«Ona ulug’ zot» nomli tadbir ishlanma

DO`STLARGA ULASHING:

«Ona ulug‘ zot» nomli tadbir ishlanma

1-boshlovchi:

ona ulug‘-ona aziz ,
Ona mexr bulog‘i
Farzand unga bolday laziz
Farzand uning chirog‘i
2-boshlovchi:
Onaning farzandga mexri beqiyos
Farzand fanday ona xaqqini
Ona rozi bo‘lar bergan sutiga
Xayotim deb bilsa vatan xalqini
Mana bugun 8-mart bu kun ko‘rinib turibdi-ki bugungi bayramimiz oliamizningsh ko‘rki, davlati bo‘lgan , ona xaqida.
1-o‘quvchi:
Sevaman o‘lkamning
ko‘rkam bog‘larin
Ko‘rkam qo‘yniga
chorlagan yoqda
O‘zbeklar yeri, deb
atalgan o‘lkam.
2-o‘quvchi:
Onajonlar yuzingiz
Tabassumdan porlasin
Baxtimizga onalar
Xech xastalik ko‘rmasin.
3-o‘quvchi:
Mexribon onalarga
Jonkuyar otalarga
Qadrdon ustozlarga
Assalomu alaykum
4-o‘quvchi:
Ayamagan vaqtini
Bizga bergan pandini
Xam asal, xam qandini
Mexribonlar assalom
5-o‘quvchi:
Ona! Bu so‘zda olam-olam ma’no bor . ona tarbiyachi, ona tadbirkor, uy bekasi, uning butun farzilatlarini sanab bo‘larmikan?
Ona naqadar buyuk u mo‘jizalar yaratadi. Uni mexri bilan sug‘orilgan farzandlar qaxramonlik qiladi. Yangiliklar kashf etadi.
6-o‘quvchi:
Bugun baxor nafasi
Chor atrofni kezadi
Bolajonlar bog‘larda
Boychechaklar uzadi.
7-o‘quvchi:
Ilk baxor quvonchi
Sizlardirsiz onajon
Onalarga muxabbat
Dilimizda bir jaxon
“Onam derman qo‘shig‘i” (kuylanadi.)
8-o‘quvchi:
Mexri quyoshday issiq
Qalbi baxor onalar
Bayramingiz muborak
Xar ishda parvonalar
9-o‘quvchi:
So‘zlari bol durdona
Mexnatda yeng mardona
Olam ichra yagona
Siz siz ey aziz ona
10-o‘quvchi:
Farzandlar e’zozlagan
Muxtaram onalarsiz
Mexru shavqat bobida
Murabbiy donolarsiz
“Onanni asrang do‘stlar” (qo‘shiq)
1-boshlovchi
Dunyoda ona muxabbatidan xam muqaddas va beg‘ubor tuyg‘u yo‘q. Ona shunday ulug‘ zot-ki u yuragidan yangi yurak ko‘chiradi.
2-boshlovchi
Xattoki mutafakkir shoir xalq ko‘ngliga yo‘l topa olgan sevimli bobomiz A. Navoiy onasi
Xalimabonu xaqida nodir baytlar bitganlar
11-o‘quvchi:
Alisherning onalari Xalimabonu bola tarbiyasiga katta e’tibor berganlar.
. 12-o‘quvchi:
Bilaman qanday ayol bo‘lgan Alisherning onasi
Balki uning aqliga xam lol qolgan zamonasi
Balki buyuk farzandiga terib kelgan chechaklar
Balki tunda unga bedor aytib bergan yertaklar.
Mayliga u kim bo‘lmasin
Yolg‘iz bir so‘z ma’nosi
Alishering onasi u
Navoiyning onasi
“raqs ijro etiladi”
1-boshlovchi
Ona xaqida xar qancha gapirsak, xar qancha yozsak ado bo‘lmaydi. Chunki ona jaxondagi buyuklarning buyugi.onadan xayot boshlanadi.ona farzandi uchun jon olib , jon beradi.
O‘qituvchi: Sendan yuksak nima bor yulduz ?
O‘quvchi: onalar mexri
O‘qituvchi: sendan keskir nima bor olmos ?
O‘quvchi: onalar qaxri
O‘qituvchi: qaydan olding otashni quyosh ?
O‘quvchi: onalar qalbidan
O‘qituvchi: po‘lat qaydan senga zo‘r bardosh ?
O‘quvchi: ona sabridan
O‘qituvchi: senmi ko‘klam xayotbaxsh fasl ?
O‘quvchi: yo‘q ona izi
O‘qituvchi: senmi totli shifobaxsh asal?
O‘quvchi: yo‘q ona so‘zi
O‘qituvchi: dengiz naqadar tenglikda tanxo?
O‘quvchi: ona og‘ushi
2-boshlovchi
Ana, Onalik baxtiga musharraf bo‘lgan ayolga, onalarimizga berilgan baxo! Siz xozir eshitgan satrlar go‘yo xar birimizning yurak sadomizga o‘xshaydi.
13-o‘quvchi:
Baland-baland tog‘lardan xam
Esgan mayin yellardan xam
Oppoq oydin tog‘lardan xam
Onam yaxshi, onam yaxshi
14-o‘quvchi:
Onam menga shirin so‘z, xushmuomala bo‘lishni o‘rgatganlar. Men onamni juda yaxshi ko‘raman.
15-o‘quvchi:
Onam menga erta turishga , uy yumushlariga qarashishga , mexnatsevarlikka o‘rgatgan.
16-o‘quvchi:
Ona bilan bola-gul bilan lola deb bejizga aytishmagan.
1-boshlovchi
Siz borsiz saodat bog‘i bexazon
Siz borsiz g‘amsizman yorqin xayotim
Siz borsiz shoshqindir
Ilxom bulog‘im
2-boshlovchi
Siz borsiz porloqdir iqbol chirog‘im
Sobitsiz , sodiqsiz mangu yasharsiz
Siz bilan to‘lg‘indir ravzoyi bayot
Siz bilan gulgundir bu buyuk xayot
Ashula va raqslar ijro etiladi.
Tadbir yakunlanadi.

Оставьте комментарий