KUNDALIK.COM DA SINF RAHBARINING VAZIFALARI QUYIDAGICHA

DO`STLARGA ULASHING:

⚡️KUNDALIK.COM DA SINF RAHBARINING VAZIFALARI QUYIDAGICHA

1⃣ ota-ona (o‘quvchining qonuniy vakili) uchun Platformada rrofil yaratib, vaqtinchalik login va parolni tarqatish;

2⃣ ota-onalar va o‘qituvchilar uchun unutilgan Login va parolni tiklash tartibi hamda o‘quvchi va ota-ona (o‘quvchining qonuniy vakili)ning shaxsiy ma’lumotlarini uzatish uchun javobgar bo’lish;

3⃣ ota-ona (o‘quvchining qonuniy vakili)ning Platformadagi faolligini doimiy ravishda kuzatib borish, zarurat tug‘ilganda ularga aloqaga chiqib profilaktik suhbat olib borish. profilaktik suhbat o‘z ijobiy natijasini bermagan taqdirda maktab direktoriga ma’lumot kiritish;

4⃣ sababli (kasalligi, oilaviy sharoitidan kelib chiqqan holda) dars qoldirgan o‘quvchilarni sinf jurnalida maxsus belgilar (s, dq, k, kq, m, ch, q, ns, tq) bilan belgilab chiqish;

5⃣ o‘quvchi sababsiz 3 soat dars qoldirsa kerakli hujjatlar to‘plamini yig‘ib, muassasa rahbariga taqdim etish;

6⃣ umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizim bilan ishlash va arxivlashtirish tartibi haqidagi nizomga muvofiq belgilangan
vazifalar bajarilishini ta’minlaydi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022 yil 24 iyun kungi 205-sonli buyrug‘i.

Оставьте комментарий