Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

❌ (https://telegra.ph/file/cbbde7a46a5274f9f51c4.png)Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?

Agar siz operatsion tizimingizni qayta o‘rnatgan bo‘lsangiz yoki shunchaki shaxsiy kompyuteringizni keraksiz fayllardan tozalagan bo‘lib, biror muhim faylni o‘chirib yuborgan bo‘lsangiz — u holda o‘chirib yuborilgan materiallarni “Recuva” dasturi yordamida qayta tiklashingiz mumkin.

Bu qanday amalga oshiriladi:

1️⃣. Ushbu yordamchi dasturni (https://www.ccleaner.com/recuva) yuklab olamiz, o‘rnatamiz va ishga tushiramiz.

2️⃣. O‘chirilgan fayllari qayta tiklanishi lozim bo‘lgan saqlash qurilmasini tanlaymiz.

3️⃣. “Анализ” tugmasi ustiga bosamiz.

4️⃣. Jarayon tugallanishini kutamiz, kerakli fayllarni tanlaymiz, so‘ngra “Восстановить” tugmasi ustiga bosamiz.

❗️Muhim: tiklangan fayllarni ma’lumotlarni tiklashda ishtirok etgan diskning o‘ziga saqlamang. Aks holda ma’lumotlar buzilib qolishi va ularni ocha olmasligingiz mumkin.

Оставьте комментарий