Mamlakatimizda «tonirovka» narxi arzonlashtirildimi?

DO`STLARGA ULASHING:

Mamlakatimizda «tonirovka» narxi arzonlashtirildimi?
15-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda, O‘zbekistonda avtomobillar oynalariga “Tonirovka” qilish uchun ruxsatnoma narxi arzonlashishi haqida xabarlar tarqaldi.
Tarqalgan xabarlarda, avtomabil barcha old va orqa yon oynalarni tusini o’zgartirish jismoniy va yuridik shaxslarga — 1 mln 225 ming so‘m, mamlakatimizdagi xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga — 4 mln 460 ming so‘m miqdorida belgilangani aytilgan.
O‘zbekiston IIV YHXBB mazkur xabarlar yolg’on ekanligini aytdi va bunga aniqlik kiritdi. Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 547-son Qarorning 2-bandiga ko’ra, M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga ruxsatnoma berish uchun to‘lov stavkalarini quyidagicha ekanligini keltirdi:
• Orqa yon oynalarga:
— jismoniy shaxslar uchun 1 mln 225 ming so’m;
— yuridik shaxslar uchun 2 mln 245 ming so’m;
— O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun 4 mln 900 ming so’m miqdorida.
• Orqa va old yon oynalarga:
— jismoniy shaxslar uchun 12 mln 250 ming so’m;
— yuridik shaxslar uchun 12 mln 250 ming so’m;
— O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun 19 mln 600 ming so’m ni tashkil etadi.
@NarxiQancha | Manba (https://yhxbb.uz/uz/news/tusi-zgartirilgan-orajtirilgan-ojnali-avtotransport-vositalaridan-fojdalanish-tartibi-zgardimi)

Оставьте комментарий