Kadrlar tayyorlash milliy modeli

DO`STLARGA ULASHING:

Kadrlar tayyorlash milliy modeli
Reja:
  1. Ozbekiston Respublikasida  kadrlar tayyorlash tizimini tubdan qayta qurish mohiyati
  2. Kadrlar tayyorlash  milliy
  3. Pedagogik texnologiyalar pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida..
  4. Pedagogik texnologiyalarning rivoji.
Asosiy tushunchalar: Milliy dastur,Milliy model, shaxs, davlat,  jamiyat, o‘zluksiz ta‘lim, fan, ishlab chiqarish, pedagogik texnologiyalar, o‘qituvchining vazifalari, ma‘suliyat, burch, tashabbuskorlik, tadbirkorlik,. pedagogik faoliyat bilan shugullanish huquqi, o‘qituvchi shaxsiga kuyiladigan talablar,. pejagogik mehnat, o‘qish, o‘rganish, izlanish..
O‘zbekiston hukumati, shaxsan muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov Respublikamiz mustaqillikka erishgan  dastlabki kunlardanoq,ayniqsa, so‘nggi yillarda ma‘naviyat va ma‘rifat masalalari va ta‘lim tizimini takomillashtirib, uni jahon andozalariga muvofiqlashtirish bo‘yicha ibratli ishlarni amalga oshirmoqdalar.
  O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi IX sessiyasida(1997 yil 29 avgust) Kadrlar tayyorlashh milliy dasturi va «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi fikrimizning yaqqol dalilidir.  Bu muhim hujjatlar istiqboliy xarakterga ega bo‘lib, ularning  mamlakatimiz ta‘lim tizimini takomillashtirishda qanday ahamiyatga ega ekanligi hammamizga ma‘lum. O‘tgan davr ichida ta‘limni isloh qilishh bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, ularning bajarilishi bo‘yicha dastlabki yutuqlar ekanligini ta‘kidlab o‘tish lozim.
O‘zbekiston Respublikasining “ Ta‘lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” to‘g‘risidagi Qonunlari kadrlar tayyorlash Milliy  modelining me‘yoriy asosini, uni amalga oshirish usuli va mexanizmini yaratib beradi.
         Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy komponentlari; shaxs, davlat va jamiyat, o‘zluksiz ta‘lim, ishlab chiqarish bo‘lib, uning bosh maqsadi — raqobatbardosh yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yunaltirilgan.
         SHaxs kadrlar tayyorlash tizimining asosiy iste‘molchisi, shuningdek, umumta‘lim xizmatlarining yaratuvchisi xamdir. Umumta‘lim xizmatlari iste‘molchisi sifatida shaxsga Davlat ta‘lim standartlari doirasida sifatli ta‘lim va kasb — hunar tayyorgarligi kafolatlanadi.
         Ta‘lim xizmatlarini amаlga oshiruvchi sifatida esa Shaxs munosib darajada malaka egallagandan so‘ng, bilim va tajribalarini ta‘lim jarayonida yangi avlodga o‘rgatish, moddiy ishlab chiqarish, ilm — fan, madaniyat va maishiy xizmat ko‘rsatish bilan shugullanadi.
         Har bir odam faqat ta‘lim, ijtimoiy tarbiya va ma‘naviy kamolot, kasb — hunar o‘rgatish tizimi vositasidagina Shaxs bo‘lib shakllanadi.
         Natijada shaxs ijtimoiy kamol topadi, ya‘ni o‘z vazifa va mustaqil munosabatlarga kirishadi.
         Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimining amal qilishi va rivojlanishining kafolati, milliy model barcha sub‘ektlari faloyatini tartibga soluvchi sifatida maydonga chikadi.
