Sunami haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Sunami (yaponcha — ajal va vayronalik keltiruvchi toʻlqinlar) — suv ostida yoki sohil boʻyida kuchli zilzila boʻlganda, baʼzan vulkanlar otilishi yoki boshqa tektonik jarayonlar oqibatida dengiz tubining koʻtarilishi va choʻkishi natijasida yuzaga keladigan juda uzun gravitatsion dengiz toʻlqinlari. Suvning kam siqilishi va suv tubi maydonlarining deformatsiyalanish darajasining juda jadalligi sababli, unga tayangan suv ustuni tarqalishga ulgurmay oʻrnidan qoʻzgʻaladi, natijada okean yuzasidan koʻtarilish va pasayish yuzaga keladi. Bu yuzaga kelgan qoʻzgʻalish suv qatlamining toʻlqinsimon harakatlanishiga sabab boʻladi, yaʼni katta tezlikda (50 dan 1000 km/so-atgacha) harakatlanuvchi S. toʻlqinlari yuzaga keladi. Toʻlqinlar oraligʻidagi masofa 5 dan 1500 km gacha, balandligi esa ochiq okeanda 0,1 m dan 5 m gacha, qirgʻoqlarda 10 m dan 50 m gacha yetadi va undan ham ortib ketadi. S. katta halokatlar keltiradi. Asosan, Tinch okean qirgʻoqlarida (S.larning 80%) kuzatiladi.

Оставьте комментарий