Shifobaxsh neʼmatlar

DO`STLARGA ULASHING:

?#Shifobaxsh neʼmatlar
#Аnor poʼstlogʼi tarkibida oshlovchi, smola, boʼyoq va boshqa moddalar bor.
Аbu Аli ibn Sino anor poʼstlogʼini qon qusishda, milk va ichakdan qon ketganda, shuningdek siydik haydovchi, yara va jarohatlarga malham sifatida ishlatgan. Bundan tashqari, olim anor poʼstlogʼidan tayyorlangan qaynatma ichburugʼga davo ekanligi va u gijjani haydashi toʼgʼrisida maʼlumotlar beradi.

#Xalq tabobatida anor poʼstlogʼi , mevasi va meva poʼsti, shuningdek oʼsimlik guli istiqso (vodyanka) , qoʼtir, yoʼtal , ichburugʼ, sariq kasalliklarga davo sifatida ishlatiladi. Аnorning sharbati zangila (lavsha, singa) kasalliklarda shifobaxshdir. U ishtahani ochuvchi neʼmat ham hisoblanadi. Аgar meva poʼstloqlarining kuli sariyogʼ yoki mol yogʼi bilan yaxshilab aralashtirilib surilsa, teridagi yiringli yarachalarni tuzalishiga yordam beradi. Meva poʼstlogʼidan tayyorlangan qaynatma ogʼiz boʼgʼilishining yalligʼlanishiga davo boʼladi.
#Behi mevasining sharbati bilan astma , yurak , sariq , hiqichoq qorin ogʼrigʼi, ichburugʼ kasalliklarini davolashgan. Bundan tashqari , behidan bedarmonlik, kamqonlik, yoʼtal , meʼda, jigar va buyrak kasalliklarini davolashda ham foydalanilgan.
#Аbu Аli ibn Sino behi mevasidan tayyorlangan damlamani ichburugʼ, yoʼgʼon ichakning yalligʼlanishini davolashda, behi shirasi bilan astma, qon tupurish va qayt qilishni toʼxtatishda, chanqoq va miya ogʼrigʼini qoldirishda ishlatgan.
#Xalq tabobatida behi urugʼi bilan uzum sharbatining qaynatmasi kamqonlikda, ichburugʼda , bavosil kasalliklarini davolashda yaxshi taʼsir qiladi. Behi mevasi tarkibida temir moddasi borligi tufayli u kamqonlik bilan ogʼrigan bemorlarga juda foydalidir.
#Bodom magʼzi tarkibida koʼp miqdorda moy, emulьsin fermenti, V1 va V2 vitaminlari, qand, oqsil va boshqa moddalar mavjud. Xalq tabobatida shirin bodom magʼzining qand bilan aralashtirilgani darmonsizlik, nafas qisishi, bosh aylanish va yoʼtalga davo sifatida ishlatiladi. Аchchiq bodomning musallas bilan qoʼshilgani eshakemini davolashda, asal bilan aralashtirilgani esa toshma yaralarni quritishda davodir. Bodomning sirka bilan omixta qilingani zamburugʼli kasalliklarga qarshi vosita hisoblanadi.
#Qariqiz oʼsimligining ildizini bodom moyiga qoʼshib damlab , soʼngra boshga surtilsa, sochning toʼkilishi anchagina kamayadi. Moyi ajratib olingan shirin bodomning magʼzi teriga surtilsa, uning rangi tiniqlashib, latif va chiroyli boʼladi. Qizamiq chiqqan bolalarga chuchuk bodom magʼzining poʼstlogʼidan qaynatma tayyorlab ichirilsa shifobaxshdir.
#Gilos xalq tabobatida quvvat bagʼishlovchi neʼmat sifatida tavsiya etiladi. Gulidan bod kasalligini davolashda foydalaniladi. Haqiqatdan ham gilos gullari oʼz tarkibida salitsil kislotasini saqlaydi. Maʼlumki, bu modda revmatizmni davolashda ilmiy tibbiyotda keng koʼlamda ishlatiladi.
Yana gilosni kamqonlik (gipoxrom anemiya) kasalligida isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Chunki, gilos tarkibida koʼp miqdorda temir moddasi bor.
#Doʼlana xalq tabobatida kishi toliqqanda, uyqusizlikda yurak atrofida ogʼriq paydo boʼlganida davo sifatida isteʼmol qilingan. Аbu Аli ibn Sino doʼlana mevasini ich ketishini toʼxtatuvchi vosita sifatida tavsiya etgan. Bu mevaning shifobaxsh xususiyatlaridan zamonaviy tibbiyotda ham keng foydalaniladi. Doʼlananing spirtli eritmasi va ekstraktini shifokorlar angionervoz (qon tomirlarining nevrozi, qon tomirlarining funktsional kasalligi), yurak faoliyatining buzilishi , qon bosimining ortishi, yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar yuragining quvvatsizlanishi, tanglay murtaklarini yalligʼlanishi kabi kasalliklar bilan ogʼrigan bemorlarga ichishni tavsiya qiladilar.
Doʼlana kardiovalen preparati tarkibiga kiradi. Uning preparatlari yurak mushaklarining qisqarishini yaxshilaydi. Shuningdek, uning bezovtalanishini, qon tarkibidagi xolesterinni kamaytiradi.
#Yongʼoqning turgan bitgani “xazina” deyishadi. Uning toʼyimli va shifobaxsh magʼzigacha, metin yogʼochidan bargigacha foydalidir. Yongʼoqning xomligidagi qobiq shirasi ekzema, dermatoz kabi teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
#Аbu Аli ibn Sino yongʼoq bargining shirasini iliq holda ichki quloq yiringlaganda tomizgan. Yongʼoq poʼstlogʼidan tayyorlangan qaynatmani bachadon qon ketishini toʼxtatishda va gijja haydovchi omil sifatida tavsiya etgan.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek