Rixsivoy Avazov haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

Rixsivoy Avazov haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEKISTON XАLQ АRTISTI
Rixsivoy Аvazov 1942 yilda Janubiy Qozoistonning Turbat ishloida tuilgan. 1959 yilda Toshkent sharidagi 22-oʼrta maktabni bitirib, Аlisher Navoiy nomli opera va balet teatrida sana ishchisi boʼlib ishlaydi, ayni paytda А.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining «Drama va kino aktyori» fakulьtetining kechki boʼlimida oʼqiydi — Oʼzbekiston xalq artisti Аlьbert Xachaturov qoʼlida taxsil oladi. R.Аvazov 1965 yilda institutni tamomlagach, Xamza nomidagi Oʼzbek Davlat (ozirgi Oʼzbek Milliy) akademik drama teatriga aktyor sifatida ishga boshladi. «Sarviomat dilbarim»dagi Kamol R.Аvazovning teatr sanasidagi birinchi obrazi boʼldi. Oʼz ustida tinmay ishlagan, ustoz sanʼatkorlardan saxna sirlarini qunt bilan oʼrganib borgan yosh aktyor teatr repertuaridagi asosiy spektakllarda rollar ijro etib tomoshabinlar eʼtiborini qozondi. R.Аvazov teatrda ishlash jarayonida Аbdurazzo (M.Shayxzoda, «Mirzo Ulu¬bek»), Matlab (E.Voidov, «Oltin devor»), Orsini (Dyuma, «Nel minorasi»), Kimyogar (Uyun, «Аbu Rayon Beruniy»), Shpigelьberg (Shiller, «arochilar»), Аnvar (Ibragimbe¬kov, «Koʼk eshik ortidagi ayol»), Maslaxatchi (Shvarts, «or malikasi»), Аnuchkin (Gogolь, «Uylanish»), Tiresi (Sofokl, «Аntigona»), Mamarasul (Oʼ.Umarbekov, «Qiyomat qarz»), Zevs (M.Karim, «Olovni tashlama, Prometey»), Petushkov (L.Tolstoy, «Tirik murda»), Аdo (T.Toʼla, «Nodirabegim»), Аbu Faysal (Uyun, «Аbu Аli Ibn Sino»), Prokuror Ulin (Аbdulin, «Oʼn uchinchi rais»), Mansur baxshi (P.odirov, «Yulduzli tunlar»), Norimbet (M.Аvezov, «Аbay»), Аmirxon (Uyun, «Zebunniso»), Xamdam (Shukrullo, «Oʼgʼrini qarochi urdi»), Yormat (Oybek, «Qutlug on»), Аlisher Navoiy (А.Navoiy, «Sabʼai Sayyor»), Xamid (I.Sulton, «Аb¬dulla Qodiriyning oʼtgan kunlari»), Brut (Shekspir, «Koriolan»), Аmir Sayd (А.Samad, «Soxibqiron Temur»), Muxammad ovchin (А.Oripov, » Soxibqiron Аmir Temur»), Yoʼldosh Odamich (B.Muxaev, «Xayotdan toʼygan tun»), Darveshali (O. Yokubov, «Bir koshona sirlari»), Soqivoy (S.Imomov, «Shayton va farishta») kabi turli tabiatdagi koʼplab rollarni yetuk maxorat bilan ijro etdi. R.Аvazov 20 yildan beri Oʼzbekiston televideniyasida suratga olingan videofilьmlar va «Otalar soʼzi—aqlning koʼzi» telekoʼrsatuvlarida rollar ijro etib, sanʼat muxlislariga manzur boʼlib kelmoqda. Videofilьmlarda aktyor tomonidan qoyilmaqom qilib ijro etilgan qiyosiddin (Oybek, «Аlisher Navoiy»), Аmad Tanbal (P.odirov, «Bobur»), qoʼshmoov (Oʼ.Usmonov, «Girdob»), Bobur (B.Boyobilov, «Tun va kun») kabi rollarni xamon tomoshabinlar maroq bilan tomosha qilib estetik zavq olmoqdalar. R.Аvazov koʼp yillardan beri «Oʼzbekfilьm» kinostudiyasining dublyaj guruxida faol qatnashib, «Oʼgay ona», «Donishmand Yaroslav», «Qirol Lir», «Ertaga yarim tunda», «Filipp Marlou», «Federal politsiya» kabi mingdan orti badiiy filьmlar va kinoseriallarga ovoz berdi. Rixsivoy Аvazovning ijodiy mexnati munosib baxolandi. 2000 yilda «Oʼzbekiston xalq artisti» faxriy unvoni bilan takdirlandi.

Оставьте комментарий