Pedagogika va psixologiya. Pedagogik texnologiya va metodika bo`yicha namunaviy attestatsiya savollari

DO`STLARGA ULASHING:

1. Pedagogika nimani o’rganadi?

Pedagogika — ta’lim-tarbiya haqidagi fan.

2. Metodika nima?

Metodika — o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmui.

3. «Texnologiya» so’zining ma’nosi qanday?

Yunoncha «Texnos»-mahorat, san’at, «Logos»-fan, ta’limot degan ma’nolarni anglatadi.

4. «Pedagogik texnologiya» atamasi nechanchi yillardan qo’llanila boshlangan?

XX asrning 70-yillaridan boshlab.

5. «Pedagogik texnologiya texnika resurslari, odamlar va ularning o’zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarinn optimallashtirish vazifasini qo`yuvchi, o’qitish va bilimlarii o’zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo`llash va aniqlashning tizimli metodi» degan ta’rif kimniki?

YuNESKO

6. «Pedagogik texnologiya — bu o`qituvchining o`qitish vositalari yordamida o`quvchilarga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir ko`rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayonidir» -degan ta’rif kimga tegishli?

N.Saidaxmedov

7. Kino, radio, televideniye qaysi yillarda metodika sifatida pedagogik texnologiyaga kiritilgan?

1940-1950 yillarda

8. 1967-yilda pedagogik texnologiya milliy kengashi qayerda tashkil etildi?

Angliyada

9. Pedagogikaning asosiy kategoriyalarn nimalar?

Tarbiya, ta’lim, ma’lumot

10. Pedagogik jarayonning harakat vositasi…

Faoliyat

11. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari qaysilar?

O’qituvchining insonparvarligi, o’z mutaxassisligi, metodika, pedagogika, psixologiyani chuqur bilishi, pedagogik qobiliyat, pedagogik texnika.

12. Pedagogik texnika deganda nimalarni tushunasiz?

Nutq malakasi, mimikasi, pantomimikasi, ifodalilik, o’z hissini holatnni boshqarish.

13. Pedagogika tarixiga yangicha yondashish, diniy fanlarni o’rganish, pedagogik hodisalarni davr talabiga moslab o’qitish, Qur’oni Karim, Hadislarni o’rganish O’zbekistonda qachondan boshlandi?

1991-yil. O’zbekiston mustaqillikka erishgach.

14. «Pedagogik texnologiya: konseptual tahlil» mavzusidagi ma’ruza birimchi marta qachon, qaysi oliy o’quv yurti konferensiyasida tahlil etilgan?

1997-yil may SamDU «Oliy ta’limning hozirgi dolzarb muammolari» mavzusidagi ilmiy-metodik konferensiyada

15. Pedagogik texnologoyaning asosiy jarayonidagi ishtirokchilar kimlar?

O`qituvchi, o`quvchi, metodist-texnolog

16. «Didaktika» so’zi qanday ma’noni anglatadi?

Yunoncha so’z bo’lib, «o’qitish, o’rgatish» degan ma’nolarni anglatadi.

17. «Pedagogik tizim» nima?

Pedagogik elementlarning mustahkam birlashuvi.

18. Davlat ta`lim standartlari nima?

DTS-ma’lum bir predmet bo`yicha o`quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilimlarga qo`yilgan davlat talabi.

19. O’quv reja nima?

O’quv reja ta’lim muassasasida o’rgatish uchun tanlangan o’quv predmetlarini, ularning ta’lim olish yullari bo`yicha taqsimlanishini, har bir predmetga ajratilgan soatlar miqdorini va shu soatlarning haftalarga bo`linishini belgilaydi. O’quv rejalari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi hamda respublikadagi barcha ta’lim muassasalari uchun majburiy hisoblanadi.

20. O’quv dasturi nima?

O’quv dasturi-ma’lum bir fan bo`yicha ta’lim mazmuni va uning o`quvchilar tomonidan o’zlashtirishni tashkil etish usullari, o’qitish jarayonida o’zlashtirish zarur bo’lgan savollar ro`yxati va ularga ajratilgan soatlar miqdoridan iborat.

