SUTNI KO’PAYTIRISH UCHUN UY SHAROITIDA TAYYORLANADIGAN ICHIMLIKLAR

DO`STLARGA ULASHING:

✅SUTNI KO’PAYTIRISH UCHUN UY SHAROITIDA TAYYORLANADIGAN ICHIMLIKLAR
🌸Sabzi sharbati. Cho’tka bilan yuvilgan sabzini qirg’ichning kichik tishidan o’tkazib, sharbatini siqib oling va kuniga 2-3 marta yarim stakandan iching. Sabzavot sharbatining ta’m sifatini yaxshilash uchun unga sut, qaymoq, asal va meva sharbatini qo’shish mumkin. Sabzavot sharbati ta’sirini kamaytirmaslik uchun qo’shimchalar juda ko’p ham bo’lmasligi kerak (bir stakan sharbat uchun 1-2 osh qoshiq).
🌸Sut va qirg’ichdan o’tkazilgan sabzi. Stakanga 3-4 osh qoshiq qirg’ichdan o’tkazilgan sabzi soling, ustidan sut (yoki suyuq qaymoq) quying va bir stakandan kuniga 2-3 marta iching. Kechqurun ichimlikka 1-2 choy qoshiq asal qo’shish mumkin — bu asabiy taranglikni bartaraf etish va yaxshi uxlashga yordam beradi.
🌸Salat urug’idan ichimlik. Salat urug’lari eng sezilarli ko’krak sutini oshirish xususiyatiga ega. Ichimlikni tayyorlash uchun 20 g salat urug’i olinib, ehtiyotkorlik bilan chinni idishda eziladi va ustidan 1 stakan qaynoq suv quyiladi. 2-3 soat davomida tindiriladi va kuniga 2-3 marta yarim stakandan qabul qilinadi. Ichimlik ta’mini yaxshilash uchun bir stakan qaynoq suvga 1-2 choy qoshiq asal qo’shish mumkin.
🌸Zirali ichimlik. 1 litr ichimlikni tayyorlash uchun zira urug’laridan 15 gramm, 100 gramm shakar, o’rtacha kattalikdagi limon yoki 2 gramm limon kislotasi kerak bo’ladi. Barcha masalliqlarga suv quyiladi, past haroratda 5-10 daqiqa davomida qaynatiladi, suzib olinadi va kuniga 2-3 marta yarim stakandan ichiladi.
🌸10-15% qaymoq bilan zira. 2 stakan qaymoqni chinni idishga quying, 2 osh qoshiq zira urug’ini qo’shing, qopqog’ini yoping va 30-40 daqiqa davomida (past haroratda) dimlash uchun pechga qo’ying. So’ng xona haroratigacha sovuting; nonushta va kechki ovqat vaqtida yarim stakandan iching.
🌸Zirali kvas. Kichik bo’laklarga kesilgan javdari non biroz quritiladi, yengil qovuriladi, ustidan suv quyiladi va 3-4 soatga qoldiriladi. Shundan so’ng tindirma suzib olinib, xamirturush, shakar, zira qo’shiladi va 10-12 soat davomida achishi uchun iliq joyda qoldiriladi.
1 kg qora non uchun — 40 g zira, 500 g shakar, 25 g xamirturush, 10 litr suv.
🌸Shivit urug’idan damlama. Bir osh qoshiq shivit urug’iga suv quyiladi (1 stakan), 2 soat tindiriladi. Tindirmani kuniga 2 marta yarim stakandan yoki bir osh qoshiqdan kuniga 6 marta ichish kerak. Kichik qultumlar bilan, og’izda bir muddat ushlab turgan holda ichish tavsiya etiladi.
🌸Arpabodiyon tindirmasi. Bir stakan qaynoq suvga 2 choy qoshiq arpabodiyon urug’lari solinadi va 1 soat tindiriladi. Sovuganidan so’ng kuniga 3-4 marta ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin 2 osh qoshiqdan ichish kerak.
🌸Arpabodiyon, fenxel va oreganodan ichimlik. 10 g ezilgan arpabodiyon mevalari, 10 g fenxel mevalari va 10 gramm oregano o’ti aralashtiriladi. Bir choy qoshiq aralashmaga bir stakan qaynoq suv quyiladi, 2 soat tindiriladi. Kuniga 2-3 marta yarim stakandan ichiladi.
🌸Turp sharbati va asal 1 : 1 nisbatda qaynab sovugan suv bilan aralashtiriladi. 100 gramm turp sharbati uchun 100 gramm suv olinadi.

Оставьте комментарий