         Davlat va jamiyat;
         — fuqarolarning ilm olishi huquqini ularning kasb tanlash va malaka  oshirish imkoniyatlarini;
         — akademik litsey va kasb — hunar kollejlarida o‘qib — o‘rganish yo‘nalishini tanlash huquqini beruvchi majburiy umumiy o‘qish maxsus, kasb — hunar ma‘lumoti olishini:
         — davlat grantlari bazasida yoki pullik bitimi asosida oliy va undan yuqori darajalarda ma‘lumot olish huquqi;
         — davlat  ta‘lim muassasalarining moliyaviy ta‘minoti;
         — o‘quvchilarning o‘qish, yashash va dam olish sharoitlarini ta‘minlash masalalarini hal etish yuzasidan jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirish;
         — ta‘lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy qo‘llab — quvvatlash;
         — ta‘lim muassasalarining pedagog xodimlari, ota — onalar ( yoki ularning qonuniy vakllari)ning bolalar va o‘smirlarning o‘qish tarbiyasi, hayoti va sog‘ligini himoya qilish uchun mas’uliyatlarni oshirish yuzasidan me’yoriy — huquqiy hujjatlarning amal qilish faolligini kafolatlaydi.
         Milliy modelning uchinchi muhim komponenti uzluksiz ta‘lim;
         Uzluksiz ta‘lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy — iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy — texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor sohadir.
         Uzluksiz ta‘lim ijodkor, ijtimoiy faol ma‘naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun zarur shart — sharoitlarni yaratadi.
         Uzluksiz ta‘lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta‘lim standartlari asosida, turli darajadagi ta‘lim dasturlarining izchilligi asosida ta‘minlanadi va quyidagi ta‘lim turlarini o‘z ichiga oladi.
         Maktabgacha ta‘lim:
         Umumiy o‘rta ta‘lim:
         O‘rta- maxsus, kasb — hunar ta‘limi:
         Oliy ta‘lim:
         Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim
         Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash:
         Maktabdan tashqari ta‘lim:
         Kadrlar tayyorlash Milliy modelining to‘rtinchi komponenti ilm — fandir. Bunda ilm fanning quyidagi fazilatlari nazarda tutiladi.
         — Tabiat va jamiyatning rivojlanishi qonuniyatlariga oid yangi fundamental va amaliy bilimlarni shakllantirish, o‘rganish, keng yoyish va kadrlar tayyorlash tizimida foydalanish uchun eng muhim yangi ilmiy natijalarni markazlashtirish.
         — yuksak malakali ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlash:
         — kadrlar tayyorlash jarayonining ilmiy — tadqiqotlar infrastrukturasini yaratishh, turli sohalar bo‘yicha ta‘lim — axborot tarmoqlarida foydalanish uchun ma‘lumotlar bazalarini shakllantirish:
         — mamlakat ilm-fanining umumjahon ilm — fani bilan integratsiyalashhuvi, hozirgi zamon ilm-fani va texnologiyalarining eng muhim muammolarini hal etish uchun xalqaro ilmiy yutuqlar va kadrlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.
         Milliy modelning yana bir muhim komponenti ishlab chiqarishdir.
         Ishlab chiqarish kadrlar tayyorlash tizimida buyurtmachi va iste’molchi funksiyalarini bajarib, kerakli yuksak darajalarda va tegishli sohalar uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonida faol ishtirok etadi.
         Ishlab chiqarishning ehtiyojlari kadrlar tayyorlashga bo‘lgan ijtimoiy buyurtmani shakllantiradi, kasb — hunarga tayyorlashning maqsadi, vazifasi va mazmunini aniqlaydi. Malakaviy talablarni ilgari suradi, yangi texnologiyalar va o‘qitish shakllarini tanlab olish shartlarini belgilaydi. Ishlab chiqarish buyurmachi sifatida kadrlarning umuman, kasb — hunarga tayyorlash tizimining sifati, darajasi va raqobatbardoshligini baholab beradi.
  Ta‘lim mazmunini isloh qilib, uni jahon ta‘lim standartlariga muvofiqlashtirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishhga alohida e‘tibor berilgan. Xususan, Kadrlar tayyorlashh milliy dasturida «o‘quv jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta‘minlash» zarurligi ham alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotida  hal qiluvchi muammolar:  xalqimizning ming-ming  yillik qadriyatlarini, pedagogik  merosini o‘rganishh  va ta‘lim-tarbiya jarayonini milliylashtirish,  jamiyat taraqqiyotida ma‘naviyatning  ustivorligini ta‘minlash va ma‘naviy tarbiya nazariyasini, amaliyotini takomillashtirish; yoshlar ongiga milliy mafkura, milliy g‘oyani  singdirish,   vatanparvarlik  tarbiyasini yangi mazmun  va metodikasini   ishlab chiqish;  jahon  andozalariga   mos ta‘lim tizimini   yaratishh, ilg‘or  pedagogik   tajribalarni  ommalashtirish,  pedagogik  kadrlarni  hozirgi davr  talabi  asosida  ta‘lim-tarbiya ishiga tayyorlashh, pedagogik  texnologiya bilan  qurollantirish   kabilar pedagogika fanining dolzarb  vazifasi bo‘lib   qoldi.
