MADHIYA haqida

DO`STLARGA ULASHING:

MADHIYA

MADHIYA (arab. — maqtov, taʼrif) — biror shaxs, voqea yoki narsaning maqtoviga bagʻishlangan badiiy asar. Baʼzan asarning bir qismi ham Madhiyadan iborat boʻlishi mumkin. Arab, fors va oʻzbek mumtoz adabiyoti anʼanalariga koʻra, har bir yirik epik asarning bosh qismida maxsus (asosan, sheʼriy) maqtovlar berilgan. Odatda, bu maktovlar falsafiy oqimlarning asoschilari, asar yozilgan paytdagi xukmdor va b. ga bagʻishlangan. Shuningdek, shoirlar oʻzlaridan avval oʻtgan buyuk shaxslarga maqtovlar bagʻishlashi ham odat boʻlgan (mas, Navoiy «Xamsa»sidagi dostonlar muqaddimasida Nizomiy, Xisrav Dexlaviy, Jomiy madhi). Madhiya xarakteridagi asar turli janrlarda (masnaviy, gʻazal, muxammas va b.) yozilishi mumkin.

Muayyan davlatga bagʻishlangan sheʼriy-musiqiy asar ham Madhiya hisoblanadi (baynalmilal tilda gimn). Q. Davlat madhiyasi.

Оставьте комментарий