To’g’ri ozish uchun maslahatlar

DO`STLARGA ULASHING:

Ovqatlanish to’g’risida maslahatlar

Bir tadqiqotda, yeyilgan ovqat miqdori birinchi navbatda ochlik hissiga emas, balki bizning ongimizga bog’liq ekanligi ko’rsatilgan. Tajribada ikki guruh talabalar ishtirok etishdi. Ularga yeya olishgunigacha tovuq qanotchalari olib yeyishni, keyin esa qo’shimcha olish uchun qaytish vazifasi qo’yildi.

Birinchi ovqat qismdan keyin ofitsiantlar birinchi guruh stollaridan qoldiq suyaklarni olib, bo’sh tarelkalar qo’yishdi. Ikkinchi guruh stolida esa hammasi shundayligicha qoldirildi. Shundan so’ng talabalarga qo’shimcha olish taklif etildi. Ikkinchi guruh qancha qanotcha yeganini suyaklardan ko’rib, ikkinchi marta qo’shimcha olishayotganida birinchi guruhga nisbatan ancha kamroq qanotcha olishdi.

Bu ongimizga birinchi navbatda ovqat miqdori ta’sir qilishini isbotlaydi. Ba’zi talabalar allaqachon yetarlicha ovqatlanganini ko’rdilar va ularning ongi to’yganliklarini aytishdi, birinchi guruh ishtirokchilari esa o’z oldilarida bo’sh tarelkalarni ko’rishdi, ularning ongi esa hali yana yeya olishlilarini ko’rsatdi.

Quyidagi ko’pgina samarali ozish usullari ana shunday insonning psixologik xususiyatlariga asoslangan, boshqalari esa ba’zi fiziologik jarayonlarga bog’liq.

1. Moviy narsalardan foydalaning

Ko’k rangli idishlar ishtahani bo’g’adi, chunki ko’k rang ko’p mahsulotlarning rangi bilan mos kelmaydi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, sizning idishingiz ovqatingiz bilan qanchalik ko’p estetik mos va uyg’un bo’lib ko’rinsa, siz shuncha ko’p ovqatlanasiz. Kichkina, ammo foydali maslahat.

2. Tez-tez ovqatlaning

Agar siz kun davomida tamaddini o’tkazib yuborsangiz, bu vazn yo’qotishiga olib kelmaydi, chunki sekin modda almashinuvi o’z ishini bajaradi. Kuniga uch martadan kamroq ovqatlanish, o’ta semiz bo’lganlar uchun foydali bo’lishi mumkin, lekin kunduzgi ovqatlarni qabul qilmaslik, kechki vaqt ko’p ovqat yeb yuborishga sabab bo’lishi mumkin.

Bundan tashqari, tartibsiz ovqatlanish insulin darajasining «sakrashi»ga olib keladi, bu esa qandli diabet yuzaga kelish xavfini oshiradi. Shunday qilib, kuniga uch marta ovqatlanish va insulinning barqaror darajasini saqlab turish uchun ovqat o’rtasida kichik tamaddilar qilish afzalroq.

3. Perimetrni oshiring

Keyingi safar do’konga borganingizda savdo maydoni bo’ylab aylaning. Bu mahsulotlarni sekinroq tanlash uchun emas, do’konlar «xiyla»siga tushib qolmaslik uchun. Barcha foydali mahsulotlar, odatda devorlarga yaqinroq joylashgan bo’ladi, eng qulay qatorlarda ko’zni quvnatuvchi mahsulotlar va shirinliklar joylashtiriladi, bular esa qomat uchun foydali emas.

4. Sovutgichni to’ldiring

Dam olish kunida bozorga boring va muzlatgichingizni foydali mahsulotlar bilan to’ldiring. Yangi meva va sabzavotlar har doim qo’l yetadigan va ko’rinadigan joyda bo’lsin, muzlatgichda esa muzlatilgan mevalarni saqlang. Albatta, ishdan keyin siz supermarketlarga borib o’tirmasdan, birdan muzlatkichdan foydali va vitaminlarga boy mahsulotlarni olib ishlatasiz. Natijada siz maroq kaloriya qabul qilasiz va supermarketlarda ortiqcha mahsulot olishdan tiyilasiz, masalan shokoladdan.