         O‘zbekistonda kadrlar tayyorlashhning Milliy dasturi ta‘lim-tarbiyani tubdan isloh   qilishh   ilg‘or pedagogik  texnologiyalarni joriy etishh;   «Ta‘lim berishning ilg‘or  pedagogik  texnologiyalarni, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualari yaratishh va o‘quv –tarbiya jarayonini didaktik jihatdan  ta‘minlash”ga   bog‘liqligi ko‘rsatiladi.   Ma‘lumki, Milliy  dastur  bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi   bosqich  (1997-2001 yy) mavjud kadrlar tayyorlashh tizimini   isloh qilishh va rivojlantirish uchun huquqiy,   ilmiy-uslubiy, moliyaviy   moddiy  shart-sharoitlar   yaratishh  “… jumladan pedagog va ilmiy-pedagogik  kadrlar  tayyorlashh hamda ularni malakasini oshirishni zamon talablariga   javob beradigan darajada tashkil etishh”.
       Ikkinchi bosqich: (2002-2005 yy) Milliy dasturini to‘la  ro‘yobga chiqarish8, mehnat  bozorini  rivojlantirish va   real   ijtimoiy-iqtisodiy  sharotlarini  hisobga olgan holda  unga aniqlik kiritish, “Ta‘lim muassasalarini  moddiy   texnika  va axborot bazasini  mustaxkamlash davom ettiriladi, o‘quv-tarbiya jarayoni yukori sifatli o‘quv adabiyotlar va ilg‘or pedagogik  texnologiya bilan ta‘minlanadi”.
      Uchichnchi bosqich: (2005 va undan keyingi yillar) to‘plangan  tajribalar taxlil etiladi. Ular   umumlashtirish asosida  mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga   muvofiq  kadrlar  tayyorlashh  tizimini   takomillashtirish   va yanada  rivojlantirish” ko‘zda tutiladi.
      Ta‘lim muassasalarini  resurs,   kadrlar va   axborot bazalari yanada mustahkamlanadi o‘quv tarbiya jarayoni yangi o‘quv-uslubiy majmualar,  ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan  to‘liq   ta‘minlanadi”.   Bunda biz  pedagogik  texnologiya Milliy dasturni  amalga  oshirishning  muhim vositasi ekanini ko‘ramiz.
    Pedagogik texnologiya asrimizning 60-yillarida   amerika  Qo‘shma Shtatlarida, 70-80 yillarda boshqa rivojlangan   mamlakatlarda keng qo‘llanila   boshlandi.
    YUNESKOning 1996  yildagi   xalqaro konferentsiyasida  Mamlakatning   ma‘naviy iqtisodiy salohiyatini oshirishda   va  ta‘lim-tarbiyani   intensivlashtirishda    pedagogik   texnologiya   muhim   ahamiyatga ega  ekanligi ilmiy   asoslanadi.
Ilmiy texnika taraqqiyot jadallashuvidan oldingi davrda ishlab chiqariladigan mahsulot yuqori puxtaligi va sifati bilan ajarilib turmas edi. Shuning uchun mahsulotlar uchun kafolatli ta’mir muddatlari o‘rnatilgan edi, kafolatli ta’mir esa ishlab chiqarish korxonalari hisobidan bajarilar edi. Mazkur sharoitlarda an’anaviy o‘qitish tizimi, ishlab chiqarish talabiga javob berar edi. Ishlab chiqarish sharoitining o‘zgarishi bilan an’anaviy pedagogik asosida tayyorlangan mutaxassislar sifati qo‘yiladigan talablarga javob bera olmay qo‘ydi.
O‘qitishning ommaviyligi o‘sib kelayotgan bir sharoitda ko‘pchilik kadrlarni tayyorlash sifatda darajasi, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini o‘sish sur’atidan, ya’ni ilmiy-texnik taraqqiyotishuvidan, ancha orqada qola boshladi.
