Hijoma HAQIDA Foydasi va Zarari

DO`STLARGA ULASHING:

Bismillaxir roxmonir rahiym
Alloh Ta’ologa hamdu sanolar, U Zotning bashariyatga muallim qilib jo’natgan Payg’ambari xazrati Muhammad, ahli baytlari, sahobalari va tobeyinlariga durudu salovatlar bo’lsin!
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakatuh.
Biz ushbu maqolamizda Hijoma (qon oldirish), uning ma’nosi, fazilati, foydasi, uni qanday amalda qo’llanishi hamda, qaysi kunlarda qilinishi haqida so’z yuritamiz.
Avvalo:
Hijoma so’rmoq ma’nosidagi hajm so’zidan olingan. Bola ona ko’kragini so’rsa – emsa, arabchasiga: «Hajama as-sabiyu ummahu» – deyiladi. Qon olguvchi shaxs ham, qonni so’rib olish qo’li bilan olsa, uni «Hajjom» deyiladi. Qon olish kasbiga: «Hijoma», qon olinadigan asbob uckunaga esa: «Mihjam» deyiladi. (Lisanul-arab kitobidan)
Fukaxolarning Hijomaga bergan ta’riflari:
Ba’zi olimlar Hijomani (so’rib olish sharti bilan) so’rib olish asbobi orqali boshning orqa tomonidan qonni chiqarib olishga qayd etib – xoslab qo’yadilar.
Zarkoniy esa: «Hijoma» faqatgina, boshning orqasiga hos emas balki, badanning boshqa o’rinlaridan ham Hijoma qilish mumkin ya’ni, Hijoma yo’li bilan buzilgan qonni chiqarib tashlash mumkin” – deydilar. Xattobiy ham ushbu fikrni qo’llab-quvvatlaydilar.
Xullas, «So’rib olishga moslangan (xox qadimiy, xox zamonaviy) asbob-uskuna bilan buzilgan qonni jasad – badandan chiqarib tashlashni Hijoma» – deyiladi.
Hijoma qadimdan ma’lumu mashxurdur. Qadimgi Chinliklar (Xitoylar), Bobilliklar va Fir’avnlar davrlarida ham uni amalda qo’llashqan. Ulardan qolgan osori atikalarda ba’zi kasalliklarni Hijoma yo’li bilan davolashayotganligini tasvirlovchi suratlar bunga dalolat qiladi.
Qadimdagilar bu ishda ma’daniy (tillo, kumush) ka’slar (banka) va xo’kiz shoxlaridan foydalanganlar. Ular bu shoxlarni bemorning jasadidan qon olishmoqchi bo’lgan o’rniga qo’yib, uning ichidagi havoni shoxning uch qismidagi kichkina teshikcha orqali so’rib chiqarib, shoxning ichini havodan holi qilib qo’yganlar. Chunonchi, bu ishda shisha bankalardan ham foydalansa bo’ladi. Bir bo’lak paxta yoki shu kabi bir narsani banka ichida yondirib, uni havodan holi qilib, bemorning badanidan qon olinmoqchi bo’lgan o’rniga qo’yoladi, qo’yishdan avval mazkur o’rin biron narsa (ustara, olmos) bilan tilinadi.
Hijomaning fazilatlari:
Sayid ibn Zubayr raziyallohu anhu Ibn Abbos raziyallohu anhumodan, u kishi esa, Rosululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivojat qilgan hadisni Imom Buhorij o’z sahihlarida rivouat qildilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: Shifo uch narsadadir – asal ichishda, mehjam (hijomada ishlatiladigan asbob)ning tilishida (ya’ni, Hijoma qildirishda) va o’t bilan kuydirishda. Va (men) ummatimni o’t bilan kuydirib (davolanish)dan qaytaraman?». (Buhoriy: 5269)