5. Ertalab ovqatlaning

Nonushtani o’tkazib yuborish — kechki ovqat uchun ishtahani saqlab qolish demakdir, bu esa to’g’ri strategiya emas. Ertalab iste’mol qilingan ovqat kun davomida yaxshi hazm bo’ladi, kechki ovqat esa yo’q.

6. Mahsulotlarni to’g’ri saqlang

Foydali mahsulotlar: loviya, yong’oq, to’liq donlarni sovutgichda oldinroqqa qo’ying. Muzlatgich ochilganda har safar foydali mahsulotlarni ko’rasiz va ularni ratsioningizda ishlatasiz.

7. Qo’shimchalardan uzoqlashing

Ovqatlanayotganingizda qo’shimcha olish mumkin bo’lgan idishlardan yiroqroq o’tirng, masalan salatlardan, tovadan, bunday holatlarda siz keragidan ortiq yeb qo’yishingiz mumkin. Shuning uchun, o’zingizga mos keladigan ovqat miqdorini soling va qolgan oziq-ovqatlarni qo’l yetish maydonidan chetroqqa olib qo’ying — hech bo’lmaganda stol ustidan.

Ovqatni yeb bo’lgach, biroz to’ymaganlik hissi kuzatilsa, qo’shimcha olishdan oldin 10-15 daqiqa kutib turing, keyin qaror qabul qiling — hali ham ochmisiz yoki yo’q. To’qlik hissi ovqatlangandan biroz keyin keladi.

8. Kichik idishlardan foydalaning

Bu yana bir psixologik xususiyat. Katta idish, masalan tarelka bo’lsa, odatdagi ovqat miqdori unda kamroq ko’rinadi, shuning uchun siz odatdagidan ko’proq ovqat solib yuborishingiz mumkin.

Kichik idish olishga harakat qiling: idish odatdagidan ikki barobar kichikroq bo’lsa, me’yoriy ovqat miqdori unda haqiqiy ziyofat sifatida ko’rinadi, shuning uchun sizning ongingiz bu yetarli ekanligiga ishonadi.

9. Sekin-asta chaynang

Ovqatni qanchalik yaxshi va sekin chaynasangiz, u shunchalik foydaliroq bo’ladi. Yaxshi chaynalgan oziq-ovqat yaxshi hazm bo’ladi, barcha foydali moddalar esa yaxshiroq so’riladi. Bundan tashqari qancha sekinroq chaynasangiz, shuncha ozroq ovqat yeysiz (to’qlik hissi kelishini eslang).

10. Ovqatni ko’zdan uzoqlashtiring

Tushligingizning qolgan qismini stolda emas, balki muzlatgichdagi saqlang. Aks holda uni ochlik emas, balki tugallanmaganlik tuyg’usi tufayli yarim soatdan keyin yeb tugatasiz.

11. Yurish qiling

Kechki ovqatdan keyin oshxonada qolmaslik yoki undan ham yaxshirog’i — piyoda sayr qilish kerak. Organizm to’q ekanligini tushunish uchun taxminan 20 daqiqa kerak. Shu vaqt ichida glyukoza qonga kirib boradi va sizdagi ochlik hissi o’tib ketadi.

12. Kechki ovqatdan oldin kichik tamaddi qiling

Kechki ovqatdan oldin biroz taom iste’mol qilsangiz, masalan bir stakan yogurt yoki biron xil meva, ochlik hissi kamayadi va siz ovqatga «tashlanmaysiz».

Bu terda yana sizning ongingiz katta ahamiyatga ega. Kuchli ochlikni his qilsangiz, ehtimol siz uni qondirish uchun kerak bo’lgan narsalardan ko’proq yeyishni boshlaysiz va faqatgina dasturxondan turayotib, keragidan ortiq yeb yuborganingizni tushunasiz. Kuchli ochlik hissisiz ovqat yeyishni boshlaganingizda, to’yish uchun talab qilinadigan darajada ovqatlanasiz.

