Immunitetni qanday oshiramiz?

DO`STLARGA ULASHING:

Kuz o‘rtalariga kelib, yozda yig‘ilgan vitamin va minerallar zahirasi sekin-astalik bilan sarflana boshlanadi. Bu esa “ratsionni o‘zgartirish vaqti keldi” deganidir. Bola immunitetini mustahkamlashda “yoz”dan “kuz”ga keskin ravishda o‘tish mumkin emas. Ushbu faslda bolalar shifokori kichkintoylarga meva va sabzavotlarni ko‘p-ko‘p iste’mol qilishni, uzoq vaqt ko‘chada sayr qilishni tavsiya etadi.
Foydali mahsulotlar
Bola immunitetini ko‘tarishda oziq-ovqat mahsulotlarining xilma-xilligiga e’tibor bering. Bunda ozuqaning oqsilga boy bo‘lishi tavsiya etiladi. Sababi ushbu modda gripp va O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiyalar) bilan xastalanmaslikning asosiy garovidir. Bolaga go‘sht mahsulotlarini harid qilayotganda uning yog‘sizini tanlang. Tuxum va baliq mahsulotlari haqida ham unutmang!
Bolaning sog‘ligi mustahkam va immun tizimi baquvvat bo‘lishi uchun unga vitaminlar kompleksi kerak bo‘ladi. Demak, ular bilan tanishing.
Avitamini immunitetni infeksion kasalliklardan himoyalaydi. U jigar, sut mahsulotlari, sabzi, tuxum va qovoq tarkibida ko‘p uchraydi.
V(riboflavin) metabolizm (moddalar almashinuvi) jarayonida ishtirok etadi. Organizmda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan toksik xavfni kamaytirib, hujayralarni kislorod bilan to‘yintiradi. U baliq, go‘sht, tuxum oqi tarkibida mavjud.
V(pantoten kislotasi) inson hayoti uchun zarur bo‘lgan aminokislotalarning sintez qilish uchun zarur bo‘lgan yog‘lar, oqsillar, uglevodlar metabolizmida ishtirok etadi. Mazkur vitamin no‘xat, rangli karam, subtropik mahsulotlar tarkibida mavjud.
V(pridoksin) infeksiyalar bilan kurashuvchi antitelalarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi. Ushbu vitamin baliq, tovuq go‘shti tarkibida bo‘ladi.
V12 (sianokobalamin) qondagi qizil qon tanachalarining ishlab chiqarilishida muhim ahamiyatga ega. U parranda go‘shti, baliq, tuxum, sut mahsulotlari tarkibida mavjud.
S vitamini organizmni himoya qilish xususiyatiga ega. Immunitetni ko‘taradi. U sitrus mevalar, yashil sabzavot mahsulotlari tarkibida ko‘p miqdorda bo‘ladi.
D(xolekalsiferol) ham immunitetni ko‘taradi. U ultrabinafsha nurlar ta’sirida organizmda ishlab chiqariladi. U sariyog‘ tarkibida, tuxum sarig‘ida mavjud.
E (antioksidant) immun hujayralarining nobud bo‘lishining oldini oladi. U yong‘oq, pista, boshoqli o‘simliklar tarkibida uchraydi.
Rux – immun tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Teri tiklanishida yaxshi samara beradi. U asosan go‘sht mahsulotlari tarkibida mavjud.
Temir – gemoglabin miqdorini oshiradi, hujayralarni kislorod bilan ta’minlaydi. Lavlagi, dukkakli mahsulotlar, go‘sht va olmada ushbu element ko‘p miqdorda bo‘ladi.
Yana o‘qing:  Baqlajonli pirog
O‘RVI va grippdan D, A, Ye vitaminlari himoyalaydi. Immunitetni oshiruvchi vositalarga V guruhiga kiruvchi barcha vitaminlar kiradi. Ayniqsa, V5 (jigar, tuxum sarig‘i, yormalar), V9 (sabzavot barglari, loviya, jigar), V6 (jigar, dukkakli mahsulotlar, tunets, skumbriya, sardina balig‘i). Immun tizimini bir me’yorda ushlab turuvchi vitamin V15 sanaladi. U guruch, qovoq urug‘i tarkibida uchraydi.
Meva va sabzavotlar
Meva va sabzavotlar taomnomada yil davomida bo‘lishi kerak. Quritilgan mevalarda ham vitaminlar bisyor. Sarimsoqpiyoz, piyoz va ko‘katlar fitonsidlarga boy va antiseptik vosita bo‘lib, qonni mikroblardan tozalash xususiyatiga ega.
X. HUSENOVA
soglom.uz/tavsiya/immunitetni-qanday-oshiramiz/

Оставьте комментарий