Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari

DO`STLARGA ULASHING:

🏞 Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Adobe Photoshop’ning vositalari va sozlamalari o‘rtasida o‘tib ishlash, albatta, har kimga ham qulay deb bo‘lmaydi. Baxtimizga ushbu grafik muharrir vaqtimiz va asabimizni iqtisod qilishimiz uchun klaviatura kombinatsiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
‼️ Ba’zi sanab o‘tilgan klavisha va kombinatsiyalar dasturning eski versiyalarida ishlamasligi mumkin.
🏷 Qatlamlar (Слои)
1️⃣. Yangi qatlam yaratish (Создать новый слой) : Shift + Ctrl + N.
2️⃣. Nusxalash usuli bilan qatlam yaratish (Создать слой методом копирования) : Ctrl + J.
3️⃣. Kesish usuli bilan qatlam yaratish (Создать слой методом вырезания) : Shift + Ctrl + J.
4️⃣. Ko‘rinuvchi qatlamlarni birlashtirish (Объединить видимые слои) : Shift + Ctrl + E.
5️⃣. Tanlangan qatlamni eng ustkisiga aylantirish (Сделать выбранный слой самым верхним) : Shift + Ctrl + ].
6️⃣. Tanlangan qatlamni eng ostkisiga aylantirish (Сделать выбранный слой самым нижним) : Shift + Ctrl + [.
7️⃣. Tanlangan qatlamni bir pog‘ona tepaga ko‘tarish (Поднять выбранный слой на один уровень) : Ctrl + ].
8️⃣. Tanlangan qatlamni bir pog‘ona pastga tushirish (Опустить выбранный слой на один уровень) : Ctrl + [.
🏷 Rasmlarga tuzatishlar kiritish (Коррекция изображений)
1️⃣. “Уровни” oynasini ochish (Открыть окно «Уровни») : Ctrl + L.
2️⃣. “Кривые” oynasini ochish (Открыть окно «Кривые») : Ctrl + M.
3️⃣. “Цветовой баланс” oynasini ochish (Открыть окно «Цветовой баланс») : Ctrl + B.
4️⃣. “Цветовой тон / Насыщенность” oynasini ochish (Открыть окно «Цветовой тон / Насыщенность»): Ctrl + U.
5️⃣. “Размер изображения” oynasini ochish (Открыть окно «Размер изображения») : Ctrl + Alt + I.
6️⃣. Erkin transformatsiyalash rejimiga o‘tish (Перейти в режим свободного трансформирования) : Ctrl + T.
7️⃣. Belgilangan soha yoki qatlamni rangsizlantirish (Обесцветить выделенную область или слой) : Shift + Ctrl + U.
8️⃣. “Автотон”ni qo‘llash (Применить «Автотон») : Shift + Ctrl + L.
9️⃣. “Автоконтраст”ni qo‘llash (Применить «Автоконтраст») : Alt + Shift + Ctrl + L.
🔟. “Автоматическая цветовая коррекция”ni qo‘llash (Применить «Автоматическую цветовую коррекцию») : Shift + Ctrl + B.
1️⃣1️⃣. “Обтравочная маска (Clipping Mask)”ni yaratish yoki bekor qilish (Создать или отменить обтравочную маску) : Ctrl + Alt + G.
🏷 Masshtabni boshqarish (Управление масштабом)
1️⃣. Rasmni 100%lik masshtabda ko‘rish (Просмотреть изображение в масштабе 100%) : Ctrl + Alt + 0.
2️⃣. Rasm masshtabini oyna o‘lchamiga moslashtirish (Подстроить масштаб изображения под размер окна) : Ctrl + 0.
3️⃣. Rasm masshtabini kattalashtirish (Увеличить масштаб изображения) : Ctrl + «+».
4️⃣. Rasm masshtabini kichraytirish (Уменьшить масштаб изображения) : Ctrl + «-».
🏷 Belgilash (Выделение)
1️⃣. Belgilashni bekor qilish (Сбросить выделение) : Ctrl + D.
2️⃣. Belgilashni ortga qaytarish, ya’ni qayta belgilash (Вернуть выделение) : Shift + Ctrl + D.
3️⃣. Belgilanganni invertlash (Инвертировать выделение) : Shift + Ctrl + I.