13. Hech qanday ma’lumotlarsiz

Agar siz televizor yoki kitob oldida ovqatlanadigan bo’lsangiz, unda me’yoridan ortiq yeb yuborish ehtimoli bor. Axborot olayotganingizda siz to’yganlikni payqamaysiz, taomning ta’mi va hidini sezmaysiz.

Bundan tashqari, bu odat bo’lib qoladi va filmni tomosha qilish yoki o’qishni davom ettirish uchun doimo bir narsa chaynashga kirishasiz.

14. Dasturxonda faqat mevalar bo’lsin

Stol ustidan shirinliklar solingan idishni, ish stolidan esa mayda-chuyda shirinliklarni olib qo’ygan ma’qul. Ularni iste’mol qilishda to’qlik hissi umuman to’sqinlik qilmaydi, shuningdek ortiqcha shakar organizm uchun zararlidir. Uyda stolda faqat foydali mahsulotlar, masalan, yangi mevalarni qoldiring. Shunday qilib, siz istagan paytda tamaddi qilishingiz mumkin bo’ladi va ayni paytda qo’shimcha kaloriyalarga ega bo’lmaysiz.

15. Ko’proq oqsil

Oqsil sog’lom vazn (mushak massasi) olish uchun yordam beradi, shuning uchun ko’plab oqsilli parhezlar mavjud. Vegetariyanlar oqsilni soya va dukkaklilardan olishlari mumkin.

16. Yog’lar ham kerak

O’simlik yo’gi yoki saryog’da kaloriya juda ko’p, ammo yog’ miqdori yuqori bo’lgan boshqa ovqatlar ham bor. Masalan, avakado, banan, olma pyuresi. Ratsionda yog’lar mavjud bo’lishi kerak, chunki ular A, D, E va K kabi vitaminlarni qayta ishlash va o’zlashtirish uchun kerak. Bundan tashqari, ular bizga to’qlikni his etishga yordam beradi. Shunday qilib, ratsioningizga avokado, baliq, yong’oq va pistalarni kiriting. Albatta, me’yorda.

17. Oddiy uglevodlardan uzoq turing

Ochlik hissi qondagi shakar darajasiga bog’liq va shirinliklarda, pishiriqlarda va oq nonda mavjud oddiy uglevodlar tezda ochlik tuyg’usini bartaraf etadi, ammo yog’larning to’planishiga hissa qo’shadi. Buning o’rniga, makaron, javdar noni, turli xil donlar, shu jumladan, butun donli mahsulotlarini iste’mol qilishga harakat qiling. Murakkab uglevodlar uzoq vaqt davomida parchalanadi va ular yog’ to’planishiga hissa qo’shmaydi va qonda shakar miqdorini bir xilda saqlanishini ta’minlaydi, ya’ni to’qlik hissini.

18. Turli xil ovqatlarga sabzavot qo’shing

Kaloriya miqdorini kamaytirish uchun ovqatning yarmini sabzavot bilan almashtirishingiz mumkin. Misol uchun, pishloq o’rniga makaronga sabzavotlar qo’shing. Sabzavotlarda ko’p miqdorda kletchatka mavjud, buning natijasida siz ko’proq to’yishni his qilasiz.

19. Yuqori kaloriyali mahsulotlarni almashtiring

Agar sevimli ovqatlaringizdan voz kecha olmasangiz, siz kaloriyalarni qisqartirishingiz mumkin. Misol uchun, yog’li mayonez va smetana o’rniga, salat uchun yog’siz mayonezlar qo’shing yoki o’zingiz yog’siz mayonez tayyorlang.

20. Achchiq souslar

Achchiq qalampir va souslar nafaqat modda almashinuvini tezlashtirishi mumkin, balki qovurilgan, shirin yoki tuzlangan mahsulotlarni iste’mol qilish istagidan ham himoya qiladi. Ba’zi tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, achchiq taomlar yog’larni yaxshi o’zlashtirish va ularni organizmda yoqilg’i sifatida ishlatishga yordam berar ekan.

