Shoh Jahon haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Shoh Jahon
Boburiylar sulolasining vakili bo’lmish Shoh Jahon 1592 yilning 5 yanvarida dunyoga keldi. Jahongir shohning uchinchi o’g’li, otasi tug’ilganda unga Xurram deb ism qo’ydi. 1627 yilda otasi Jahongir shohdan keyin 36 yoshida taxtga o’tirgandan keyin ismini Shoh Jahon deb o’zgartirdi. U juda qattiqqo’l va jur’atliligi bilan ajralib turar edi. Bir necha harbiy yurishlar natijasida saltanatining hududini bir necha barobar kattalashtirishga erishdi. Shoh Jahon o’z davrining enjg qudratli insonlari qatoridan joy oldi. U faqatgina harbiy urushlar bilangina chegaralanib qolmadi. Shoh Jahon ko’pgina ilmlarni yaxshi egallagan, ilm-fan va me’morchilikka o’z hissasini qo’shgan, san’at namoyondalarini qo’llab-quvvatlagan, go’zallikni qadrlagan.

Оставьте комментарий