Sedana haqida

DO`STLARGA ULASHING:

“Siyoh tuhma” (qora urug’) ham deb atashadi. Qadimiy, giyohshunoslik kitoblarida “shuniz” yoki “kamuniy hindiy” nomi bilan ham yuritganlar. “Kamun” bu zira bo’lib, bunday deb atashlariga sabab tashqi tomondan shakli va bazi mushtarak xosiyatlari o’xshashligidir. Uning donalarida maxsus yog’ bo’lib, uning tarkibida I, O, V, D vitaminlari bor. U siydik haydash xususiyatiga ega, sutni ko’paytiradi, terlatadi ko’krakda o’rmashgan yomon xiltlarni quvadi, zaxarni kesadi. Tutunidan esa xashorotlar qochadi. Sedanadan yo’talni qoldirishda, sariq kasalida, qayt qilishni davolashda foydalanadilar. Undan ertalab yeb yursalar yuzni qizil qiladi va rangni ochadi. Sirkaga qo’shib yeyilganda esa medadagi qurtlarni yuqotadi. Teriga oq tushishining oldini oladi. Agar as alga qo’shib yesalar bo’gin og’rig’ini va shamollashni qoldiradi.

Qadimdan  meni xanzal(achchiq tarvuz) suviga aralashtirib, kindik atrofiga surkaganlar va bu bilan qorinda bo’ladigan oshqovoq urug’iga o’xshash qurtlarni tushirganlar. To’yib as alga aralashtirilgan donlari bachadon og’rig’ini qoldirish va tug’ishni yengillashtirish uchun beriladi. Shuningdek donlarini to’yib gul yog’I bilan aralashtirib surkalsa ekzemaning tuzalishini tezlashtiradi. Meni kuydirib yoqqa yoki xinoga qo’shib boshga surilsa, sochning to’kilishini to’xtatadi. Agar meni hidlasalar bosh og’rig’ini qoldiradi, tumov va yuz falajini davolashda foydaliman. Tumov bo’lgan kishining boshiga sedanadan bog’lama qilsalar tuzatadi, shamollagan va sovuq urgan joylarga foyda qiladi, meni qovurib so’ngra zaytun yog’iga solinsa va kishi tumov bo’lganda tomizilsa, naf qiladi. Sirkaga solib qaynatib, o’sha sirka bilan og’zingizni chaysangiz tish og’rig’ini qoldiradi va uni mustahkamlayman. Maxsus asbob bilan donlaridan olingan yog’ kishini yoshartiradi.

Manba: «O’simlik va inson salomatligi» — Toshkent 1991

Оставьте комментарий