Inson va biosfera

DO`STLARGA ULASHING:

Inson va biosfera
 
Reja:
2.1. Umumiy tushunchalar
2.2. Inson demografiyasi va uning o’zgarishi
2.3. Inonlarning ozuqa manbalari
2.4. Insonni biosferaning ekologik xolatiga ta’siri.
 
 
Tayanch iboralar: biologik tizimlar, pestitsid, radioaktiv, epidemiya, neandertal, mezolit, paleolit, inson demografiyasi, biosfera, dengiz mahsulotlari, tabiat turg’unligi.
 
2.1. Umumiy tushunchalar
 
Million yillar davomida yuzaga kelgan biologik sistemalarni o’zgartirishga faqat insonlar sabab bo’lgan. Endilikda uning hayot-mamoti o’zi egallagan tabiat va o’zi yaratgan jamiyat o’rtasida turg’unlik munosabatlarini o’rnatishga bog’liq. Aks holda inson o’zi yaratgan tsivilizatsiya, uning salbiy faoliyati natijasida nobud bo’ladi. Ko’p yillar dovomida zaharli dorilar, gerbitsid va pestitsidlarni qishloq xo’jaligida qo’llanishdan insonning zaharlanishi va turli kasalliklarning kelib chiqishi kuzatilmoqda. CHernobilь AES ning portlashida katta maydonda butun tabiatni reaktiv moddlar bilan zaharlanishi, reaktiv modlarning Novaya Zemlya oroliga va Oq dengizga tashlanishi natijasida suv zaharlanib, millionlab dengiz yulduzlari qirilib ketdi.
Er yuzining turli joylarida inson faoliyati tufayli yuzaga kelayotgan ofatlar uning o’ziga, undan qoladigan avlodlarga xavf tug’dirmoqda. Zaharli moddlarni yosh bola ona qornidaligidayoq oladi. Keyinchalik bu moddlar bola organizmida hayoti davomida to’planib boradi. CHunki inson yashagan muhitda zararli moddlar, gazlar, og’ir metallar changi yetarlicha to’plangan.
 
2.2. Inson demografiyasi va uning o’zgarishi
 
Toshko’mir davrida iqlim omillarining og’irligi, ozuqaning yetishmasligi, yirtqich hayvonlarning xavfi, turli xil kasallaiklar, epidemiyalar inson umri qisqarishiga sabab bo’ladi. SHu vaqtda neandertal odam 30 yil, muzlik davridan keyin va mezolitda Homo sapiens bir oz uzoqroq yashagan. Ular yashagan joylarda inson soni kam bo’lib, og’ir ekologik sharoit bolalar o’limiga abab bo’lgan.
Antropolog olimlar ma’lumotiga qaraganda paleolit davrining boshlanishida, bundan 1 mln. yillar oldin insonlar faqat Afrika xududidagina yashagan va ularning umumiy soni 125 ming atrofida bo’lgan. Mezolit davrida insonlar soni 1 mln. yetadi. Ular Yevroosiyo xududida yashaganlar. Paleolit davri oxirida, bundan 25000 yillarcha avval neandertallar, kromanьonlar bir vaqda yashaganlar, ularning soni 3 mln. dan ortiq bo’lgan.
Neolit davrida birinchi demografik o’sish kuzatilgan, inson o’troq yashashga o’rganadi, uy-joy quradi, hayvonlarni qo’lga o’rgatadi, o’simliklarni madaniylashtiradi va ularning hayot sharoitlari yaxshilanadi.
Dunyoda odamlar soni dastlab 5 mln. atrofida bo’lgan, XVI asrda bu son 500 mln. ga ko’tariladi. 1850 yili 1 mlrd. ga yetishi uchun insoniyatga 250 yil rivojlanish kerak bo’lgan. Dunyoda aholi soni 1930 yili 2 mlrd, 1960 yili 3mlrd, 1986 yili 5 mlrd, hozirgi kunda 6,2-6,3 mlrd. ni tashkil qiladi. 1930 yildan shu kungacha ovro’paliklar 100 mln. ga, osiyoliklar esa 1 mlrd., ga ko’paygan. Taxminlarga qaraganda 2012 yilda yer yuzida 7 mlrd., 2050 yilda esa 13 mlrd. aholi yashaydi. Yer yuzida aholi soni o’sishi bilan ularning tabiiy muhitga salbiy ta’siri va muhitni ifloslanishi ortib boradi, tabiiy boylik ko’plab isrof bo’ladi, inson salomatligiga ta’sir etuvchi turli xavflar tug’iladi.
 
