Test ishlashga qancha vaqt beriladi?

DO`STLARGA ULASHING:

⚡️ Test ishlashga qancha vaqt beriladi?

Davlat komissiyasining bayoni bilan pandemiya sharoitida abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida test topshiriqlari soni maqbullashtirilib, kirish test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratiladigan boʻldi.

Bunda:

➡️ birinchi boʻlimdagi majburiy uchta fan – ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va Oʻzbekiston tarixi fanlarining har biriga 10 tadan jami 30 ta test topshiriqlari va umumiy 60 daqiqa belgilanadi;

➡️ikkinchi boʻlimdagi abituriyent tanlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fanning har biriga 20 tadan jami 40 ta test topshiriklari va umumiy 120 daqiqa belgilanadi;

➡️ majburiy uchta fanga jami 63 ball, abityriyent tanlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fanga jami 126 ball, umumiy – 189 ball belgilanadi.