QANDLI DIABET 2-turi haqida batafsil

DO`STLARGA ULASHING:

QANDLI DIABET 2-turi haqida batafsil

II tip qandli diabet👇

insulin sintezi kamligi yoki organizmning insulin o’zlashtira olmasligidan kelib chiqadi. Yengil, o’rta va og’ir turlarda uchraydi.

#SABABLARI👇

1.to’qimalarning insulinga sezuvchanligini kamayishi.
2.Nasliy moyillik
3.Hujayralarning insulinga sezuvchanligini kamayishi
4.Qonda insulin kamligi
5.Jigar va oshqozon osti bezi kasalliklari
6.Tana ortiqcha vazni.

#BELGILARI👇

1.Kuchli chanqash,
2.og’iz qurishi
3.Ko’ngil aynish,
4.qayt qilish
5.Tana vaznini tez yo’qotish
6.Ishtaxa pasayishi
7.Tez-tez siyish
8.Boldir mushaklari titrashi
9.Jinsiy a’zolarda qichishish
10.Yurak sohasida og’riqlar
11.Terida yaralarni sekin bitishi.
12.Ayollarda xayz siklini buzilishi
13.Erkaklarda jinsiy faoliyat pasayishi.

#DIAGNOSTIKA👇

qon va siydikda qand miqdorini aniqlash.

#DAVOLASH👇

1,To’qimalarning insulinga rezistentligini kamaytirish
2.Glyukoza sintezini tormozlash va ichakdan qonga so’rilishini kamaytirish
3.Maxsus parhez
4.Antidiabetik vositalar
5.Insulinoterapiya (og’ir hollarda)

#PARHEZ:

😡quyidagilar mumkin emas:
1.Yog’li go’sht va baliq
2.Dudlangan mahsulotlar, konservalar
3.Mayonez, smetana, qaymoq, pishloq
4.Yong’oq, pista
5.Shokolad, muzqaymoq, murabbo, shirinliklar
6.Non va makaron mahsulotlari
7.Donlar Kartoshka
8.Shirin mevalar.
Ovqat kuniga 5-6 marta oz-ozdan qabul qilinishi kerak.

#ASORATLAR👇

1.Miokard infarkti
2.Insult
3.Buyrak yetishmovchiligi
4.Terida stafilokokkli infeksiyalar
5.Ko’rishni pasayishi
6.Impotensiya
7.Diabetik oyoq
8.Gangrena
9.Nevrologik o’zgarishlar
10.Og’ir hollarda o’limga olib kelishi mumkin.

#PROFILAKTIKA👇

1.Qonda qand va xolesterin miqdorini nazorat qilish
2.Sog’lom ovqatlanish
3.Jismoniy mashqlar
4.Tana vaznini nazoratda ushlash.