Fan, texnika va texnologiyaning jadal rivojlanishi sharoitida o‘qitish tizimiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
  1. a) individual va mustaqil ishlash, ilmiy-texnik axborot bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
  2. b) original va nostandart qarorlar, ishchanlik — qobiliyatlarini rivojlantirish;
  3. v) o‘qitishni individuallashtirish (o‘qishga turli qobiliyatga ega bo‘lgani uchun);
  4. g) bilim harakatchanligi, tanqidiy fikrlashganda moslashuvanlik va ijod, ishlab chiqarishning zudlik bilan o‘zgaruvchan sharoitiga mos epchillikni shakllantirish.
.
Bayon etilgan, bir tomondan pedagogik texnologiyaning sodir bo‘lish zaruriyatini tasdiqlasa, ikkinchi tomondan u ilmiy texnik taraqqiyot jadallashuvining mahsuloti ekanligini namoyish etadi. Shu sababli, ilmiy texnik taraqqiyot tezlashuviga 2…3 va undan ortiq fanlar ulanishlarida paydo bo‘ladigan yangi fanlarning ta’sirini alohida ta’kidlash zarur bo‘ladi. Pedagogik texnologiya ham ikkita fan – «pedagogika» va «texnologiya»lar ulanishida paydo bo‘lga yangi fanlardan biridir. Pedagogik texnologiya ilmiy texnika taraqqiyoti jadallashuvi talabalari darajasida kadrlar tayyorlashuvi talablari darajasida kadrlar tayyorlashni ta’minlash imkoniyatini yaratdi. Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlari tegishli davr talablari asosida ham paydo bo‘ladilar.
      “Pedagogik  texnologiya  bilimlarni  o‘rganishh yaxlit  jarayonida  ta‘lim shakllarini  optimallashtirish, texnikaviy, insoniy imkoniyatlar, ularning o‘zaro xamkorligi amalga oshirish metodlar  tizimidir”, -degan xulosaga kelinadi.
        Uzoq vaqt  xukm surgan,  kommunistik  g‘oyaviylikka  asoslangan byuroktratik  pedagogika  ta‘lim-tarbiya  jarayoniga  ilmiy  yondoshish yo‘llarini berkitgan edi.    Ayniqsa  rivojlangan   mamlakatlar tajribasidan  foydalanishh  man etilgan edi.
      O‘zbekistonda  kadrlar tayyorlashh Milliy dasturi  mustaqillik  sharofati bo‘lsa, uni amalga  oshirishning asosiy ilmiy    metodik   omillaridan  biri yangi pedagogik  texnologiyadir. Pedagogik texnologiyaning   predmeti — ta‘lim-tarbiya jarayonini   optimal  loyixalash, modellashtirish tizimi, mexanizmi. Ya‘ni pedagogik qonuniyatlarga asoslangan ta‘lim-tarbiya tizimini  samarali  ,ommabop  mexanizmidir.   Pedagogik  texnologiya   ommabopligi  ilmiy asoslanganligi  bilan  individual   mahoratdan   farq   qiladi.    Yangi   pedagogik  texnologiya  fanini o‘qitish maqsadi: — bo‘lajak mutaxassisliklarni mavjud pedagogik qonuniyatlar va aniq shart-sharoitga asosan   ta‘lim-tarbiya  jarayonini  loyihalash  samarali  metod  va vositalarni  tanlanga o‘rgatishdan iborat.
    Kursning vazifasi: — bo‘lajak o‘qituvchilarga  pedagogik  texnologiya, texnika  rivojlangan  mamlakatlar   ilg‘or   pedagogik  texnologiyasi, O‘zbekistonda kadrlar  tayyorlashhning  Milliy  dasturini amalga  oshirish  tajribalari haqida  nazariy  bilim  berish:
-pedagogik jarayonni loyixalash;
-ta‘lim-tarbiya maqsadi, mazmuni va optimal metodlarini ko‘nikma va malakasini  shakllantirish;
-pedagogik diagnostika qobiliyatini  o‘stirishdan iborat.