21. Darslik nima?

Darslik-bu pedagogik tizimning axborotli modeli. Darslik o`quvchilarning kitobi va eng muhim qurolidir.

22. Test nima?

Test (inglizcha — sinash) — bu ma’lum bir fanlar bo`yicha egallangan bilimlarni aniqlashga qaratilgan topshiriqlar va ularning muqobil javoblari to`plami.

23. Sinf tizimi deb nimaga aytiladi?

O’qituvchining muayyan yoshdagi o`quvchilarning muhim tarkibiga ega bo’lgan va sinf deb ataladigan guruhi bilan mashg`ulot o’tkazishiga aytiladi.

24. Maktabda o’z-o’zini boshqarishning yuqori organi bu …

Maktab pedagogika kengashi.

25. O’qituvchining kommunikativ qobiliyati…

To’g`ri muomala qila olish qobiliyati.

26. Mazmun va tizim harakteri bo`yicha pedagogik texnologiya qanday tasniflanadi?

Ijodiy, rivojlantiruvchi.

27. O’qituvchi o`quvchilar e’tiboriga qanday tushadi?

Bilimi, tashkilotchanligi va muomalasi bilan.

28. O’quvchilarning bilim, malaka va ko`nikmalarini tekshirishning qanday turlari mavjud?

Kundalik tekshirish, mavzu buyicha tekshirish va yakuniy tekshirish.

29. Malaka oshirishning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

DTS ning mazmuni hamda o’quv jarayonining yangi shakl va metodlarini egallash zarurati tufayli pedagog xodimlarning o’z nazariy bilimlarini, amaliy ko`nikmalarini yangilab borish jarayoni.

30. 6x6x6 usuli qanday izohlanadi?

6 kishidan ioorat bo’lgan 6 ta guruh 6 daqiqa davomida guruhlarida turgan muammoni yechishga yordam beradigan aniq g`oyalarni shakllantirishga harakat qiladigan usul.

31. Ijtimoiy ta’lim institutlari …

Oila, mahalla, maktab, madaniy-ma’rifiy muassasalar.

32. «Mahorat» qanday kasbda bo’ladi?

Barcha kasblarda

33. Bolalar genetik dasturiga kiritilgan muayyan xususiyatlarni ota-onadan bolaga o`tishi, xarakteri, tashqi ko’rinishi ……. deb yuritiladi. Nuqtalar o’rniga mos so’zni qo`ying?

Irsiyat

34. Mehnatda mashq qildirish — bu …

O’quvchilarni mehnatga layoqatli, mehnatsevar qilib tarbiyalashga ko`proq e’tibor berish.

35. Maxsus to’zilgan dastur buyicha EHM vositasida o’qitish, o’rgatish qanday ta’lim metodi deyiladi?

Noan’anaviy (Dasturlashtirilgan, masofadan o’qitish)

36. Asotsial oila deb qanday oilaga aytiladi?

Qonunga xilof ravishda hayot kechirayotgan, bolalar tarbiyasi bilan hech kim shug`ullanmaydigan salbiy oila.

37. Sinfda dars samaradorligini oshirish asosan kimga bog`liq?

O’qituvchiga

38. Insonnnng ilk go`daklik davri pedagogikada nima deb ataladi?

Individ

39. Bir kunlik uy ishi uchun 2-3-4-sinflarda qancha vaqt ajratish mumkin?

2 sinfda 1,5 soat, 3-4 sinflarda 2 soat

40. 5,6-7, 8-9 sinflarda uy ishi uchun bir kunda umumiy necha soat ajratiladi?

5 sinfda 2-2,5 soat, 6-7 sinfda 2,5-3 soat, 8-9 sinfda 4 soat

41. O’z-o’zini tarbiyalashda nimalardan foydalaniladi?

O’z-o’ziga baxo berpsh, o’z-o’zini qo’zatish, o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini ishontirish.

42. Ta’limda qo`llaniladigan rivojlantiruvchi o’qitish metodi qanday tasniflanadi?

Muammoli, qisman izlanib, interfaol, axborot-reproduktiv

43. Ijtimoiy pedagogika nimani o’rganadi?

Bolalarning ijtimoiy tarbiyasi va ijtimoiy ta’lim qonuniyatlarini, ularning ijtimoiylashuv jarayonini.

