Hosila Rahimova haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

Hosila Rahimova 1975-yil 22-aprel kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida shifokorlar oilasida tavallud topdi. U oddiygina maktab bilan birga musiqa maktabining xonandachilik va maqom yo’nalishi bo’yicha tahsil olib, qo’shiq sirlarini bolaligidan o’rgana boshladi. Barcha maktab tadbirlarida ham ishtirok etib Respublika bosqichlarigacha g’olibliklarni qo’lga kiritardi. Maktabni tamomlagandan so’ng (1998-2002 yillar) A.Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining an’anaviy ijrochilik fakultetini ham tamomlaydi. Ilk ijodini esa 2000-yil «Kelgin yor» qo’shig’i bilan boshlaydi. Keyingi «Jon-jon», «Biyigul», «Ko’pkari» qo’shiqlari esa xonandaning xit taronalariga aylanadi. Hozirgi kungacha 80dan ortiq qo’shiqlarini, 20dan ortiq kliplarini o’z muhlislariga havola etdi. Bundan tashqari Hosila Rahimova o’zining 5ta albomini ham muhlislarga havola etgan. 2003-yil «Sizdan kechib bo’lmaydi», 2004-yil «Sog’indim», 2006-yil «Tog’ qizi», 2008-yil «Yurtimning bahori senmisan» va 2010-yil «Har o’landa yurt madhi» nomli musiqiy dasturlar ana shular jumlasiga kiradi. Hosila Rahimova bir qancha chet el davlatlarida, Shimoliy Koreya, Malayziya, Germaniya, Turkiya va Rossiya davlatlarida o’z konsert dasturlari bilan ishtirok etib, O’zbekiston bayrog’ini ko’klarga ko’targan. Xonanda bir qancha mukofotlarga ham sazovor bo’lgan. 1998-yilda «O’zbekiston Vatanim mani» ko’rik tanlovida 3-o’rin sohibi bo’lgan. 2003-yil «Shuhrat» medali hamda 2008-yilda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist unvonlariga sazovor bo’lgan. Hosila Rahimovani nafaqat O’zbekistonda balki chet davlatlarida ham san’atini xurmat qilishib, qo’shiqlarini tinglashadi. Shimoliy Koreya, Malayziya, Germaniya, Turkiya va Rossiya davlatlarida o’zining gastrol konsertlarini namoyish etgan.

 

Hosila Rahimova
Hosila Rahimova

15 комментариев к “Hosila Rahimova haqida, oilasi, instagram, rasmlari”

  1. Уведомление: my review here

  2. Уведомление: คาสิโนออนไลน์

  3. Уведомление: read here now

  4. Уведомление: ปล่อยเงินด่วน

  5. Уведомление: limanbet giriş

  6. Уведомление: sbobet

  7. Уведомление: เอสบีโอเบท

  8. Уведомление: แทงบอลออนไลน์

  9. Уведомление: Continue

  10. Уведомление: turners

  11. Уведомление: สล็อตเว็บตรง

  12. Уведомление: find out

  13. Уведомление: casinos not on gamstop

  14. Уведомление: important site

  15. Уведомление: ปั่นบาคาร่า

Комментарии закрыты.