Pedagogik texnologiyaning maqsadi – ommaviy ta’lim sharoitida ta’lim jarayonining zaruriy samaradorligini ta’minlash va talabalar tomonidan o‘qishning ko‘zlangan natijalariga erishish kafolatidan iboratdir.
Pedagogik texnologiyaning bosh vazifasi – ommaviy ta’lim sharoitida «oddiy» pedagoglarga o‘qitishning yetarli samarasiga erishishni ta’minlovchi, o‘quv jarayonini yaratishh hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning predmeti – o‘quv jarayoining o‘zi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning obyekti –o‘quv jarayonining tarkibiy qismlari hisoblanadi.
 Albatta, yangi pedagogik texnologiya ta‘lim-tarbiya jarayonining mavjud qonuniyatlariga mamlakatimiz rivojlanishining  o‘ziga xos xususiyatlargia, tarixiy taraqqiyot  tajribalariga  asoslanadi.  Pedagogik  texnologiyani  yaratishh  milliylik   va muminsoniylik  tamoyillariga,  insonparvarlik  va demokratiya   printsiplariga ijodkorlik   va tashabbuskorlikka   tayanadi.
   Pedagogik  texnologiya fani bo‘lajak  o‘qituvchilarni ilmiy-metodik tayyorlashhda alohida   o‘rin tutadi.   Peadgogika  nazariyasi   va  tarixidan   mukammal   bilim va   malakaka  ega  bo‘lgandan keyin  pedagogik  texnologiya   yoki   yangi   pedagogik texnologiya fani  o‘rganiladi.   Demak, pedagogi texnologiya,  pedagogik, pedagogik maxorat, psixologiya, matematik modellashtirish fanlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganiladi, pedagogik texnologiya fanining   dasturi   uch   yo‘nalishda:
       Pedagogik texnologiyaning  nazariy asosi, tarix va amaliy ko‘nikmalar  shakllantirishga qaratilgan.
Pedagogik texnologiyaning tub mohiyati, o‘qitishning an‘anaviy, o‘qituvchi tomonidan bayon qilishh, talabalarga tayyor bilimlarni berish usulidan voz kechib talabalarni ko‘proq mustaqil ta‘lim olishga undashdan iborat. Bunda o‘qituvchi talabalar bilish faoliyatining boshqaruvchisi, maslahatchi, yakuniy natijaga yo‘llovchi shaxs vazifasini bajaradi.Pedagogik texnologiyaning samaradorligi yana shundan iboratki, unda turli o‘qituvchilar muayyan fan (mutaxassislik bo‘yicha) bir xil (deyarli bir xil) yakuniy natijaga erishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa barcha o‘quv yurtlariga yagona Davlat ta‘lim standarti talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlashh vazifasi yuklatilgan hozirgi davrda biz, o‘zbekistonlik pedagoglar, uchun nihoyatda muhimdir.
Takrorlanuvchan pedagogik jarayonni yaratishh esa, ishlab chiqarishdagiga nisbatan anchagina murakkab jarayon bo‘lib hisoblanadi. O‘quv (o‘quv-tarbiyaviy) masalalarning turli tumanligi, ta‘lim mazmuni va o‘quv materialining turlicha ekanligi, bilimlarning o‘zlashtirilishini talabalarning individual xususiyatlariga bogliqligi va boshqa omillar bunga to‘sqinlik qiladi. O‘quv jarayonini takomillashtirish maqsadida yaratilgan barcha uslub, shakl va modellar faqat o‘z egasi qo‘lidagina yuqori samara beradi. Shunday bo‘lsa ham o‘quv jarayoniga yagona, samarali yondashishni yaratishh bo‘yicha izlanishlar olib borilganligi natijasida AQSHning buyuk pedagoglari B.Blum, D.Kratvol, N.Gronlund, J.Kerrol, J.Blok, L.Andersen va boshqalarning izlanishlari natijasida takrorlanuvchan hamda yakuniy natijani kafolatlaydigan pedagogik texnologiya yaratildi.
Uning mohiyati o‘quv maqsadining aniqligi va unga erishish uchun talabaning qat‘iy belgilangan ketma-ketlik bo‘yicha har bir o‘quv bo‘lagini (modulini) o‘zlashtirib, mustaqil faoliyat ko‘rsatishidan iborat bo‘ladi. Ilmiy tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, faqat uzluksiz  ma‘ruza o‘qilganda, talabalar materialni atiga 5 foizini o‘zlashtirsalar, bir-birini o‘qitish va mustaqil o‘rganishhda esa bu ko‘rsatkich 90 foizni tashkil qilar ekan (Xalq ta‘limi. 1999. №4 — 9 bet.).
