Salom maktab.

DO`STLARGA ULASHING:

Salom maktab.

Salom mening maktabim,
Seni juda sog’indim,
Sen mening ilm oftobim,
Bugun bag’ringa keldim.

Bag’ring juda ham keng,
Bolalar bor ming-ming,
Guzal har yon atrofing,
Bilimga kon ta’rifing.

Bog’chadan olganman bilim,
Endi burro sayrar tilim,
Chekkanlar qancha zaxmat,
Bog’cha opamga raxmat.

Salom maktab jon maktab,
Keldim bugun seni maqtab,
Ochgin menga quchog’ing,
Poyi bo’lay o’chog’ing.

✍️: Islomova Mukambar

Оставьте комментарий