44. Tarbiya metodlari necha xil?

3 xil. Ijtimoiy ongni shakllantirishga xizmat qiluvchi (hikoya, suhbat, tushuntirish, o’qitish, ma’ruza), odatlantirish va faoliyatda mashq qilish (pedagogik talab, mashq qilish, musobaqa, jamoatchilik fikri), rag`batlantirish va jazolash (ma’qullash, dalda berish, uyaltirish).

45. Individual ta’lim qachon, qayerda paydo bo’lgan? Bu qanday ta’lim?

O’quv-tarbiya jarayonining eng qadimiy shakli bo’lib, u dasttlab antik Gretsiyada paydo bo’lgan. O’qituvchi bir o`quvchi bilan ishlab, ta’limni bevosita tashkil etgan, boshqargan, nazorat etgan. O’qituvchi matnni o`qib bergan yoki bolaning o’ziga so’zlatgan.

46. «Sinkveyn» usulining vazifasi qanday?

Axborotlarni iskacha bayon qilish, murakkab g`oyalarni, sezgilarni, tasavvurlarni bir necha so’zlar vositasida bayon qilish.

47. Fikrlashni amalga oshirish usuli qanday nomlanadi?

Mulohaza yuritish usuli.

48. Yosh o’qituvchilar ish faoliyatida dastlab qanday psixologik to’siqqa duch keladi?

Sinfdan qo’rqish, o`quvchi va o’qituvchi o’rtasida hosil bo’ladigan psixologik to`siq

49. O`qituvchi faoliyatida muloqot odoblariga qo`yilgan talablar nimalardan iborat?

Do`stlik, xizmatdagi moslik, hamjihat bo’lib ishlash, iltifotlilik, samimiylik

50. O’qitishning individuallashtirish texnologiyasi qanday olib boriladi?

O’qituvchi faqat birgina o`quvchi bilan o’zaro munosabatda bo’lib, o`quvchi esa faqat o’qitish vositalari (kitob, kompyuter) bilan o’zaro aloqada bo’ladi.

51. Ta’limni tashkil etish shakllari…

An’anaviy ta’lim shakllari, yakka tartibdagi ta’lim, noan’anaviy ta’lim shakllari.

52. L.N.Toletoyshshg quyidagi fikrini davom ettiring. «Tarbiyalash muvaffaqiyatl bo’lishi uchun tarbiyalovchi kishilar sira to’xtalmay …»

O’zlarini tarbiyalay bilishlari kerak

53. Yan Komenskiyning didaktik jarayon asosida olib borilayotgan sinf dars tizimi pedagogik texnologiyaning qaysi turiga tegishli?

Samarali boshqarish texnologiyasi.

54. Dars shakllari necha xil va ularni sanab bering?

6 xil: Sinf darslari, sinfdan tashqari darslar, maktabdan tashqari darslar, qo’shimcha darslar, individul va mustaqil ishlash darslari.

55. O’qituvchi mavzuni unutsa qanday yo’l tutishi kerak?

O’qituvchida bunday holat bo’lmasligi kerak. Agar bo’lib qolsa, mohirlik bilan vaziyatdan chiqib ketishi kerak.

56. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar nimalar?

Irsiyat, muhit, maqsadli tarbiya.

57. «Jamoa» so’zi qanday ma’noni anglatadi?

Ko’pchilik, yig`in, omma, birgalik

58. An’anavny maktab ta’limi falsafiy asosi bo’yicha qanday tasniflanadi?

Majburlash pedagogikasi (umumiy majburiy ta’lim).

59. O’qitishda muammolikning qaysi darajasi tadqiqotchilik metodiga xos?

O’quvchi muammoni qo’yadi. O’zi izlanib, o’zi muammoni yechadi.

60. Pedagogik texnologiyaga ijodiy yondoshgan o’zbek olimlari kimlar?

M.Ochilov, V.Ziyomuxammedov, N.Saidaxmedov, U.Nishonaliyev, N.Azizxo`jayeva, S.Usmonov, J.Yuldoshev.

