:
HAVO NAMLIGI
Havodagi namlik miqdori mutloq namlik va nisbiy namlik tushunchalarida ifodalanadi. Mutloq namlik — ma’lum vaqtda havoda bo’lgan suv bug’larining miqdoridir, mutloq namlik gramm hisobida hisoblanadi.
Mutloq namlik bir kub metr havoda qancha gramm suv bug’i borligini yoki simob ustunining millimetrlari yoki millibarlar bilan o’lchanadi. Mutloq
namlik havo harorati ta’sirida yoki quruqlik yuzasining holati (suv, tog’,
cho’l, vodiy va ho kazo) ta’sirida o’zgarib turadi. Harorat ko’tarilgan sari mutloq namlik ortadi. Buni quyidagi misolda yaqqol ko’rish mumkin. Agar
ekvatorda bir kub metr havoda 25 mm, tropiklarda 20 mm, cho’llarda 4,5 -5,5 mm mutloq namlik kuzatilsa, qutb o’lkalari sohillarida 2-3 mm namlik
bor xolos. Agar yer yuzasida mutloq namlik 6,66 mm bo’lsa, 1000 m
balandlikda 0,52 mm, 10000 metr balandlikda esa 0,02 mm namlik bo’ladi.
Demak yuqoriga ko’tarilgan sari havoda mutloq namlik miqdori kamayib boradi. Havoning nisbiy namligi — 1 metr kub havodagi mavjud suv bug’i
miqdorining uning to’yinishiga nisbatan bo’lgan miqdorini (%-hisobida) bildiradi.
Mutloq namlik havo haroratiga to’g’ri proporsionaldir va aksincha,
nisbiy namlik haroratga teskari proporsionaldir. Demak nisbiy namlik
kichkina bo’ladi. Chunki harorat qancha issiq bo’lsa, havo to’yinishdan shuncha uzoq bo’ladi. Havoning mutloq namligi yer yuzidan 2 metr balandlikda o’rnatilgan meteoquttini ichida joylashtirilgan gigrometr aspobi yordamida o’lchanadi.