Sahih Buhoriy va Muslimda quyidagi hadis ham rivoyat qilinadi: «Anas ibn Molik raziyallohu anhudan, hayyom (qon oluvchi)ning kasbi haqida so’ralganda, u zot: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Hijoma qildirganlar. U zot sollallohu alayhi va sallamga hajjomlik qilgan Abu Toyyibaga ikki so’ (o’rtacha 5 kg atrofida) ta’om berishga buyurib va ahillariga uning xirojidan bir oz kamaytirishni tayinladilar. Keyin (Rosululloh sollallohu alayhi va sallam) dedilar: Davolanishlaring uchun yeng afzal narsa Hijomadir. Yoki (ajtdilar), Hijoma davolaringizning eng munosiblaridandir».
Hijomaning foydasi:
Hijomaning kadimda ham, hozirda ham, juda ko’p hastaliklardan davolanishda sezilarli foydasi bor ekanligini amalda tajriba bilan ko’rilganligi sir emas.
Qujidagilar Hijoma amaliy ravishda qo’llanib, Alloh Taoloning izni bilan foydasi kuzatilgan hastaliklardir.
1 – Qon aylanish organlaridagi hastalik.
2 – Qon bosimi, yurak hastaliklari.
3 – Ko’krak og’rig’i, nafas qisishi.
4 – Bosh va ko’z og’riqlari.
5 – Bo’yindagi, qorin bo’shlig’idagi og’riqlar hamda muskullardagi bod (rematizm) kasalliklari.
6 – Ba’zi turdagi yurak, ko’krak hastaliklari hamda bo’g’inlardagi og’riqlar va hokazo…
Yana bir tomoni shundaki, ba’zi holatlarda Hijomaga atrofdan boshqa narsalar (dori-darmonlar) qo’shimcha qilinmagan holatda ham, u yolg’iz o’zi ham juda foydali bo’lib, og’riqni yengillashtiradi.
Hijomaning fojdalari haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Ibn al-Kayyimning «Zodul-Ma’od»?, Ibrohim al-Hoziymiyning «Hijomaning hukm va fojdalari» nomli kitoblariga murojaat etilsin.
Hijomaning tariqasi:
Hijoma – diabet, sil va bepushtlikda davo
Hijoma – diabet, sil va bepushtlikda davo
Shoxdan yasalgan Hijoma asbobini badanning qon olinishi kerak bo’lgan joyiga o’rnashtirib, uning ingichka tomonidan ochib qo’ilgan kichkina teshikcha orqali ichidagi havoni so’rib olinib, teshikchani saqich (jachka) kabi yopishqoq narsa bilan to’sib qo’yiladi. Agar shox o’rniga zamonaviy banka ishlatilsa, u holda spirt, paxta, qog’oz parchasi yoki shu kabi biror narsani banka ichida yoqib havodan holi qilib, qon olinadigan o’ringa yopishtirib o’rnatiladi (Agar Hijoma uchun mahsus tayyorlangan moslama topilsa, u juda qulay). Uch daqiqadan to o’n daqiqagacha (shox ham huddi shunday) haligi o’ringa yopishib o’rnab turadi. Keyin uni ko’chirib olib, u joyni keskir (ustara, lezviya) kabi narsa bilan ohista mayda-mayda tilinadi. Keyin yuqoridagi ravishda bankani (yoki shoxni) haligi o’ringa qaytadan yopishtirib o’rnatiladi. Kuzatib turilsa, bir oz muddatda banka (yoki shox) buzilgan – aynigan qon bilan to’la bo’ladi. (Agar ehtiyoj sezilsa, shu ishni yana bir marta takrorlash mumkin). Kifoya qilarlik darajada buzilgan qonni chiqarib olingach bankani (yoki shoxni) ko’tarib olinadi. Jarohatlangan o’ringa paxta kujdirib, yoki shu kabi qonni to’xtatadigan biror tibbiy dori qo’yiladi.
