O’zbek tili 9 sinf imtihon javoblari 2020-2021

DO`STLARGA ULASHING:

davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining pedagogika bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Taqrizchi:
N.Yuldasheva -Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 160-IDUM oʻzbek tili fani oʻqituvchisi.
OʻZBEK TILI
9-SINF
Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning 9-sinf oʻquvchilari oʻzbek tilida oʻz fikrini ogʻzaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olishi, oʻzaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilgan holda oʻz pozitsiyasini himoya qilishi, jamoaviy hamkorlikda ishlay olishi, mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi; ish qogʻozlari bilan ishlay olishi; badiiy va san‘at asarlarini tushunib, ulardan ta‘sirlana olishi; milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda boʻlishi; oʻrganilgan grammatik bilimlarga tayangan holda oʻzbek tilidagi mustaqil va yordamchi soʻz turkumlari, grammatik vositalarning soʻzlarga qoʻshilishi bilan bogʻliq imlo qoidalarini bilish va amal qilishi; soʻzlarni oʻzaro bogʻlash vositalari, soʻz birikmasi, gap va gap boʻlaklari haqida ma’lumotga ega boʻlishi; oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi namunalaridan: tez aytish, topishmoq, maqol, masal, rivoyatlarni, oʻrganilgan mavzu boʻyicha oʻzbek adabiyoti namunalaridan berilgan parchalarni oʻqib, soʻzlab berishi, she‘rlarni ifodali oʻqishi va yoddan aytishi; oʻzbek xalqining tarixiy, madaniy hayotiga oid lavhalarni, oʻzbek allomalari, olimlari, madaniyat ravnaqiga hissa qoʻshgan insonlar haqida ma’lumotga ega boʻlishi; oʻzbek tilidagi muomala odobi, murojaat shakllarini, shuningdek, oʻzbek tilida xabarlar, xatlar yozish qoidalarini amalda qoʻllay olishi kerak boʻladi. Shunga koʻra, oʻzbek tili fanidan imtihon materiallari davlat ta’lim standarti va oʻquv dasturida belgilangan materiallar asosida tayyorlandi. Imtihon biletlari 3 ta savoldan iborat boʻlib, 1-savol 9-sinf darsligida berilgan nutqiy mavzular boʻyicha tuzilgan. Oʻquvchi matnni oʻqib mazmunini soʻzlab berishi hamda matn yuzasidan berilgan savollarga javob berishi, savol tuzishi lozim. Oʻqituvchi darslikda adabiy oʻqish uchun tavsiya etilgan matnlar, she’rlar, mustaqil tanlangan matnlardan parchalarni oldindan tayyorlab qoʻyadi. Oʻquvchi matnni oʻzi bilgan qoʻshimcha ma’ֹlumotlar bilan
toʻldirishi ham mumkin. 2-savol grammatik topshiriq boʻlib, bunda oʻquvchi oʻrganilgan leksik va grammatik materiallar asosida berilgan topshiriqni bajaradi. Ya’ni nuqtalar oʻrnini kerakli qoʻshimchalar, soʻzlar bilan toʻldirishi; soʻzlarni boʻgʻinlarga ajratishi, berilgan matndagi tushirib qoldirilgan tinish belgilarini oʻrinli qoʻllashi, soʻzlarni oʻz oʻrnida qoʻllab gaplar hosil qilishi talab etiladi. 3-savol erkin mavzuda suhbat tarzida boʻlib, savollar oʻquvchilarning kundalik hayotida zarur boʻlgan soʻzlashuv mavzulari boʻyicha tuzilgan. Oʻquvchi berilgan savollar asosida oʻz fikrini bogʻlanishli bayon etadi yoki she’rni yoddan ifodali aytib, mazmunini qisqacha izohlaydi. Jumladan, Ustozingizga ta’rif bering, qanday kitoblarni oʻqishni yaxshi koʻrasiz?, Oʻzbekistonning mashhur sportchilaridan kimlarni bilasiz?, tejamkorlik deganda nimani tushunasiz? kabi mavzular orqali oʻquvchi ustoziga, kitob oʻqishga, sportga va h.k. boʻlgan munosabati va kelgusi rejalari haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashishi mumkin. Oʻquvchilarga topshiriqlar boʻyicha tayyorlanish uchun 15-20 daqiqa vaqt beriladi.