21. Saqich

Agar ovqat tayyorlayotganda shakarsiz saqich chaynasangiz, siz 30% kamroq ovqat iste’mol qilasiz. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, saqich chaynash shirin va sho’r mahsulotlar yeyish istagini pasaytiradi va ishtahani kamaytiradi.

22. Kamroq sharbat, ko’proq meva

Zamonaviy sharbatlarda tabiiy sharbatlarga qaraganda ko’proq shakar mavjud, 100%li sharbatlar esa qimmat. Har qanday holatda ham sun’iy shakar bo’lmagan, lekin juda ko’p kletchatkali butun meva iste’mol qilish yaxshidir.

23. Cheklamang, chalg’ing

Yeyishni xohlash — tabiiy holat, shuning uchun ovqat yeyishni qat’iyan taqiqlamang va o’zingizni koyimang. Bu holatni faqat yomonlashtiradi: siz o’zingizni aybdor his qilasiz va uning fonida keragidan ortiq yeb yuborasiz.

Buning o’rniga, ovqat yeyishni xohlash bu tabiiy ekanligini tan oling va o’zingizni biron narsa bilan chalg’itishga harakat qiling, masalan sevimli ishingiz bilan. San’at bilan shug’ullaning, sport zaliga boring, do’stlar bilan yoki yolg’iz sayr qiling — ovqat haqida unutishning juda ko’p usullari mavjud.

24. Ovqatning yarmi

Ushbu hiylani qo’llab ko’ring: odatiy miqdorda ovqat soling, keyin yarmini ajratib, olib qo’ying. Sekiiik bilan ovqatlaning, e’tiboringiz televizor yoki kitobda emas, balki ovqatda bo’lsin. Shubhasiz, siz: «Bu qanday bema’nilik? Men, albatta, ovqatning yarmiga to’ymayman», — deyishdan oldin to’qlikni his qilasiz.

Bu usulning yana bir afzalligi — tez-tez ovqat tayyorlashingizga to’g’ri kelmaydi, chunki qolgan ovqatingiz har doim iste’molga tayyor.

Ozish uchun ichimliklarni qo’llash

25. Ko’k choy

Ko’k choy yog’larning parchalanishini va modda almashinuvini tezlashtiradi, bu esa ozishga yordam beradi.

26. Suv va yana suv

Suv ochlikni kamaytiradi va ozishni tezlashtiradi. Tanada yetarli miqdorda suv bo’lsa, kaloriyalar tezroq yoqiladi va tanadan tuz va toksinlar yuvilib chiqib ketadi.

27. Ovqatlanishdan oldingi ichimlik

Ovqatlanishdan oldin bir stakan suv ichish kerak. Sizning oshqozoningiz faollashadi va tezda hazm qilish uchun tayyor bo’ladi. Bundan tashqari, siz tezroq to’yishingizga yordam beradi.

28. Juft mahsulotlardan qoching

Sut va pechene, apelsin sharbati va fransuz tosti, sharob va pishloq — suyuq sherikga muhtoj bo’lgan shunday mahsulotlar bor. Biroq, bunday juftliklardan qochish kerak. Ayniqsa, ular tarkibida shakar mavjud bo’lsa, chunki ular tezda uglevodlar kabi tanadagi yog’ darajasini oshiradi.

29. Suv bilan aralashtiring

Agar siz ertalabini bir stakan sharbatsiz tasavvur qila olmasangiz, uni suv bilan aralashtirib ko’ring. Shunday qilib siz suyuqlikning to’g’ri miqdorini olasiz va shirin ichimliklardagi kaloriya miqdorini kamaytirasiz.

30. Uzun va tor stakanlar

Odamlar keng va past stakanlarga qaraganda, baland va tor stakanlarda kamroq suyuqlik iste’mol qilishlari isbotlangan. Shunday qilib, shirin ichimliklarni uzun va tor idishlarga quying. Xuddi shu holat spirtli ichimliklar uchun ham qo’llaniladi.

