MUMIYO haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Mumiyo
#Мумиё
?Taʼsir etuvchi modda 😕
 Tozalangan mumiyo
?Dori shakli: kapsulalar
?Tarkibi:?
— Tozalangan mumiyo – 150 mg
— Kungaboqar moyi (rafinirlangan) – 400 mg
?Taʼrifi: ?
 Oval yoki dumaloq shaklli, egiluvchan yumshoq jelatinli kapsulalar, kapsula ichidagi jigarrang rangli oʻziga hos hidli moyli suspenziya.
?TA’SIR QILISHIGA KO’RA ?
 Toʻqimalar trofikasini va regeneratsiyasi ragʻbatlantiruvchi vosita. Singan suyak bitishini tezlashtiruvchi vosita.
?PREPARAT XUSUSIYATI ?
Mumiyo tabiiy biostimulyator sifatida sharq tabobatida uch mingdan koʻproq yildan beri maʼlum. Mumiyo kelib chiqishi tabiiy boʻlgan mahsulot hisoblanadi va bioorganik mineral birikmalardan mikro- va makroelementlardan, aminokislotalardan V va R guruhi vitaminlardan, steroidlardan, polifenol birikmalardan tashkil topgan. Mumiyo faol biostimulyator sifatida regenerator xususiyatlarga ega, ayniqsa suyak toʻqimasiga nisbatan, sinishlarda suyak toʻqimasini bitishini, eski jarohatlarda va osteomiyelitda suyak toʻqimasini oʻsishini tezlashtiradi. U shuningdek yalligʻlanishga qarshi, antiseptik, immunitetni ragʻbatlantiruvchi, umumiy mustahkamlovchi va tonusni oshiruvchi taʼsirlarga ega.
?QO’LLANILISHI ?
— Mumiyo ayniqsa, sekin bitishi bilan kechadigan suyak sinishlarda
— Osteomiyelitlarda
— Surunkali bronxitlarda (shu jumladan obstruktiv)
— Meʼda va oʻn ikki barmoqli ichakni yara kasalligida regeneratsiyani tezlashtirish uchun qoʻllanadi.
— Mumiyo kapsulalarini shuningdek organizmni bakterial infeksiyalardan va tashqi muhitni boshqa omillaridan ximoyalash maqsadida
— Umumiy mustahkamlovchi va tonusni oshiruvchi vosita sifatida ham qoʻllanadi.
— Immunitetni oshiruvchi ta’sirga ega
— Yallig’lanishga qarshi kuchli ta’sirga ega
?Qoʻllash usuli va dozalari ?
Mumiyoni ichga 1 kapsuladan kuniga 3 marta ertalab-och qoringa, tushlikda-ovqatdan 1 soat oldin, kechqurun-ovqatdan keyin 1-2 soatdan soʻng, uyqudan oldin buyuriladi. Kapsulalarni sut, asal yoki suv bilan qoʻllanilgani maʼqul. Davolash kursi 2 haftani tashkil qiladi. Zarur boʻlganda 10 kundan keyin davolash kursini davolovchi shifokorni kuzatuvi ostida qaytarish mumkin.
 Kasallikni holati va ogʻirligiga koʻra 1-5 kurslar (sinishlarda va osteomiyelitlarda kamida 2 kurs) buyuriladi.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
 Qon bosimi ( davleniyani ) oshiradi
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Preparatni shaxsiy oʻzlashtiraolmaslik holatlarida
— Yaqqol nafas yoki yurak yetishmovchilikda
— Mumiyo kapsulalarini juda yuqori arterial qon bosimida , ya’ni davleniyasi balandlarga qo’llab bo’lmaydi.
— Turli yaqqol qon ketish davrida, gemofiliyada mumkinmas.
— Homiladorlik davrida va emizikli ayollarda mumkinmas
— 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga tavsiya qilinmaydi.
?ADMIN MASLAHATI ?
?Gipertoniyada ,ya’ni qon bosimi baland bo’lganda , ehtiyot bo’lib qo’llash kerak. Qon bosimi juda baland yuradiganlarga va qon bosimi ko’tarilish tezligi yuqori bo’lganlarga tavsiya qilinmaydi.
?Gemofiliyada ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak. Gemofiliya bu qon ketsa to’xtovsiz ketish xolati hisoblanadi.
 ?Davolash vaqtida alkogolli ichimliklarni isteʼmol qilish tavsiya qilinmaydi.
?Preparatni qabul qilish vaqtida emizishni toʻxtatish lozim.
?Me’da ichakdan , qizilo’ngachdan va gemmoroydan qon ketganda mumiyoni qabul qilish mumkinmas.
?MUMIYO HAQIDA QO’SHIMCHA MA’LUMOT LAR VA FOYDALI JIXATLARI ?
Qadimdan ma’lum bo‘lgan, xalq tabobatida keng qo‘llanilib kelayotgan mumiyo ko‘plab kasalliklarga birdek davo bo‘lib kelmoqda. Bugungi kunda mumiyo yordamida ko‘p xasta odamlar shifo topgani ham yolg‘on emas. Siz mumiyo haqida eshitgandirsiz, ammo to‘liq davolash xususiyatlari haqida ma’lumotga ega emasmisiz? Ushbu maqola aynan siz bilmoqchi bo‘lgan mumiyoning shifobaxsh xususiyatlari va davosi haqida.