61. Ta`lim metodlari nechta va ular qaysilar?

3 xil: og`zaki, yozma, amaliy.

62. Muammoli modulli o’qitish texnologiyasining sifat belgisi qanday?

Faollik, xatosiz ishlash.

63. Dars jarayoni deganda nimani tushunasiz?

O’quv jarayonini aniq belgilangan vaqt — bir dars davomida o’tkazilishi

64. Oila tipologiyasi kategoriyalari qanday?

Yuqori darajali oila, o’rtacha darajali oila, notinch, baxtsiz oila, asotsial oila.

65. O’quv rejasini tuzishda qanday omillar hisobga olinadi?

Ta’limning uzluksizligi va izchilligi, o’quv fanlarining hajmi, o`quvchilarning yoshi, bilim saviyasi hisobga olinadi.

66. «Innovatsiya» degani nima?

Lotincha so’z bo’lib, «Yangilik kiritish» degan ma’noni anglatadi.

67. «Induktiv metod» nima?

Xususiylikdan umumiylikka qarab borish.

68. «Deduktiv metod» nima?

Umumiylikdan hususiylikka qarab kelish.

69. Dars tiplarini sanab bering?

Kirish darslari, boshlang`ich materiallar bilan tanishish darslari, yangi bilimlarni o’zlashtirish darslari, bilim, malaka, ko’nikmalarni mustahkamlash darslari, takrorlash va umumlashtiruvchi darslar, nazorat-tekshirish darslari, kombinatsiyalashgan (aralash) darslar, olingan bilimlarni amaliyotga qo`llash darslari.

70. Tarbiya nima?

Tarbiya — oila, mahalla, bolalar bog`chalari, o’quv-tarbiya muassasalari, mehnat jamoalari, axborot manbalarining odob-axloq yo’nalishida olib boradigan faoliyatidan iborat.

71. Tarbiya turlarini sanang?

Aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, mehnat tarbiyasi va estetik tarbiya.

72. Islomiy tarbiya turlarini ayting?

Sog`lik va badan tarbiyasi, aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, nafosat tarbiyasi, vijdoniy-nafsoniy tarbiya, diniy-ruhiy tarbiya.

73. «Optimallashtirish» deganda nima tushuniladi?

Optimallashtirish-ko’p sonli imkoniyatlardan eng qulayini tanlab olish jarayonidir.

74. «Mimika» degani nimani anglatadi?

Mimika-taqlid degan ma’noni anglatadi.

75. «Piteraktiv» so’zinnng ma’nosi nima?

«Interaktiv” so’zi inglizcha bo’lib, «o’zaro ta’sirlashish» degan ma’noni anglatadi. Interaktiv usul biror bir muammoni ko’pchilik bo’lib, hamfikrlikda, hamjihatlikda yechish deganidir.

76. Ilg`or pedagogik texnologiya deganda nimani tushunasiz?

Ig`orl pedagogik texnologiya deganda biz uchun an’anaviy bo’lib qolgan «O’qituvchi faol, o`quvchi passiv» tipidagi dars usullaridan voz kechib, yangilangan ta’lim mazmuni asosida yangi interfaol usullarda dars o’tish tushuniladi.

77. Interfaol dars usullari deganda nimani tushunasiz?

O’quvchilarni mustaqil fikrlashga chaqiradigan, ularning faolligini oshiradigan dars usullari.

78. Dars tahlillari turlarini sanab bering?

5 turli bo’ladi: ilmiy, metodik, didaktik, psixologik va umumpedagogik taqlidlardan iborat.

79. Dars shakllarini sanab bering?

Sinf darslari, sinfdan tashqari darslar, maktabdan tashqari darslar, individual darslar, qo’shimcha va mustaqil ishlash darslari.

80. Dars nima?

O’qituvchi va o`quvchining hamkorlikdagi maqsadli harakati.

81. Mijoz turlarini aytib bering?

Xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik

82. Strees holati deganda nimani tushunasiz?

Nerv tizimining kuchli qo’zgalishi bo’lib, ancha davom etadigan holat.