31. Spirtli ichimliklarni kamaytiring

Spirtli ichimliklarda kaloriyalar ko’p bo’ladi, shuningdek, ular o’zingizni nazorat qilish qobiliyatingizni kamaytiradi. Spirtli ichimliklar ta’siri ostida kechalari pitsa, chipslar va boshqa zararli mahsulotlarni yeb yuborish ehtimoli yuqori.

Va keyinchalik, alkogol ta’sirida o’zingizni yomon his qilganligigingiz tufayli ancha narsani o’tkazib yuborasiz.

Ozish uchun maslahatlar

32. Tishlaringizni yuving

Ovqatdan keyin tishlarni darhol yuving. Bu sizga nafaqat tishlar salomatligini saqlab qolishga, balki ovqatlanishdan keyin o’zingizni yengil his qilishga yordam beradi. Tishingizni yuvgandan keyin hech nima yeyishni xohlamaysiz va kechki dasturlarni yoki filmlarni tomosha qilishda yengil tamaddi qilmaysiz.

33. Real maqsadlarni belgilang

Ko’p ovqat iste’mol qilgandan keyin, ertagayoq parhez tutib, ozishni boshlayman deyish bu maqsad emas, faqat o’zini-o’zi tinchlantirish va aybdorlik hissini kamaytirishga xizmat qiladi. Yaxshisi, aniq maqsadlar qo’ying: masalan, 3 oylik sog’lom ovqatlanish va mashqlar natijasida 3-4 kilogrammgacha vazn yo’qotish va vaznni saqlash.

34. Ijobiy bo’ling

Ozayotganlarning aksariyati ma’lum mahsulotlardan nafratlanishadi va ularni rad eta olishga qodir emasliklari uchun o’zlarini ayblashadi. Buning o’rniga, ijobiy bo’ling: «Men oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishni nazorat qila olaman», «Bugun men sog’lom taomlarni yeganimdan faxrlanaman».

35. Buni o’ylab ko’ring

Biz ovqatlanishdan bir necha soat o’tgach o’zimizni qanday his qilishimiz qancha ovqat yeganimizga emas, balki biz qancha yeganimiz haqida qanday fikrda ekanligimizga bog’liq. Oziq-ovqatingizga e’tibor bering, shu jumladan «ko’zlaringiz bilan yeng».

36. Eslatmalar yozing

Uyingiz bo’ylab ozish va so’glom bo’lishga undovchi eslatmalar yopishtiring: chiroyli qomatga ega ega bo’lgan odamlar suratlari, har xil undovchi yozuvlar. Ular har kuni maqsadingizni eslatib, sizning qaroringizni mustahkamlaydi.

37. Stressni yo’qotish

Ko’p odamlar stress holatida ko’p ovqat yeb qo’yishadi va bu tufayli ortiqcha vazn olishadi. Oziq-ovqatsiz stressni yengishni o’rganing: meditatsiya, muloqot, mashqlar, sevimli mashg’ulot.

Agar siz doimo tushkunlikda bo’lsangiz, hech qanday parhez sizga ozishga yordam bermaydi, siz psixologik sabablarga ko’ra faqat vazn olasiz. Shunday qilib, ozishni boshlashdan oldin, psixologik muammolar va doimiy stressdan xalos bo’ling: ishingizni o’zgartiring, oiladagi munosabatlarga oydinlik kiriting va boshqalar.

38. Rad qilish o’rniga qo’shing

Gazli ichimliklar, shirinlik, yog’li oziq-ovqatlardan voz kechish o’rniga, foydali ahamiyatga ega bo’lgan yangi ko’nikmalar olishga e’tibor qarating. Ko’proq meva yeyish, sport bilan shug’ullanish, ko’proq suv ichish. Biroz vaqt o’tgach, foydali odatlar sizning hayotingizdagi zararli odatlarni bartaraf etayotganini sezasiz.