Ko’proq ma’lumot olish uchun, doktor: Nizomiy al-Kabboniyning «Mayda jarrohlik» haqidagi bahsiga murojaat etilsin! Hijomani bilgan, tajribalik kishi ya’ni, hajjomlik malakasiga ega bo’lgan shaxs qilmoqligi shartdir!
Hijoma qilish vaqti:
Imom Termiziy Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhumodan rivoyat qilgan hadisda rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Sizlar hijoma qiladigan kunlaringizning eng yaxshisi 17, 19 va 21-kunlardir» (bu kunlar hijrij-kamariy hisobdagi oylar kunlaridir).
Anas ibn Molik raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Kimki hijoma qilmoqchi bo’lsa 17, 19 va 21- kunlarni tanlasin, sizlardan birortangizning qoni oshib ketib uni o’ldirib qo’ymasin» (ya’ni, agar birortangizning qoni suyulib, oshib ketsa qaysi kunda bo’lsa ham hijoma qilaversin. Bu izoh Ibnul Qoyyimning «Zodul-Ma’od» kitobidan olindi) Ibn Moja rivoyati.
Imom Ibn Moja Ibn Umar raziyallohu anhumodan rivoyat qilgan hadisda rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Och qoringa (ertalabda) qilingan hijoma yaxshiroqdir. Unda shifo va baraka bor, aql va zehnni oshiradi. Allohning barakasi bilan payshanba kuni hijoma qilinglar. Chorshanba, juma, shanba va yakshanba kunlari hijomadan saqlaninglar. Dushanba va seshanba kunlari hijoma qilinglar, u Alloh Ayyubni musibatdan halos qilgan kun, unga musibatni chorshanba kuni yuborgandi. Mohov va pes chorshanba kuni yoki chorshanbaga o’tar kechasi pajdo bo’ladi». Imom Ibnul Qoyyim «Zodul-Ma’od» kitobida aytadilar: «Hadislarda mazkur 17,19 va 21- kunlar oyning ikkinchi yarmiga to’g’ri kelmoqda bu tabiblar ittifoq qilgan muddatga muvofiqdir. Bu hijoma uchun eng munosib vaqtga dalolat qiladi, holos. Agar kishi qaysidir sababga ko’ra badanidan qon oldirishga ehtiyoj sezsa qaysi kunda bo’lsa ham hijoma qilsa bo’laveradi». (Zodul Ma’od» 674 bet)
Hulosa:
Yuqorida aytib o’tganlarimizdan ma’lum bo’ladiki, hijoma ba’zi bir nodon odamlar o’ylaganidek foydasiz ish bo’lmay balki, qadim zamonlardan beri Hakimlar tomonidan tasdiqlangan juda ham fojdali tibbiy bir amaliyotdir. Bizlarga ota-onalarimizdan ham ko’ra mehribonroq bo’lgan Paygambarimiz sollallohu alayhi va sallam bizlarni bu ishga targ’ib qilib, o’zlari ham amalda qo’llaganlarini hisobga olgan holda, sizu biz musulmonlar bu manfaatlik ishdan foydalanmog’imiz darkor. Juda ko’p ulamolar hijomani amalda qo’llab, unga sunnat kabi amal qilib, bu borada kitoblar taklif etganlar. Sizu biz musulmonlarga mana shuning o’zi kifoyadir. Manba: (Tib va shifo)