Oʻquvchilarning imtihondagi javoblari quyidagi me’yorlar asosida baholanadi.
t/r
Baholash mezoni
Ball
1
Oʻquvchi tanlangan matnni oʻqisa, (she‘rni ifodali yoddan aytib bersa), matn mazmunini (asosiy mazmunini qamrab olgan holda) qayta hikoya qilsa, savollarga toʻliq javob bersa, qoʻshimcha ma’lumotlar bilan boyitsa, matnni, she’rni ifodali oʻqisa va matndagi soʻzlarning lugʻatini bilsa;
5
2
Berilgan grammatik topshiriqni tushunib toʻgʻri bajarsa va izohlab bersa, imlo qoidalariga rioya qilgan holda soʻz va soʻz shakllarini xatosiz yoza olgan boʻlsa;
3
Suhbat uchun tavsiya etilgan mavzu asosida ijodiy yondashib oʻzbek tilida oʻzaro erkin muloqot qila olsa, fikrini oʻzbek tilida izchil bayon eta olsa, mavzu boʻyicha qoʻshimcha savollarga toʻliq javob bersa.
4
Oʻquvchi tanlangan matnni oʻqisa, (she‘rni ifodali yoddan aytib bersa), matn mazmunini qayta hikoya qilsa, savollarga toʻliq javob bersa, matnni, she’rni oʻqishda soʻzlarning talaffuzida xatoga yoʻl qoʻysa;
4
5
Berilgan grammatik materialni tushunib toʻgʻri bajarsa, soʻz va soʻz shakllarini qoʻllashda xatoga yoʻl qoʻysa;
6
Suhbat uchun tavsiya etilgan mavzu asosida oʻzbek tilida oʻzaro muloqot qila olsa, fikrini izchil bayon eta olsa, mavzu boʻyicha qoʻshimcha savollarga javob bersa.
7
Oʻquvchi tanlangan matnni oʻqisa, (she’rni yoddan aytib bersa), matn mazmunini tushuntirishda qiynalsa, savollarga qisman javob bersa, she’rni yoddan aytib berish bilan cheklansa;
3
8
Berilgan grammatik materialni bajarishda qiynalsa, soʻz va soʻz shakllarini qoʻllashda xatoga yoʻl qoʻysa;
9
Suhbat uchun tavsiya etilgan mavzu asosida oʻzbek tilida muloqotga kirisha olmasa, fikrini qisman bayon etsa, mavzu boʻyicha qoʻshimcha savollarga javob berishda qiynalsa.
10
Oʻquvchi tanlangan matnni oʻqisa, biroq mazmunini tushuntira olmasa, she’rni yoddan aytib berishda qiynalsa, savollarga qisman javob bersa;
2
11
Berilgan grammatik materialni bajarishda xatoga yoʻl qoʻysa, soʻz va soʻz shakllarini toʻgʻri qoʻllay olmasa;
12
Suhbat uchun tavsiya etilgan mavzu asosida oʻzbek tilida muloqotga kirisha olmasa, oʻz fikrini qisman bayon etsa, mavzu boʻyicha qoʻshimcha savollarga javob bera olmasa.
13
oʻquvchi tanlangan matnni oʻqishda xatoga yoʻl qoʻysa, she’rni yoddan aytib bera olmasa, savollarga qisman javob bersa;
1
14
Berilgan grammatik materialni bajara olmasa;
15
Suhbat uchun tavsiya etilgan mavzu boʻyicha javob bermasa, qoʻshimcha savollarga qisman javob bersa.
16
Oʻquvchi biletdagi savollarga umuman javob bermasa.
0
Oʻzbek tili
9-sinf
1-BILET
1. “Bu yurt barchamizninki”matnini oʻqing va mazmunini ochib beradigan 5 ta savollar tuzing.
2. Millat, doʻstlik, teng, mustahkamlanmoq, barchamiz soʻzlari ishtirokida
gaplar tuzing.
3. “O‘zbekiston askari” she’rini yoddan aytib bering
2-BILET
1. “Yaxshilik yerda qolmas” matnini oʻqing va mazmunini ochib beradigan savollar tuzing.
2. Berilgan soʻzlarning qarama-qarshi ma’nodagisini yozing.
Chidamli_________________, rostgoʻy_________________,
tozalik__________________, doʻstlik__________________,
saxiylik_________________, botirlik ___________________.
