DO`STLARGA ULASHING:
Yosh o`tgani sari suyaklarimiz noziklashib, mo`rtlashib boradi. Boz ustiga, tuz yig`ilishi, D3 vitaminining tanqisligi va boshqa bir talay omillar suyak holatini yomonlashtirishi ham ma`lum. Lekin bular ham kamlik qilgandek, olimlar muammoni chuqurlashtiruvchi yana bir qancha sabablarni topishgan.
Quvonarli tomoni shundaki, ildizini bilgach, muammoni hal qilish yo`llari ham oydinlashadi. Demak, suyaklarni emiruvchi omillarni tanib olamiz-da, ularga qarshi kurashish choralarini tahlil qilamiz.
Qanday «paydo» bo`ladi va «yo`qoladi»?
Suyaklar asosi bo`lgan kalsiy va fosfor doimiy emas. Ular suyaklarga «kirib-chiqadi»gan moddalardir. Oddiy qilib tushuntirsak, suyak — bu mana shu minerallarni g`amlovchi omborxona. Organizmdagi 90 foiz kalsiy aynan suyaklarda saqlanadi.
Odamning suyak to`qimasi hayoti davomida doim o`zgarib turadi. Masalan, u yuk ko`tarish yoki jarohatlanish sababli tarkibini o`zgartirishi mumkin. Suyak to`qimasida 2 xil hujayra bo`ladi: osteoblastlar — suyak matriksini shakllantiradi va osteoklastlar — ularni parchalaydi. Bu jarayon rezorbsiya deyiladi. Osteoklastlar suyak to`qimasida yangi tunnellar yaratsa, osteoblastlar ularni suyak bilan to`ldiradi. Misol uchun, bola tishlari chiqishi uchun osteoklastlar avval jag`dagi tish chiqadigan soha suyak to`qimasini parchalashi kerak.
Suyak tarkibining o`zgarishi remodellashtirish deb nomlanadi. Bolalikda suyak parchalanishidan ko`ra hosil bo`lishi ko`proq yuz beradi.Shu sababli odam skeleti o`sadi. Katta bo`lgach esa bu jarayonlar me`yorlashadi: har kuni odam skeletidan 0,4 g kalsiy chiqib ketadi va shunchasi yig`iladi.Keksalikda esa rezorbsiya jarayonining me`yori yana yo`qoladi va minerallashishi kamayib, suyaklar mo`rtlashib boradi hamda osteoporoz rivojlanadi. Misol uchun, homiladorlik va emizikli davrda ayol ko`proq kalsiyga muhtoj bo`ladi. Chunki organizm bu davrda juda ko`p kalsiy sarflaydi.
Kalsiy etishmovchiligi kuzatilsa…
Estrogenlar tanqisligi. Bu ayol suyaklariga katta zarba beradigan omillardan biri. Bu holat osteoklastlar ishiga xalal berib, rezorbsiya jarayonini sekinlashtiradi. Ayniqsa, menopauza davrida estrogenlar miqdori ancha kamayib ketadi. Bu esa suyaklar parchalanishi (rezorbsiya) holatini oshiradi. Suyak to`qimasi noziklashib, skelet mo`rtlashadi.
Qalqonsimon bez gormonlarining oshib ketishi. Bu gormonlar me`yorda bo`lsa, suyakdagi hosil bo`lish va parchalanish jarayonlari ham mo`tadil kechadi. Ammo gipertireozda parchalanish jarayoni tiklanish jarayonidan ustun kela boshlaydi. Natijada suyaklar mo`rtlashadi.
D vitamini tanqisligi. Bu vitamin suyak matriksini minerallashtirish uchun juda muhim. Uning tanqisligi suyakdagi jarayonlarni izdan chiqarib, qon plazmasidagi kalsiyning kamayishiga olib keladi. Bu vitaminning tanqisligi oqibatida suyaklar yumshab qoladi.
Ko`pincha glyukokortikoidlar asosida tayyorlangan preparatlar suyak to`qimasiga salbiy ta`sir etadi. Ular suyakdan kalsiyning yuvilib ketishiga sabab bo`ladi, bu mineralning ichaklarda so`rilishini qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, oqsillar sinteziga ham xalal beradi. Umuman olganda, bunday dorilar gipokalsiemiya, keyinchalik osteoporozga sabab bo`lishi ehtimoli katta.
Alkogol va tamaki. Bu zaharli mahsulotlar nafaqat jigar va o`pka «qotili», balki suyaklarning ham «kushanda»sidir. Ayniqsa, bular menopauzadagi ayollar uchun juda xavfli.
Nima qilish kerak? Kalsiy iste`molini oshirish bilan suyaklarga yordam berish mumkin.
Nima qilish kerak? Qalqonsimon bez faoliyatini nazorat qilish uchun endokrinologga murojaat etish lozim.
Nima qilish kerak? D vitaminining manbai — quyosh. Shunchaki quyoshda ma`lum vaqt bo`lish bilan raxit va ko`pgina suyak muammolaridan saqlanish mumkin. Ammo buning bir sharti bor: D vitamining o`zi suyaklarni himoyalay olmaydi. Bu ishda unga kalsiy juda zarur. Shuning uchun shifokorlar kalsiyni D vitamini bilan birga qabul qilishni tavsiya etishadi.
Darmondorilar
Nima qilish kerak? Shifokor tavsiyasisiz hech qanday dorilarni qabul qilmang. Har qanday dorilarni qabul qilishdan avval u qanday asoratlar qoldirishi mumkinligi va nojo`ya ta`sirlari haqida bilib oling.
Nima qilish kerak? Javobi oddiy — zararli odatlardan voz keching.
Muammoning ikki chorasi
To`g`ri ovqatlaning. Taomnomada kalsiyga boy mahsulotlar bo`lsin. Masalan, sut, qatiq, yogurt, pishloq, konservalangan sardina va losos balig`i, soyali mahsulotlar, to`q yashil rangli sabzavotlar.
Jismonan faol bo`ling. Suyaklar faollikni yoqtiradi. Ular qotib qolmasligi uchun divan hamda televizordan uzoqroq bo`ling. Ammo velosipedda uchish suyaklarga foyda keltirmaydi. U yurak va mushaklarni mustahkamlashi mumkin, lekin suyakni emas.
Manba: Darakchi.uz
19 комментариев к “Suyak emirilishining 5 sababi”
Обсуждение закрыто.