— Hijoma o`zi nima? Qaysi xastaliklarda va qanday qo`llanadi? Foydasi, zarari haqida batafsil ma`lumot bersangiz.
Sarvinoz, Toshkent shahri
Muhabbat Xolmatova, O`zbekiston Xalq tabobati akademiyasi tabibi:
— Arab tilida “hijoma” so`zi «al-hajm» o`zagidan kelib chiqqan bo`lib, u «so`rib olish» degan ma`noni anglatadi. Hijoma, ya`ni qon oldirish qadimdan kasalliklarni davolashda asosiy vositalardan biri hisoblangan. Qon oldirish Payg`ambarimiz sunnatlaridandir. Hadislarda aytilishicha, Payg`ambarimiz (s.a.v): «Sizlar qila oladigan davo muolajalarining eng yaxshisi – bu hijoma (qon oldirish)dir», degan ekanlar.
«Chiqit»lardan xalos etadi
Qon inson organizmining eng muhim elementlaridan biri. U to`qimalarga kislorod etkazishda va moddalar almashinuvida faol ishtirok etadi.
Biroq har kim ham organizmdagi qon bir joyda turib qolishini, vena, arteriya tomirlarida qonning ma`lum bir qismigina oqishini bilmaydi. Kishi harakatsiz holatida qon «qariy boshlaydi», o`zining sifatlarini yo`qotadi, qolaversa, noto`g`ri ovqatlanish, havoning ifloslanishi, stresslar natijasida barcha yomon moddalarni o`ziga shimib oladi.
Hijoma ana shu «chiqit»lardan qutulishda yordam beradi.
Qoningizni “yangi”lang!
Qon oldirilgach, organizm yangi qon ishlab chiqaradi. Bu esa kishi salomatligini yaxshilab, ko`pgina kasalliklarni davolashgako`mak beradi.
Qon oldirish quyidagi xastaliklarda tavsiya etiladi: prostatit, bo`yin va elkadagi og`riqlar, jinsiy zaiflik, qon bosimi oshishi, immunitet susayishi, bavosil, bosh og`rig`i, bepushtlik, sil, yurak xastaliklari, qandli diabet, kamqonlik, revmatizm, ko`z nuri xiralashishi, glaukoma, gaymorit va boshqalar.
Muolaja qanday o`tkaziladi?
Qon olishning bir necha usullari bor. Masalan, qortiq qo`yish, nashtar urish, igna (shpris) yordamida olish, zuluk solish va hokazo. Bular ichida eng foydalisi zuluk solishdir.
Zulukni qariyb uch ming yildan beri tabiblar n turli kasalliklarga davo sifatida ishlatib kelishmoqda. Abu Ali ibn Sino ham zuluk bilan davolashga alohida e`tibor qilib, o`zining «Tib qonunlari» kitobida zuluk soldirishning afzalliklari, tartib-qoidalari haqida batafsil ma`lumot bergan.
Zulukning 270 ta tishi bor va u tishlari ostidagi girudin moddasini inson tanasiga yuborish orqali qonni suyultiradi, kislorod bilan to`yintiradi, yurakning kislorodga bo`lgan ehtiyojini qondiradi. Natijada,tanadagi limfa bezlari quvvati oshadi va immunitet kuchayadi.
Zuluk so`lagida 100 xildan ortiq fermentativ modda mavjud. Ular inson tanasida qon aylanishini yaxshilash bilan birga to`planib qolgan yog`larni eritadi, terini mayinlashtiradi, ortiqcha vazndan xalos qiladi.
Zuluk qon so`rish paytida so`lagi tarkibidagi biologik faol moddani to`qimalarga yuborib, organizmda modda almashinuvini yaxshilaydi. Uning so`lagi ta`sirida teridagi, ichki a`zolardagi mayda qon tomirlarida qon aylanishi yaxshilanadi. Natijada, bosh miyaningfaoliyati jonlanadi.
Zuluk antiseptik xususiyatga ega bo`lgani uchun teri kasalliklarini davolashda u keng qo`llanadi.
Bundan tashqari, zuluk qo`yish yordamida infarkt, stenokardiya, gipertoniya, bavosir,ko`z, burun, tomoq, quloq, tish, milk kasalliklarini, urologik, ginekologik xastaliklarni davolash mumkin. Shunindek, qon olish yordamida o`pka, jigar, o`t pufagi shamollashi, nevrologiya, nefrit, ateroskleroz, surunkali prostatit muolaja qilinadi.
Bir yilda yoki olti oyda bir zuluk soldirgan kishilar nisbatan kamroq kasalliklarga chalinadilar. Zuluk faqat bemorlarga qo`yilmaydi. Sog`lom odam ham yiliga bir marta zuluk soldirib tursa, salomatligi yanayam mustahkamlanadi.
Qadimda zuluk muolajasi, asosan, bahor, kuz fasllarida qo`llangan. Hozirgi zamon olimlari olib borgan ilmiy-amaliy tajribalarda aniqlanishicha, yilning istalgan faslida zuluk qo`yish mumkin.
Mumkin bo`lmagan holatlar
Agar kishida zuluk so`lagiga allergiya bo`lsa, kamqonlik, qon ivishida muammolar aniqlansa zulukdan foydalanish man etiladi. Hijoma usulida esa mumkin bo`lmagan holatlar yo`q. Hijoma muayyan bir darddan forig` bo`lish maqsadida qilinishi kerak.
Munisa Alieva tayyorladi

12 комментариев к “Hijoma HAQIDA Foydasi va Zarari”

  1. Уведомление: KIU-Library

  2. Уведомление: sell cc good

  3. Уведомление: brentlynn.com

  4. Уведомление: เพื่อนแท้เงินด่วน กรุงเทพ

  5. Уведомление: view

  6. Уведомление: Spectrum murder

  7. Уведомление: sulfuric acid for sale

  8. Уведомление: view website

  9. Уведомление: weed delivery Toronto

  10. Уведомление: 주식선물

  11. Уведомление: อ่านมังงะ

  12. Уведомление: penis enlargement

Комментарии закрыты.