3. Achchiq savol berib, shirin javob kutma maqolining mazmunini tushuntirib bering.
3-BILET
1. “Ilm va uning xosiyatlari” matnini oʻqing va o‘z munosabatingizni bildiring.
2. Qanday ish qogʻozlarini bilasiz? Sababsiz oʻqishga kelmasa qanday rasmiy
xat yoziladi.
3. Bilim haqida maqollar ayting.
4-BILET
1. “Inson yaxshilik uchun yaratilgan” matnini oʻqing va mazmunini ochib beradigan savollar tuzing.
2. Berilgan gapda harakatning bajaruvchisini toping.
Gulnoza a’lo baholarga o‘qiydi.
Navoiy yozgan asarlar butun dunyoga mashhur.
3. Yaxshilik qila olmasang, yomonlik ham qilma. Maqolini qanday tushunasiz?
5-BILET
1. “Burch” matnini oʻqing, mazmunini soʻzlab bering va mazmunini ochib beradigan savollar tuzing.
2. Berilgan gaplarni ona tilingizga tarjima qiling va hollarni toping.
Bizning oilamiz Toshkentda yashaydi.
Oilada osoyishtalik, hayotda farovonlik, dunyoda tinchlik bo‘lsin.
3. N. Hasanovaning “O ‘zbekiston askari” she’rini yoddan ayting.
6-BILET
1. “Suv hayot demakdir” matnini oʻqing va mazmunini so‘zlang.
2. Berilgan soʻzlarni boʻgʻinga ajratib koʻrsating: Respublika, tinchlik,
bunyodkorlik, muqaddas, ta’lim, jur’at, muvаffaqiyat, iste’mol, tejamkorlik,
singil, konstitutsiya.
3. Sevimli asar qahramoningiz haqida so‘zlang.
7-BILET
1. “Suv hayot demakdir”matnning mazmunini ochib beruvchi savollar tuzing.
2. Gaplardagi ot-kesimlarni aniqlang.
Burchimiz- a’lo o ‘qish.
Yugurish sportning bir turidir.
Suv – hayot manbai.
O‘zbekiston poytaxti Toshkent.
3. “Tabiat sen onamiz” she’rini yoddan ayting.
8-BILET
1. “Vatanni his etish” she’rini ifodali o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
2. Ish qogʻozlaridan ―Tabriknoma matnini yozing.
3. Sh. Rasulovani “Mening tengdoshlarim” she’rini yoddan ayting.
9-BILET
1. “O‘zbekiston milliy sporti dunyoni zabt etmoqda” matnini oʻqing, matndagi milliy sport o‘yinlaridan biri haqida so‘zlab bering.
2. Berilgan gapni tarjima qiling. Men tarixiy asarlarni oʻqishni yoqtiraman.
3. Mardlik deganda nimani tushunasiz? Qanday insonni mard deb ataysiz?
10-BILET
1. “Suv hayot demakdir ” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollar tuzing.
2. Baxillik, saxovat, ruhlanmoq, musavvir , tengdosh soʻzlarining tarjimasini yozing va ular ishtirokida gaplar tuzing.
3. Tabiatni asrash uchun siz nima qilyapsiz?
11-BILET
1. “Odob ziynati” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob
bering.
2. Berilgan soʻzlarni oʻqing. Hajm-oʻlchovni bildiruvchi sifatlarni alohida
koʻchiring.
Aqlli, shirin, yengil, katta, yoqimli, tor, kichik, qizil, yaxshi, uzun, xasis,
qisqa, xursand, qadimgi, keng, ingichka, achchiq, qalin, kalta, oq, yashil,
chaqqon, past, tinch, eski, qishki, ozgʻin, mehribon.
3. Maqol va hikmatlarni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
Yaxshilik qilsang, yashir,
Yaxshilik ko ‘rsang, oshir.
12-BILET
1. “Me’moriy obidalar” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollar tuzing.
2. Berilgan gaplarni ona tilingizga tarjima qiling.
O‘zbekistonning qadimiy yodgorliklarini ko‘rgani juda ko‘p sayyohlar kelishadi. Samarqanddagi ko‘p me’moriy obidalarini Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurilgan.
3. Telefondan foydalanish qoidalari haqida gapiring.
13-BILET
1. “Odobli bo‘ling” matnini o ‘qing va savollar tuzing.