2.3. Insonlarning ozuqa manbalari
 
Insoniyat paydo bo’libdiki, u ham biosferadagi boshqa tirik organizmlar kabi ozuqaga muhtoj bo’lgan. Agar o’tgan mingyilliklarda inson o’ziga ozuqani og’ir mehnat yo’li bilan topgan bo’lsa, uning keyingi rivojlanish tarixida qattiq qish, suv toshqinlari, yong’in, qurg’oqchilik kabi tabiiy ofatlar unga ochlik va o’lim olib keladi. O’tgan asrda ochlikdan 100 mln. xitoyliklar va 50 mln. hindlar o’lgan. 1992-1993 yillarda Afrikaning Somali davlatida 2 mln. ortiq  aholi ochlik azobini tortdi. 1980 yilda jahonning 70 ta rivojlantgan mamlakatlarida 1,4 mlrd. aholi ochlikda yashagan. SHundan 420 mln. ocharchilikda, 850 mln. to’yib ovqat yemagan, undan tashqari 780 mln. ni juda kambag’al bo’lib, oziq-ovqat, turarjoy, kiyim olishga imkoni bo’lmaydi.
Hozirgi kunda yer yuzi aholisining 2/3 qismi sifatli oziq-ovqat iste’mol qilmaydi, bundan tashqari 50 foiz aholi to’yib ovqatlanmaydi, 25 foiz aholi doimiy ochlikda bo’lsa, har yili 10-30 mln. aholi ochlikdan o’ladi. Bu muammoni hal qilsa bo’ladimi, degan muhim savol bugungi kunning kun tartibida turadi.
BMT qoshidagi xalqaro birlashgan koordinatsiya guruhining ma’lumotiga ko’ra yer yuzida yetishtirilgan va dengizlardan olingan ozuqa mahsulotlari orqali planetada 31,5 mlrd. aholini boqish mumkin. Rus iqtisodchisi K. Malininning ma’lumotlariga ko’ra, quruqlikdagi madaniy o’simliklar bilan 50 mlrd. aholini boqish mumkin. Dengiz mahsulotlari va bir hujayrali suv o’tlarini ko’paytirib, ular mahsulotidan keng foydalanilsa, planetaning 290 mlrd. aholisini ozuqa bilan ta’minlasa bo’ladi. Kelajakda tez hazm bo’ladigan va baliqlardan olinadigan oqsil mahsulotlari, dengiz suv o’tlari ozuqaning asosiy qismini tashkil qiladi. Bundan tashqari turli mikroorganizmlar ham yuqori sifatli oqsil moddalar hosil qiladilar. SHuning uchun ham ular ozuqa manbai sifatida ma’lum o’rin egallaydi. Agar vazni 200 kg bo’lgan sigir hammasi bo’lib 250 g oksil moddasi bersa, 250 g og’irlikdagi achitqi zamburug’lari 650 kg oqsil hosil qiladilar. Kelajakda aholini oqsil bilan ta’minlashda dukkakli o’simliklardan olinadigan oqsillar asosiy rolь o’ynaydi. Qishloq xo’jaligida turli kimyoviy moddalarni, shu jumladan, azotli o’g’itlarni ishlatish yo’li yuqori mahsulot ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.
Yangi texnologiyalarni qo’llash yo’li bilan oqsil moddalar olinib, ular inson ozuqasining asosini tashkil qilishi mumkin. Qishloq xo’jaligida yangi agrotexnik usullarni qo’llash, hosildor kasallikka chidamli o’simliklar navlarini yaratish, mahsuldor xayvonlar zotlari bilan fermalarni to’ldirish, suv xavzalari va dengiz ko’rfazlarida sun’iy usullar bilan baliq va boshqa foydali suv xayvonlarini ko’paytirish dengiz va chuchuk suv havzalarida suv o’tlaridan keng qo’llamda foydalanish ozuqa manbaini oshirishning asosiy yo’li hisoblanadi. Bundan 10 yil avval dunyo bo’yicha, bug’doy – 443 mln. t., guruch  – 397,5 mln. t., jo’xori -394,2 mln. t., kartoshka -227,3 mln. t., go’sht mahsulotlaridan: mol go’shti -46,6 mln. t., cho’chka go’shti -55,3 mln. t., qo’y go’shti 7 mln. t.. tayyorlangan.
Inson har oyda o’z og’irligiga teng ozuqa iste’mol qiladi. Hisoblarga ko’ra insonga bir kunda 630-750 g. (2410 kkal), bir yilda esa 200-274 kg bug’doy kerak bo’ladi. Bu mahsulotlarni yetishtirish uchun dehqon har bir gektar yerdan 5 t. atrofida hosil olib, yiliga 17 kishini boqishi lozim. Hozirgi kunda texnologiyani o’rnida qo’llab quruqlikning kerakli joylaridan yaxshi foydalanilsa, 10 mlrd. aholini ozuqa bilan ta’minlash mumkin.
Er sharida foydalaniladigan yerlar 13,5 mlrd. gektariga teng. SHundan 1,4 mlrd. ga madaniy yerlar (ekinzorlar, bog’lar), 1,1 mlrd. ga yer o’simlik o’stirish uchun yaroqsiz bo’lib qolgan, 4,4 mlrd. ga yer cho’l, chala cho’l, Arktika, Antarktida yuqori torfli cho’llar maydoni 3,3 mlrd.ga, insonning salbiy faoliyati natijasida foydali yerlarning 1 mlrd. gektari cho’llarga qo’shilgan. Yer sharida 2,6 mlrd. ga o’tloqzorlar bor. SHundan 390 mln. gektari buzilgan, sho’rlangan, foydasiz holga kelgan. Foydali madaniy yerlarning 50 foizi hosildorlik qatlamini yo’qotgan, 600-700 mln.ga yer eroziyaga uchrab, mahsuldorligi past bo’lib qolgan. Yer yuzida o’zlashtirilmagan 0,4-0,9 mlrd. ga yer qolgan, xolos. Foydali yerlarning ishdan chiqishiga tabiat qonunini bilmaslik, yerdan ko’r-ko’rona, xo’jasizlarcha foydalanishlar sabab bo’ladi.
Dengiz va okeanlar mahsulot ham inson ozuqa manbaining asosi hisoblanadi. Agar 1960-1970 yillarda dengizlardan 40,2 mln. dan 70,5 mln. t.gacha mahsulot yig’ib olingan bo’lsa, yiliga o’rta hisobda mahsulot 5,8 foizga ortib borgan. Keyingi yillarda mahsulot olish kamayib borib, 10-15 yil ichida faqatgina Atlantika okeanida baliq ovlash 1,2 mln. t. ga kamaygan.
Qishloq xo’jaligida hosildorlikni oshirish maqsadida qo’llanilgan 60 dan ortiq kimyoviy birikmalarga 400 dan ortiq hashorat turlari chidamli bo’lib qolgan. Eng kuchli zaharli moddalar ham ularga ta’sir qilmay qo’ygan. Buning natijasida ekinzorlarda zararkunandalar borgan sayin ko’payib, hosildorlik kamayishiga sabab bo’lmoqda.
         2.4. Insonni biosferaning ekologik xolatiga ta’siri.
 
