Revmatizm kasalligi haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Revmatizm kasalligi haqida ma’lumot bersangiz.
Kasallikning yuzaga kelishiga nima sabab bo’ladi?
Revmatizm biriktiruvchi to‘qimaning shikastlanishi, yallig‘lanishi bilan kechadigan kasallik bo‘lib, asosan bolalar hamda o‘smirlarda rivojlanadi. Revmatizm kasalligi asta-sekin rivojlanuvchi, oxir-oqibat, bemorda turli asoratlarga olib keluvchi kasallikdir. Ushbu kasallikda organizmdagi barcha biriktiruvchi to‘qimaga ega a’zolar shikastlanadi. Organizmdagi a’zolarning deyarli aksariyatida biriktiruvchi to‘qima mavjud. Revmatizm kasalligida shuningdek, yurak, qon-tomirlar, bo‘g‘imlar zararlanadi. Xastalik yurak qon-tomir tizimida joylashadi va katta yoshdagi aholi orasida mehnatga qobiliyatsizlar sonini oshiradi. Shuningdek, xastalik irsiy moyillik xususiyatiga ega bo‘lib, ota-onadan biri revmatizm bilan kasallangan oilalarda bolalarning ko‘proq kasallanish hollari uchraydi.
Kasallikka moyillik tug‘diruvchi omillar:
Kasallik quyidagi bemorlarda nisbatan ko‘p uchraydi:
  • tez-tez xastalanuvchi bolalar;
  • surunkali angina (tonzillit) kasalligiga chalingan bolalar;
  • limfadenit, faringit bilan xastalangan bemorlar.
  • Ko‘p shamollash, zax joylarda yurish, vaqtida ovqatlanmaslik, dam olmaslik, terlab suv ichish o‘tkir revmatik kasalliklarga sabab bo‘ladi.
Faktlar, raqamlar…
  • Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, surunkali tonzillit (angina) bilan xastalangan bemorlarning 30 % ida revmatizm kasalligi kelib chiqadi.
  • Revmatizm kasalligi erkaklarga nisbatan ayollarda ko‘p uchraydi.
  • Revmatizm kasalligi nasliy moyillikka ega.
  • Immun tizim faoliyati pasayganda kasallik tezda kelib chiqadi.
  • 12-17 % bemorlarda revmatik xoreya asorat sifatida rivojlanadi. Bu kasallik asosan qovoqlarning ixtiyorsiz uchishi bilan kuzatiladi. Bu holat, ko‘pincha qizlarda 6-15 yoshda kuzatiladi.
  • Kasallik 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda deyarli uchramaydi, maktabgacha bo‘lgan yoshda kam uchraydi, maktab yoshida eng ko‘p uchrashi bilan xarakterlanadi.
  • Revmatizm kasalligi bolalarda 7-15 yoshda ko‘p uchraydi.
  • Revmatizm bilan og‘rigan bemorlarning 60-100 %ida bo‘g‘im og‘riqlari kelib chiqadi.
  • Kasallik og‘ir kechganda, 15-18 % holda yurak nuqsoni bilan asoratlanadi.
Kasallikka olib keluvchi sabablar:
  • Revmatizm kasalligi burun-tomoq kasalliklari (angina, gaymorit, faringit)dan keyin rivojlanadi.
  • Yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir kasalliklari tez-tez uchrab turganda revmatizm bilan xastalanish xavfi ortadi. Bunda revmatizm kasalligi bemor yuqori nafas yo‘llari kasalliklariga chalingach, 1,5-4 hafta o‘tgach boshlanadi.
Kasallik qanday belgilar bilan namoyon bo‘ladi?
Bemor faringit yoki angina kasalligini boshidan o‘tkazgandan bir necha hafta o‘tib, kasallik belgilari yuzaga chiqadi. Bemorda umumiy holsizlik, bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatiladi. Ayrim bemorlarda tana haroratining ko‘tarilishi aniqlanadi. Revmatizm kasalligida, asosan, yirik bo‘g‘imlar zararlanadi. Masalan: tizza va tirsak. Bemorlarni qo‘l va oyoq kaftidagi og‘riqlar ham bezovta qiladi. 60-100% hollardagi revmatizmning belgilaridan biri bo‘g‘imlardagi uchuvchan xarakterdagi shishli og‘riq bo‘lib, bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi. Og‘riq tizza, boldir tovon, tirsak, yelka bo‘­g‘imlarida ko‘chib yuradi. Bunday holatda nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qo‘llash yaxshi samara beradi. g‘riq birdaniga boshlanadi va birdaniga to‘xtaydi. Bemorlarning ba’zilarida yurak urishining sekinlashishi yoki tezlashishi, ko‘p terlash, hansirash, holsizlik kuzatiladi.
Kasallik qanday asoratlar beradi?
