Litsenziyaga ega nodavlat va xususiy oliygohlar ro‘yxati

DO`STLARGA ULASHING:

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ishonchli ma’lumot taqdim etish maqsadida, litsenziya olgan nodavlat va xususiy oliygohlar ro‘yxatini e’lon qildi.

So‘nggi yillarda nodavlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari soni ko‘paydi. Har oy yangi bir universitet yoki institut ochilgani haqidagi e’lonlarga ko‘zimiz tushadi.

Ana shunday paytda ota-onalar va abituriyentlarda faqat asosiy bitta savol paydo bo‘ladi: «Diplomi O‘zbekistonda o‘tadimi?»

Ushbu video va maqolada Oliygoh.uz jamoasi sodda tarzda batafsil javob beradi:

Vakolatli davlat organi hisoblangan Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy saytida lisenziya olgan xususiy OTMlar ro‘yxati bor. Bu saytdan qaysi OTMning diplomi bizda o‘tish yoki o‘tmasligini mustaqil aniqlashingiz mumkin.

Nodavlat va xususiy oliygohlar

  • Toshkentdagi Singapur menedjmentni rivojlantirish
  • Team university
  • British Management University
  • Toshkent shahridagi Amiti universiteti
  • Toshkent shahrida Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi
  • Akfa universiteti
  • Ma’mun nomidagi Jahon tillari instituti;
  • Toshkent shahridagi Inha universiteti
  • Al-Bukhari University
  • Cambridge International University
  • Stars International University
  • TMC institute
  • European Medical University
  • Qo‘qon universiteti
  • Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
  • Latviyaning axborot tizimlari menejmenti oliy maktabining
  • Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti
  • Sharda University
  • International School of Finance Technology and Science
  • Collegium Humanum varshava menejment universiteti
  • Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti
  • Urganch ranch texnologiya universiteti
  • Sambhram University
  • Toshkent shahridagi Yeodju texnika instituti
  • Turkiyaning iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining toshkent shahridagi filiali
  • Tashkent International University of Education
  • Urganch shahridagi xalqaro binary universiteti
  • Japan Digital University
  • Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti
  • University of Tashkent for Applied Sciences
  • Toshkent shahridagi Puchon universiteti
  • Diplomat University
  • Profi University
  • Yangi Asr universiteti

Ta’kidlanishicha, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hujjatlarni qabul qilish muddati va talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibini mustaqil belgilaydi.

Shu bilan birga, mamlakatda faoliyat yuritayotgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari asosida o‘tkaziladi.

O‘tish ballidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi.

Оставьте комментарий