Joanna Rovling haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Joanna Rovling (1965-yil 31-iyulda tug’ilgan) yozuvchilikdagi tahallusi J.K.Rovling. Britaniyalik muallif, kinodramaturg, film prodyuseri, televizion prodyuser va filantrop. U eng ko’p sotilgan va o’qilgan «Garri Potter» haqidagi asarlari 500 million nusxadan ortiq nashr etilgan va bir necha mukofotlarni qo’lga kiritgan. Tarixdagi eng ko’p sotilgan kitob sifatida rekord qo’ygan. Kitoblaning jami daromadi 15 milliard $ deb baholangan. Kitoblar «Harri Potter» filmlari seriyasining asosi bo’lib,Rouling ssenariylarni to’liq ma’qullagan va so’nggi filmlarda prodyuser bo’lgan. U shuningdek, Robert Galbrayt nomi bilan jinoyatchilik haqida fantastik asarlar yozgan.1995 yilda Rouling eski qo’l yozuv mashinkasida yozilgan «Garri Potter va Hikmatlar Toshi»ga oid qo’lyozmasini tayyorladi. U qo’lyozmani 12ta nashriyotga berdi ammo ularning hammasi rad etildi. Nihoyat bir yildan so’ng Londondagi Bloomspury nashriyoti kitobni chop etti. Asar tez fursatta mashxur bo’lib ketdi. U 2007-yilgacha asarning yettita romanini yozdi.

Оставьте комментарий