SHunday qilib, pedagogik texnologiyaning predmeti o‘quv jarayoni va professional tayyorgarlik tizimini loyihalashdan iborat. Tizimli yondashish o‘qitish tizimining barcha asosiy tomonlarini — maqsadni aniqlash va o‘quv jarayonini loyihalashdan tortib, to yangi o‘qitish tizimining samaradorligini tekshirish, uni sinovdan o‘tkazish va ommalashtirishgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi. U o‘z harakat tartiblarini takrorlanuvchanligi va ularni to‘la o‘quv jarayoniga tadbiq etishh ғoyasi, oqibat natijada bu jarayonni «jonli o‘qituvchiga» bog‘iq bo‘lmay qolishiga olib keladi.  Haqiqatan ham, agar o‘quv jarayoni to‘la takrorlanuvchan, alohida ko‘rinishh (epizod)larga bo‘linsa, o‘qituvchining vazifasi oldindan tuzilgan (o‘zi tuzgan bo‘lishi shart emas) material bilan o‘qishni tashkil etishhda tashkilotchi va maslahatchi rolini ijro etishhdan iborat bo‘lib qoladi.
TALABALARNING O‘Z-O‘ZINI TEKSHIRISH UCHUN SAVOL  VA TOPSHIRIQLAR.
  1. Кадрлар тайёрлаш Миллий Модели ва унинг таркибий қисмлари ҳақида тушунча беринг
2.Kadrlar tayyorlashhni amalga oshirishning qaysi  bosqichida pedagogik  texnologiya  to‘la joriy etiladi?
3.Pedagogik texnologiyaning  predmeti nimada?
4.Pedagogik texnologiyaning vazifalari nimada?
5.YUNESKO ilg‘or   pedagogik texnologiya haqida qachon, qanday xulosaga kelgan?
 
 
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
 
  1. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T: “SHarq” nashriyot matbaa kontserni, 1997.
  2. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li.- T: O‘zbekiston, 1992.-78 b.
  3. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishhga xizmat etsin.-T: O‘zbekiston, 1998.-30 b.
  4. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda: O‘zR Prezidenti I.A.Karimovning Birinchi chaqiriq O‘zR Oliy Majlisining O‘n tO‘rtinchi sessiyasidagi ma‘ruzasi. 1999 yil 14 aprel.-T.: O‘zbekiston, 1999.-48 b.
  5. N. Azizxo‘jaeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T. Nizomiy nomidagi TDPU. 2006 y.
  6. .
  7. Madyarova S. A. va boshq. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.: IQTISOD-MOLIYA, 2009, 240 b.
QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR RO‘YXATI
  1. Sayidahmedov N.Yangi pedagogik texnologiyalar. T. “Moliya ” nashriyoti, 2003 y. – 171 b.
  2. Ochilov. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi. “Nasaf”2000 y.-80 b.
  1. Talipova J.O., G’ofurov A.T. Biologiya ta’limi texnologiyalari: O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari biologiya o’qituvchilar uchun metodik qo’llanma. – T.: O’qituvchi, 2002.
  2. Tolipov, M.Usmanbayeva. pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. T. “Fan”. 2005.
  3. O‘. Tolipov. Oliy pedagogik ta‘lim tizimida umummehnat va kasbiy kO‘nikma hamda malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari. T. “Fan”.-167 b. 2004y.
  4. O‘. Tolipov, M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. T. “Fan”. 2005 y.-205 b.
  5. G‘afforova, A.Qurbonov, E.Godfri. Ta‘limning ilg‘or texnologiyalari. Qarshi “Nasaf”. 2003y.-112 b.
  6. B.L. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. T.,2001
  7. Choriev A. Yangi pedagogik texnologiyalar.  Ma‘ruzalar matni, Qarshi 2000.
  8. Fаrbеrmаn B. Ilg‘or еdаgogik tехnologiyalаr – T.: 1999.

Оставьте комментарий