Revmatizm kasalligining xavfli tomoni shundaki, u turli asoratlarni keltirib chiqaradi. Kasallik asoratlari inson sog‘ligiga katta putur yetkazadi.
Bo‘g‘imlardagi og‘riq, yallig‘lanish o‘tib ketadi, ammo buning oqibatida yurak, markaziy asab tizimi kabi eng muhim a’zolar shikastlanadi. Revmatizm kasalligida eng ko‘p zararlanadigan a’zo yurak hisoblanadi (90-95%). Yurak zararlanganda hansirash, yurak sohasida og‘riq, sanchiq, yurak o‘ynashi va yurakning tez-tez urishi yuz beradi. Yurak nuqsonlari revmatizm xurujidan keyingi 2-3 yil ichida tez rivojlanadi. Agar o‘z vaqtida davo qilinmasa, bu holat nogironlikka olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, bemorlarda quyidagi asoratlar kelib chiqadi:
  • Revmatik xoreya-bu kasallikda yuzda turli ixtiyorsiz harakatlar paydo bo‘ladi. Ko‘z uchadi, qovoq ixtiyorsiz ravishda yumilib ochiladi;
  • Bo‘g‘imlar shaklining o‘zgarishi (deformatsiyasi). Natijada bo‘g‘imlarda harakatning cheklanishi, bo‘g‘imlarning qiyshayishi kuzatiladi. Bu holat ham nogironlikka olib keladi.
Nima uchun asoratlar kelib chiqadi?
Ko‘p bemorlarni shu savol o‘rtaydi. «Nima uchun mening bolamda asoratlari kelib chiqdi? Hamma narsani qildim-ku?!»
Kasallik oqibatini belgilovchi omillarga revmatizm kechishining og‘irligi, revmatizm kasalligining tez-tez takrorlanishi, bolaning yoshi, noto‘g‘ri yoki vaqtida o‘tkazilmagan davolash muolajalari kiradi. Agar davolash erta va albatta, statsionar sharoitda o‘z vaqtida olib borilsa, yurak va boshqa a’zolarning shikastlanishi kam kuzatiladi.
Kasallik bolalarda qanday kechadi?
Surunkali tonzillit, ya’ni tomoq tez-tez og‘rib, yallig‘lanishga duchor bo‘lgan bolalarda angina kasalligidan so‘ng 10-14 kun o‘tib, revmatizm boshlanishi mumkin. Kasallik bolalarda kattalarga nisbatan ancha o‘tkir va og‘ir shaklda kechib, qaytalanishlarga moyil bo‘lishadi hamda ko‘pincha yurakning keskin shikastlanishi bilan kechadi. Revmatizm kasalligi bilan asosan maktab yoshidagi bolalar kasallanadi. Bolaning yoshi qancha kichik bo‘lsa, kasallik shuncha o‘tkir, og‘ir va tarqalgan shaklda uchraydi. Bu bolalar yurak orttirilgan nuqsonlarining rivojlanishiga, xoreya, poliartrit va boshqa xastaliklarga moyil bo‘ladi.
Kasallikning oldini olish
  • Organizm immunitetini oshirish;
  • Organizmni chiniqtirish, to‘liq va o‘z vaqtida ovqatlantirish;
  • Organizmdagi surunkali kasallik o‘choqlarini davolash.
Qanday tashxis qo‘yiladi?
  • shifokor-terapevt yoki revmatolog ko‘rigi;
  • umumiy qon tahlili;
  • qonni revmatizm kasalligiga maxsus tekshirish (revmaproba);
  • yurakni tekshirish — EKG;
  • yurakni UTT tekshirish;
  • bo‘g‘imlarni rentgen tekshirish.
Davolab bo‘ladimi?!
Kasallik muntazam ravishda davolab borilishi lozim.
Bunda avvalambor shifoxonada faol yallig‘lanishga qarshi muolajalar olib boriladi. Keyinchalik kasallik faolligi pasaygach, maxsus revmatologik sanatoriyada yoki ambulatoriya sharoitida shifokor nazorati ostida davo davom ettiriladi.
Bunda bemor muntazam «dispanser» nazoratida bo‘ladi, muolajalar davom ettiriladi va kasallik qaytalanishining oldi olinadi. Agar kasallik asoratsiz kechsa, uni davolasa bo‘ladi. Lekin kasallik turli nuqsonlarni keltirib chiqarsa, unda bir umr shifokor nazoratida davo muolajalarini qabul qilishga to‘g‘ri keladi.

15 комментариев к “Revmatizm kasalligi haqida”

  1. Уведомление: ccv shop online

  2. Уведомление: Where To Buy Firearms Online

  3. Уведомление: คาสิโนออนไลน์

  4. Уведомление: sbo

  5. Уведомление: micro dose psilocybin mushrooms

  6. Уведомление: sbo

  7. Уведомление: 토토밀라노

  8. Уведомление: 토토포켓몬

  9. Уведомление: Child porn CDs

  10. Уведомление: ufatesla

  11. Уведомление: buy magic mushroom online

  12. Уведомление: ufabtb

  13. Уведомление: additional hints

  14. Уведомление: สล็อตวอเลท

  15. Уведомление: nn dmt vs 5 meo dmt,

Комментарии закрыты.