2. Berilgan maqollardagi vositali va vositasiz to ‘ldiruvchilarni toping. Oltin o‘tda bilinadi , odam mehnatda. Arslon izidan qaytmas, yigit so ‘zidan. Birni kessang, o‘nni ek.
3. Ota-ona oldidagi burchingiz haqida so‘zlab bering.
14-BILET
1.” Sharafli burch” rivoyatini o ‘qing va o‘z munosabatingizni bildiring.
2. Tarjimayi holingizni yozing.
3. Transportda yurish qoidalari deganda nimani tushunasiz? Soʻzlab bering.
15-BILET
1. “Muqaddas ayol” matnini o‘qing. Matndan Faylasufning ayolga bergan tavsifini toping va izohlang.
2. Qavs ichiga har bir gap boʻlagining soʻroqlarini qoʻyib chiqing.
Bahorda(……………………) hamma yoq (……………….) ko ‘m-ko ‘k
(……………………) libosga (……………………) burkanadi.
3. Navro‘z qanday bayram?
16-BILET
1. “Ibn Sinoning maslahati” matnini oʻqing va savollar tuzing
2. Berilgan so‘zlarni tartib bilan joylashtirib yozing va ona tilingizga tarjima qiling. Rom qila oladi, hamisha, o‘qituvchimizning, o‘ziga, va, bizlarni, sodda, tushunarli, nutqi.
3. Epidimiologik holat haqida nimalarni bilasiz?
17-BILET
1. “Barkamol avlod – kelajak poydevori” matnini oʻqing, matn yuzasidan
savollarga javob bering.
2. Soʻzlarni oʻz oʻrniga qoʻyib, maqollar hosil qiling.
Koʻp, soʻrama, bilgandan, soʻra, koʻp, yurgandan.
Oʻrgan, ishla, bilmasang,bilsang.
Shoshilma, bajarishga, , berishga, va’dani, shoshil, va’da
3. Xalqimizga xos qanday fazilatlarni bilasiz?
18-BILET
1. “Yaxshilik yerda qolmas” matnini oʻqing va munosabatingizni bildiring.
2. Nuqtalar oʻrniga mos olmoshlarni qoʻyib yozing.
Nonushtani har doim men ….. (oʻzim, oʻzing) tayyorlayman.
U uyda bir …. (oʻzim, oʻzing, oʻzi) qolgan edi.
Sinfimizning tozaligiga biz …. (oʻzimiz, har birimiz, barcha)
javobgarmiz.
3.Quyidagi hikmatlarni tushuntirib bering:
Aql- yoshdan, odob boshdan.
Yoshlik bahori tez o‘tar bilgin,
Keksalar so‘zlarin quloqqa ilgin
19-BILET
1. “Me’moriy obidalar” matnini oʻqing va matnni ochib beruvchi savollar tuzing.
2. Nuqtalar o ‘rniga mos so‘zlar qo‘ying va gaplarni ona tilingizga tarjima qiling. Xiva …. Xorazmning noyob qadimiy shahridir.
Madrasaga o‘n qirrali …. shaklidagi naqsh tushurilgan.
3.Muslim Yoʻldoshevning “Bir dam oʻtir, onajonim” she‘rini oʻqing va mazmunini tushuntirib bering.
20-BILET
1. “Vatanimiz himoyachilari” matnini oʻqing va matnni ochuvchi savollar tuzing.
2. Berilgan gaplarni ona tilingizga tarjima qiling.
Bola epchillik bilan turdi, qisqa va lo‘nda javob berdi.
U ariq bo‘yida o‘tirib, kelgusi rejalari haqida ko‘p o‘yladi.
3.Abdurahmon Akbarning “Tabiat, sen onamiz” she’rini yoddan ayting.
21-BILET
1. “Doim hushyor” matnini o‘qing va munosabatingizni bildiring.
2. Nuqtalar o‘rniga kerakli qo‘shimchalarni qo‘yib ko‘chiring. Bilimli… kuchi ming… yetar, bilimsiz… kuchi bir… yetar. Yaxshi… bog‘ qolar, yomon… dog‘.
3. Orzu nima? Qanday orzuingiz bor?
22-BILET
1. Mehmondorchilik odobi matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob
bering.