Inson qadimgi o’z faoliyati bilan atrof-muhitga ta’sir qilib kelmoqda. U ovchilik qilib turlar yo’qolib ketishiga sabab bo’lgan, o’t qo’ygan, o’rmonlarni kuydirgan, dehqonchilik uchun o’rmonlarni kesib, o’tloqzorlarni buzib, tabiat turg’unligini, tirik jonzotlar barqarorligini yo’qotdi, turlar sonini kamaytirdi.
Agar o’tgan asrda yiliga tabiatdan bittadan tur yo’qolgan bo’lsa, keyingi 50-60 yil ichida 76 dan ortiq turlar yo’qolib ketgan, 600 ga yaqin turlar esa yo’qolish arafasida. Bunga asosiy sabab – turlarning yashash joyi buzilishi, qisqarish, ovlash, zaharlanish va boshqalar.
CHo’l va dasht zonalari ekosistemalari ham inson faoliyatidan chetda qolmadi. Masalan, Qizilqumda olib borilgan qidiruv ishlarida o’simliklar payhon qilinishi natijasida Orolning qurigan qismidan ko’tarilayotgan tuzli qumlar atrof-muhit va 1,5-2 mln. gektardan ortiq o’tloqzorlarni sho’rlanishiga sabab bo’lmoqda.
Tog’, tog’ yonbag’irlari o’rmonzorlarning ayovsiz kesilishi, iqlim o’zgarishiga, o’simliklar qoplami siyraklashishiga, ularga moslashgan hayvonlar va qushlarning bu yerlardan ketib qolishiga sabab bo’ladi. Insonning asosiy vazifasi – tabiatni kelajak avlodga saqlab qolish uchun tabiiy sistemalarni buzmaslik, ifloslamaslik, zaharlamaslik, tabiat bilan ongli munosabatda bo’lib, uning qonunlarini inobatga olishdan iborat.

Оставьте комментарий