83. Affekt holati deganda nimani tushunasiz?

Nerv tizimnning kuchli qo’zgalishi bo’lib, oz vaqt davom etadigan holat.

84. Fenomen deganda qanday shaxs tushuniladi?

Favqulodda kam uchraydigan iqtidorli shaxs.

85. Pitrovert deb qanday odamga aytiladi?

Muomala qilish qiyin bo’lgan shaxs.

86. Simpatiya nima?

Boshqa odamning g`amu-tashvishlariga, quvonchu-shodliklariga sherik bo’lish hissi.

87. Eyforiya nima?

Ko’taranki kayfiyat.

88. Vunderkind deb qanday bolaga aytnladi?

Hamma narsani biluvchi, o’ta qobiliyatli bola.

89. Bilim bilan bilishning farqi nimada?

Bilim — bu ish harakat, bilish ish harakatining natijasi va samarasidir.

90. Pedagogik texnologiya prinsiplari deganda nima tushuniladi?

Pedagogik texnologiya — bu butun bilimlarni o`zlashtirish jarayonida tez oldiga ta’lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo`yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va uning o`zaro aloqasini hisobga olib bilimlarni yaratish, qo`llash va belgilashning tizimli metoddir.

91. Prinsip so`zining ma’nosi nimadan iborat?

Prinsip so`zining ma’nosi bu — asosiy qonun, qoida, asos demakdir. Masalan pedagogik prinsip, fizika prinsiplari va hakazolar.

92.Motivatsiya nima?

Motivatsiya — qandaydir, maqsadga erishish uchun ehtiyojlar, qiziqishlar, qobiliyatlar va ichki his-tuyg`u va kechinmalarning zohir bo`lishligidir

93. Maktabdan tashqari ta’lim deganda nima tushuniladi?

Maktabdan tashqri ta’lim muassasalari bilan olib boriladigan barcha ta’lim — tarbiya ishlari darsdan tashqari vaqtda talabalar bilan yakka usulda o`tkaziladigan qo`shimcha o`quv mashg`ulotlar turkumi hisoblanadi. Sport mashg`ulotlari, to`garak ishlari, bolalar teatrlari, klublari, markazlari ijtimoiy foydali mehnat turlari va hakazolar. Maktabdan tashqari muassasalarni tashkil etadi.

94. Ta’lim sifatini oshirishda qaysi omil hal qiluvchi o`rinni egallaydi?

Ta’lim sifatini oshirishda ilmiy — pedagogik Kadrlar tayyorlash malakasini zamon talablariga javob beradigan darajaga ko`tarish ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasini ta’minlovchi DTS va dasturlarini va labaratoriya bazalarini zamon talablariga ko`tarish, o`quv tarbiya jarayonida yuqori sifatli o`quv adabiyotlar va ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish va tajriba almashishni yo`lga qo`yish, raqobatbardosh kadrlarni talab qiladigan bozor munosabatini yaratish.

95. Pedagogik innovatsiya nima?

Pedagogik innovatsiya bu — pedagogikaga yangilik kiritish, yangicha yondoshish ya’ni pedagogik texnologiyalarni olib kirish.

18 комментариев к “Pedagogika va psixologiya. Pedagogik texnologiya va metodika bo`yicha namunaviy attestatsiya savollari”

  1. Уведомление: sbo

  2. Уведомление: แทงบอลโลก

  3. Уведомление: good dumps pin 201

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: Darknet

  6. Уведомление: make passive income

  7. Уведомление: va juste à

  8. Уведомление: betclic88

  9. Уведомление: wapjig.com

  10. Уведомление: Buy Golden Teacher Mushroom Online Perth

  11. Уведомление: 티비위키

  12. Уведомление: Automation Testing Tools

  13. Уведомление: Why Buy Cocaine From Crack Dispensary

  14. Уведомление: สล็อตเว็บตรงไม่ผ่านเอเย่นต์

  15. Уведомление: that site

  16. Уведомление: click for info

  17. Уведомление: browning a5 12 gauge

  18. Уведомление: No code test automation tool

Комментарии закрыты.