Mumiyo qora qo‘ng‘ir rangli yopishqoq, tana haroratida yumshaydigan o‘ziga xos hidli, achchiq ta’mli, suvda ozgina cho‘kma hosil qilib eriydigan modda. Mumiyo qadim zamonlardan ma’lum bo‘lib, turli kasalliklarni davolashda ishlatib kelingan. Mumiyo 20-30 ga yaqin mikro va makroelementlar, oqsil va 18 aminokislota vitaminlar, efir moylari, gormonlardan tashkil topgan murakkab tabiiy balzam.
Mumiyoning xususiyatlari
Mumiyo tarkibiga kiruvchi organik va anorganik moddalar yig‘indisi organizmda modda almashinuviga mo‘tadil biologik tas’ir qilib, odamga quvvat bag‘ishlaydi. Organizmda kechayotgan tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi. Shuningdek, mumiyoni qaynatilgan iliq suvda eritib ichish maqsadga muvofiq. Mumiyoni qo‘llashdan avval, birinchidan sotib olingan mumiyo qalbaki emasligiga ishonch hosil qiling, ikkinchidan uni noto‘g‘ri miqdorlash natijasida turli asoratlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmasligiga ishonch hosil qiling. Shuning uchun mumiyoni ishlatishdan oldin mutaxassis maslahati bilan ishlatish va quyidagi tavsiyalarga rioya qilish kerak.
Tibbiyot amaliyotida mumiyoni quyidagi kasalliklarga tavsiya etiladi.
1 )Suyak-bo‘yin xastaliklarida. Suyak kichik singanda, bo‘g‘im chiqqanda, mushaklar lat yeganda va uzilganda 0,1-0,5 g.dan 2 mahaldan ovqatdan oldin (nahorda va uyqudan oldin) 25-30 kun ichish tavsiya etiladi. 10 kun ichib, 5 kun dam beriladi.
2 )Katta suyaklar (son va boldir) singanda, suyak chiqqanda, to‘qimalar lat yeganda mumiyoni 2–5 foizli suvdagi yoki 40 foiz spirtdagi eritmasini surish yoki bog‘lash mumkin. Umuman suyaklar singanda mumiyo bilan birga tuxum po‘chog‘ini quritib, tolqon qilib, 0,5 g.dan 3 mahal ichiladi.
3) Parodantoz kasalligida mumiyo 0,2 g.dan 1-2 mahal (nahorga yoki uyqudan oldin) 25-28 kun davomida ichiladi, hamda 5-10 foiz eritmasidan har kuni kechqurun dokani ho‘llab, milkka qo‘yiladi (10-15 kun).
4) Mumiyoni 1-5 foizli distillangan suvdagi yoki qaynatilgan suvdagi eritmasi bilan kuygan yer yoki yaralar yuviladi yoki 1-5 foizli mumiyo malhami bilan yarani yiringdan tozalab surtiladi.
5 )Periferik nerv tolalari yallig‘lanishi, pleksit, radikulit, nevralgiya, neyrodermit kasalliklarida mumiyoning 5-10 foiz spirtdagi eritmasi 20 kun davomida surtiladi, hamda 0,2 g.dan ichiladi.
6) Ichki va o‘rta quloq yiringi tufayli eshitish pasayganda mumiyoni 1:10 nisbatda shaftoli, o‘rik, zaytun moyiga aralashtirib, ertalab va kechqurun 2 tomchidan tomiziladi. Ayni vaqtda 0,2-0,3 gramm sut yoki asalga qo‘shib kuniga ichish quloqdan yiring oqishini va yallig‘lanishini to‘xtatishini tezlashtiradi.
7) Bola duduqlanganda mumiyoni 1:10 yoki 1:20 nisbatida asal bilan aralashtirib, 4-6 oy mobaynida bir choyqoshiqdan 2 mahal ichish tavsiya etiladi (ertalab va kechqurun).
8) Bronxial astmada bemor vazniga qarab 0,2-0,5 g. dan kuniga 2 mahal (nahorda va uyqudan oldin) suv yoki sut bilan 25-30 kun ichish tavsiya etiladi.
9) Yuqori nafas yo‘llari kasalliklari, ayniqsa, allergik tabiatdagi yallig‘lanishlarda mumiyo 0,2-0,3 g.dan sut yoki mol yog‘iga qo‘shib, kuniga 2 mahal (nahorda va uyqudan oldin), 25-28 kun ichiladi.
10) Nurdan zararlanganda mumiyo 0,1-0,2 g.dan 2 mahal 25-30 kun ichiladi.
11 )Kamqonlik (anemiya)da mumiyoni 0,2 g.dan 10 kun davomida ertalab va kechqurun suvda eritib ichiladi, so‘ngra 5 kun dam berib, yana davolash kursi takrorlanadi.
12) Mumiyo buyrak kasalligida (nefrit, pielonefrit, sistitda), buyrakda tosh-qum yig‘ilganda 0,5 g.dan 200-300 gr. qaynagan suvda eritib, 25-30 kun ertalab va kechqurun ichiladi.
13) Teridagi ajin-burishlarni yo‘qotish, kamaytirish uchun mumiyoni 10 foiz malhamini uzoq vaqtgacha surtib yurish kerak.
@Farmakologiya_TTA
,,ТАБЛЕТКА » kanali

Оставьте комментарий