Hivda Zizan Alp haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Hivda Zizan Alp (1993-yil 9-noyabr Istanbul) — Teatr va teleserial aktrisasi. Memar Sinan universiteti davlat konservatoriyasining skripka bo’limini va Halich universiteti teatr bo’limini tugatgan. Keyinchalik u o’zining badiiy karerasini 2012 yilda «Küskün Musical» Emek sahnasida orkestr dirijyori va skripkachi sifatida boshladi. U aktyorlik hayotini 2013 yilda «Qochoq» teleserialida aktrisa sifatida boshlagan. 2014 yilda u Yeşil Deniz serialidagi ‘Arife’ roli bilan muhim yutuqni qo’lga kiritdi.

2015 yilda u «Mordkommision Istanbul» filmida ham rol o’ynagan. Xivda Zizan Alp teatrda o’ynash bilan bir qatorda filmlarda ham o’ynaydi. 2014 yilda «Yeşil Deniz» serialida rol o’ynay boshladi. U 2017 yilda Fi teleserialida Ada xarakterini ijro etgan. U 2019 yildan beri Sefirin Kızı ( Elchining qizi) seriyasida rol ijro etmoqda. Hivda Zizan Alp ko’plab korporativ brendlarning reklama yuzi sifatida ekranlarda paydo bo’ldi. Ulardan tashqari u ko’plab teatr sahnalarida qatnashgan va musiqiy filmlar yaratgan.

Оставьте комментарий