2. Nuqtalar oʻrniga mos egalik qoʻshimchalarini qoʻying.
Ona yurt… oltin beshig…. .
3.Koʻcha qoidalari deganda nimani tushunasiz? Soʻzlab bering.
23-BILET
1. “Orzular qanotida” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollar tuzing.
2. Berilgan gaplarga “har” yoki “hech” soʻzlaridan mosini qoʻyib yozing.
….. faslning oʻz ziynati bor, … faslning oʻz tarovati.
Savob ishni … kim … kun qilishi kerak.
Biz … kimdan kam emasmiz.
….. yerni qilma orzu, … yerda bor toshu tarozu.
4. Ariza matnini yozing.
24-BILET
1. “Akademik Flora Inoyatova” matnini oʻqing, matn mazmunini soʻzlab bering
2. Nuqtalar oʻrniga -ma, -may qoʻshimchalaridan mosini qoʻying.
Ishla…gan – tishla…maydi. Sana…. sakkiz dema. Bugungi ishni ertaga qoʻy….
Ayt … man dedimmi, ayt … man.
3. Sogʻlik haqidagi maqollardan 2 tasini aytib bering va ma’nosini tushuntiring.
25-BILET
1. “Sharafli burch” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob bering.
2. Berilgan birikmalardan foydalanib, gaplar tuzing va yozing.
Yaxshilarga intilib, kattalarga taqlid qilib, yomondan qoch, aqllidan
oʻrgan, savodxon biladi, ojizlarga koʻmaklashdi, intilganga ergashish.
3. Bugungi ishni ertaga qoldirma maqolining mazmunini tushuntirib bering.
26-BILET
1. “Ona – ulugʻ zot” matnini oʻqing va munosabatingizni bildiring.
2. Berilgan soʻzlar yordamida soʻz birikmalari tuzing.
Javon, stol, stul, divan, gilam, taom, non, ovqat,
jigarrang, katta, qizil, yumshoq, mazali, issiq, shirin.
3. Qanday xalq amaliy san’at turlarini bilasiz?
27-BILET
1. “San’at” matnini oʻqing, matnga klaster tuzing va uni sharhlab bering.
2. Nuqtalar oʻrniga kerakli qoʻshimchalarni qoʻyib koʻchiring.
Aqlli oʻzi… ayblar, aqlsiz – doʻsti… .
Yaxshi… bogʻ qoladi, yomon… dogʻ.
Bir katta… gapi… kir, bir kichik… .
3. Oilangiz yaqida so`zlab bering
27-BILET
1. “Abdurauf Fitrat”matnini o ‘qing va so ‘zlab bering bering.
2. Berilgan gaplarga mos savollar yozing.
— __________________________________________________
— Maktabimizda shaxmat, basketbol, boleybol, futbol toʻgaraklari bor.
— __________________________________________________
— Sport sogʻlom va baquvvat boʻlishga yordam beradi.
3. Doʻstingiz bormi? Nima uchun u bilan do‘stsiz?
28-BILET
1. “Me’moriy obidalar” matnini oʻqing,” matnini oʻqing, mazmunini soʻzlab bering
2. Berilgan soʻzlarning sinonimini yozing va ma’nosini tushuntiring.
Ozoda, xushchaqchaq, toʻgʻrisoʻz, keksalik, chiroyli, bilimli.
3. Hozirgi texnologik rivojlanish haqida fikrlaringiz.
29-BILET
1. “Orzular qanotida” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob bering.
2. Nuqtalar oʻrniga mazmuniga mos kirish soʻzlarni qoʻying.
………….., men uni ertaga koʻraman.
………., futbol jamoamiz musobaqada yutqazib qoʻydi.
3.Karantin davri haqida suhbat sizga ….?
30-BILET
1. “Yoshlikdagi orzular” matnini oʻqing va o‘z munosabatingizni bildiring.
2.Berilgan so‘zlarni to‘g‘ri tartibda joylashtirib, maqollar hosil qiling va ularni ona tilingizga tarjima qiling.
Ishni,qo‘yma, bugungi, ertaga.
O‘lchab, bir, kes, yetti.
Savol, shirin, kutma, achchiq, berib, javob.
3. Alisher Navoiy kim? Uhaqida qisqacha ma’lumot bering..

2 комментария к “O’zbek tili 9 sinf imtihon javoblari 2020-2021”

Оставьте комментарий