Til – millatning bosh belgisi

Ona tili – millat birligi va birdamligining timsoli. U millat deb atalmish birlikni yagona xalq sifatida oʻz atrofida birlashtiradi, dunyoda borligini taʼmin etadi. Milliy maʼnaviyatimizning ajralmas qismi boʻlgan ona tilimizga davlat tili maqomi berilganiga bu yil 27 yil toʻldi. Ana shu muhtaram sana arafasida filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudovning oʻktam va oʻlmas tilimiz – […]

Til – millatning bosh belgisi Читать дальше »

Abdulla Qahhor. Dahshat (hikoya)

Xotin-qizlarning burun zamonda koʻrgan kunini bilmaysizlar, qizlarim, aytgan bilan ishonmaysizlar!.. Toʻraxon oyi Yaqin ikki haftadan beri koʻz ochirmayotgan kuzak shamoli yaydoq daraxtlar shoxida chiyillaydi, gʻuvillaydi; tomlarda vishillaydi, yopiq eshik va darchalarga bosh urib uf tortadi. Bunday kechalarda odamzod qoʻymijoz gʻuj boʻlib va nimanidir kutib jimgina oʻtirishni xohlab qoladi. Olimbek dodxoning sakkiz xotini katta kundosh Nodirmohbegimning

Abdulla Qahhor. Dahshat (hikoya) Читать дальше »

Toʻra Sulaymon sheʼrlaridan

Toʻra Sulaymon XX asr oʻzbek sheʼriyatida oʻziga xos uslubi, xalqona ohanglari bilan alohida oʻrin tutadi. Shoir sheʼrlarida poyonsiz dashtlarga xos kenglik, dehqoncha soddalik, baxshiyona ohang bor. Bu tizmalarni oʻqiganda sheʼriy sanʼatlaru adabiy qonun-qoidalarni unutib, soʻzlardagi goʻzallikdan hayratlanasiz, tuygʻulardagi haroratdan koʻnglingizga iliqlik yuguradi. Bir soʻz bilan aytganda, Toʻra Sulaymon qayta-qayta oʻqilsa arziydigan chinakam shoirlarimizdan. Orif Tolib

Toʻra Sulaymon sheʼrlaridan Читать дальше »

Xorazm shevasi soʻzlaridan

Bu galgi lugʻatimiz Xorazm viloyati shevasi asosida tuzildi.   Yoqtu Xorazm shevasida ushbu soʻz “yorugʻ” maʼnosini ifodalaydi. Mumtoz adabiyot namunalarida ham undan keng foydalanilgan. Masalan: Iki yoqtu guhar olamga bergan, Muhabbat ganjini odamgʻa bergan. (“Muhabbatnoma”dan).   Digʻiriq Ushbu soʻz vohaning asosan Urganch, Xiva, Xonqa tumanlarida “tor koʻcha”, “jin koʻcha”, “boshi berk koʻcha” maʼnolarida keladi. Masalan:

Xorazm shevasi soʻzlaridan Читать дальше »

Abdulla Qahhor. Anor (hikoya)

Uylar toʻla non, och-nahorim bolam, Ariqlar toʻla suv, tashnai zorim bolam. Oʻtmishdan Turobjon eshikdan hovliqib kirar ekan, qalami yaktagining yengi zulfinga ilinib tirsakkacha yirtildi. Uning shashti qaytdi. Joʻxori tuyayotgan xotini uning qoʻlidagi tugunchani koʻrib, kelisopni kelining ustiga qoʻya chopdi. Keli lapanglab agʻanadi, chala tuyilgan joʻxori yerga toʻkildi. Turobjon tugunchani orqasiga bekitib, tegishdi: – Akajon, degin!

Abdulla Qahhor. Anor (hikoya) Читать дальше »

Anvar Obidjon. Hayotning har lahzasi goʻzal

Tun pardasi ochilar asta, Chiqib kelar sahnaga quyosh. Kelinchakdek boʻlib orasta, Gul salomdan koʻtaradi bosh. Hovli goʻyo yuvilgan chinni, Yoʻllar goʻyo artilgan oynak. Qutlash uchun yangi bu kunni, El oyoqqa turar jonsarak… Hayotning har lahzasi goʻzal, Umrning har dami gʻanimat.     Qaymoq isi yayratar tanni, Dasturxonda issiq kulchalar. Suv bosgandek qaqroq oʻzanni Odamlarga toʻlar

Anvar Obidjon. Hayotning har lahzasi goʻzal Читать дальше »

Mirzo Ulugʻbek (1394-1449)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan 1994 yil Mirzo Ulugʻbek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda katta tantanalar va xalqaro ilmiy anjumanlar oʻtkazildi. Parijda ham YUNYeSKO qarori bilan uchrashuvlar va konferensiyalar boʻlib oʻtdi. Ulugʻbek 1394 yilning mart oyida Eronning gʻarbidagi Sultoniya shahrida, bobosi Temurning harbiy yurishi paytida tugʻildi. U Shohrux Mirzoning toʻngʻich oʻgʻli boʻlib, unga Muhammad

Mirzo Ulugʻbek (1394-1449) Читать дальше »

Abdulla Qahhor. Bemor (hikoya)

Osmon yiroq, yer qattiq. Maqol Sotiboldining xotini ogʻrib qoldi. Sotiboldi kasalni oʻqitdi – boʻlmadi, tabibga koʻrsatdi. Tabib qon oldi. Betobning koʻzi tinib, boshi aylanadigan boʻlib qoldi. Baxshi oʻqidi. Allaqanday bir xotin kelib tolning xipchini bilan savaladi, tovuq soʻyib qonladi… Bularning hammasi, albatta, pul bilan boʻladi. Bunday vaqtlarda yoʻgʻon choʻziladi, ingichka uziladi. Shaharda bitta doktorxona bor.

Abdulla Qahhor. Bemor (hikoya) Читать дальше »

Abdulla Qahhor. Oʻgʻri (hikoya)

Otning oʻlimi itning bayrami. Maqol Kampir tong qorongʻisida xamir qilgani turib hoʻkizidan xabar oldi. O!.. Hoʻkiz yoʻq, ogʻil koʻcha tomondan teshilgan… Dehqonning uyi kuysa kuysin, hoʻkizi yoʻqolmasin. Bir qop somon, oʻn-oʻn beshta xoda, bir arava qamish–uy, hoʻkiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qoʻyish kerak boʻladi. Odamlar dod ovoziga oʻrganib qolgan: birovni eri uradi,

Abdulla Qahhor. Oʻgʻri (hikoya) Читать дальше »

Anvar Obidjon. Hayotning har lahzasi goʻzal…

Kipriging nega nam… Qaysidir betayin devona Aljirab zahrini sochdimi, Kuymanib biron shoʻr peshona Senga dil hasratin ochdimi, Kipriging nega nam, Jonginam? Qoldingmi doʻstlarsiz dildirab, Oʻchdimi isingan gulxaning, Chaqindek yoki bir yiltirab, Aldatib ketdimi sevganing, Kipriging nega nam, Jonginam? Koʻrib yo toʻzgʻigan gullarni, Hislaring keldimi junbushga, Varaqlab yo «Oʻtkan kunlar»ni, Azador boʻldingmi Kumushga, Kipriging nega nam,

Anvar Obidjon. Hayotning har lahzasi goʻzal… Читать дальше »