4️⃣. Barcha qatlamlarni tanlash (Выбрать все слои) : Ctrl + Alt + A.
5️⃣. Ustki qatlamni tanlash (Выбрать верхний слой) : Alt + «.».
6️⃣. Ostki qatlamni tanlash (Выбрать нижний слой) : Alt + «,».
7️⃣. Belgilangan sohaning bir qismini olib tashlash (Исключить часть выделенной области) : Alt klavishini ushlab turgan holda + belgilash (зажатая клавиша Alt + выделение).
8️⃣. Belgilangan sohaga nisbatan yangisini qo‘shish (Добавить новую область к уже выделенной) : Alt klavishini ushlab turgan holda + belgilash (зажатая клавиша Shift + выделение).
9️⃣. Rasmdagi rangni tanlash (Выбрать цвет на изображении) : Alt klavishini ushlab turgan holda + “Кисть” vositasi bilan chertish (bosish) (зажатая клавиша Alt + щелчок инструментом «Кисть»).
🏷 Mo‘yqalamlar (Кисти)
1️⃣. Mo‘yqalam o‘lchamini kichraytirish (Уменьшить размер кисти) : [.
2️⃣. Mo‘yqalam o‘lchamini kattalashtirish (Увеличить размер кисти) : ].
3️⃣. Mo‘yqalamning qat’iyligini kamaytirish (Уменьшить жёсткость кисти) : {.
4️⃣. Mo‘yqalamning qat’iyligini ko‘paytirish (Увеличить жёсткость кисти) : }.
5️⃣. Avvalgi mo‘yqalamga o‘tish (Переключиться на предыдущую кисть) : «,».
6️⃣. Keyingi mo‘yqalamga o‘tish (Переключиться на следующую кисть) : «.».
7️⃣. Birinchi mo‘yqalamga o‘tish (Переключиться на первую кисть) : «<».
8️⃣. Oxirgi mo‘yqalamga o‘tish (Переключиться на последнюю кисть) : «>».
9️⃣. Aerograf effektlarini yoqish (Включить эффекты аэрографа) : Shift + Alt + P.
🏷 Matnni tahrirlash (Редактирование текста)
1️⃣. Matnni o‘rtaga tekislash (Выровнять текст по центру) : Shift + Ctrl + C.
2️⃣. Matnni chap tomonga tekishlash (Выровнять текст по левому краю) : Shift + Ctrl + L.
3️⃣. Matnni o‘ng tomonga tekishlash (Выровнять текст по правому краю) : Shift + Ctrl + R.
4️⃣. Matn o‘lchamini kattalashtirish (Увеличить размер текста) : Shift + Ctrl + «>».
5️⃣. Matn o‘lchamini kichraytirish (Уменьшить размер текста) : Shift + Ctrl + «<».
6️⃣. Harflar o‘rtasidagi intervalni kattalashtirish (Увеличить интервал между буквами) : Alt + →.
7️⃣. Harflar o‘rtasidagi intervalni kichraytirish (Уменьшить интервал между буквами) : Alt + ←.
8️⃣. Matn fragmentini belgilashni olib tashlash yoki ko‘satish (Убрать или отобразить выделение текстового фрагмента) : Ctrl + H.
🏷 Boshqalar (Разное)
1️⃣. Yangi hujjat yaratish (Создать новый документ) : Ctrl + N.
2️⃣. Qattiq diskda saqlangan hujjatni ochish (Открыть документ, сохранённый на жёстком диске) : Ctrl + O.
3️⃣. Hujjatni PSD formatida saqlash (Сохранить документ в формате PSD) : Ctrl + S.
4️⃣. “Сохранить для Web” oynasini ochish (Открыть окно «Сохранить для Web») : Shift + Ctrl + Alt + S.
5️⃣. Har qanday muloqot oynasini yopish (Отменить любое диалоговое окно) : Esc (Escape).
6️⃣. Oxirgi harakatni bekor qilish (Отменить последнее действие) : Ctrl + Z.
⚠️ Bu Photoshop tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan eng mashhur qaynoq klavishalar va ularning kombinatsiyalari xolos. Ularning to‘liq ro‘yxatini esa Adobe’ning rasmiy saytidan (https://helpx.adobe.com/ru/photoshop/using/default-keyboard-shortcuts.html) topish mumkin.
👨🏻‍💻 @itspecuz

Оставьте комментарий