39. Bittadan odat

Barcha «yomon odatlarni» birdaniga o’zgartirishga urinishning o’rniga ularni sekinlikda, birma-bir o’zgartirish maqsadga muvofiqdir. Barcha yomon odatlaringizni qoldiring va e’tiboringizni diqqat bilan faqat bittasida jamlang. Foydali odat hayotingizga to’liq kirsa va deyarli avtomatik tarzda amalga oshirilsa, keyingisiga o’ting.

40. Tasavuur qilish

O’zgarish natijalarini tasavvur qilish uchun biroz vaqt ajrating. Hayollar amalga oshadi va ozish haqida ko’proq fikr yuritsangiz (ijobiy tomonlama va sabr-toqat bilan, «men hoziroq ozishni istayman!», «Nima uchun men juda semizman?» kabi savollarsiz) yanada yaxshiroq bo’ladi.

41. Sog’lom uyqu

Sog’lom uyqu stress va tushkun kayfiyatdan qutilishga yordam beradi. Bundan tashqari, qondagi shakar miqdori va metabolizmga ta’sir qiladi. Ishlaringizni o’z vaqida yakunlang va uyquga keting, shunda siz ortiqcha narsa yeb qo’ymaysiz va ertalab och qorin bilan uyg’onasiz.

42. Muloqot qiling

Odamlar o’zlari haqida gapiradigan, maslahatlashadigan, o’z yutuqlarini bilan bo’lishadigan juda ko’p ijtimoiy resurslar mavjud. U yerda muloqot qilish, shu kabi muammolarga duch kelgan odamlarning fikrini o’rganish ozish vazifasini soddalashtiradi. Erishgan yutuqlaringizni yaqinlaringiz bilan bo’lishish sizni yanada ilhomlantiradi.

Jarayon va natijalarni qanday kuzatish mumkin

43. Oziq-ovqat jurnali

Qachon va qancha ovqat iste’mol qilganingizni, nimalarni yeganingizni va nimalarni rad etganingizni yozib boring. Hafta oxirida natijalarni tahlil qiling.

44. ​​Surat

Natijalaringizni solishtirish uchun suratlar oling. Iste’mol qilgan ovqatingizni suratga olsangiz, bu ham, sizga qay sharoitda va qanaqa holatda qancha ovqat yeganingizni eslatish uchun yordam bo’ladi.

Ozish uchun mashqlar

45. Musiqa ro’yxatini tuzing

Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, tez ritmli musiqalar mashg’ulotlar davomida tezlashishga va ko’proq mashq bajarishga yordam beradi. Bundan tashqari, siz yoqtirgan optimistik musiqa charchashdan chalg’itadi, tetiklik va optimistik ruhni saqlab qolishga yordam beradi.

46. Jarohatlardan saqlaning

Mashqlardan oldin qizinib olishni kanda qilmang va o’zingizni ortiqcha zo’riqtirmang. Siz ko’proq mashq bajarishni va tezroq ozishni istaysiz, ammo bunda ortiqcha zo’riqish sizga yordam bermaydi. Charchash tufayli sportga qiziqishni yo’qotasiz yoki undan ham yomonrog’i, jarohat olishingiz mumkin, bu esa sizni mashg’ulotlardan cheklab qo’yadi.

47. Funktsional mashqlar

Tabiiy harakatlardan funktsional mashqlarni bajaring. Bu nafaqat salomatlikni yaxshilash, moslashuvchanlik va kuch-quvvatni oshirish, balki kundalik hayotni yengillashtiradi, masalan og’ir yuk bilan zinadan ko’tarilish.

48. Biroz kofein

Mashqlardan oldin ozgina kofein sizning kuchli tomonlaringizni qo’llab-quvvatlaydi va organizmni energiya ishlab chiqarish uchun birinchi navbatda yog’larni yoqishga undaydi.

49. Uy sharoitida ozish ham mumkin

Mashq qilish uchun yugurish yo’lagi sotib olishning hojati yo’q. Siz uyda mashqlar uchun o’z tana og’irligingizdan foydalanishingiz mumkin.

50. Sherik toping

Michigan universiteti olimlari tomonidan olib borilgan yangi tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, agar biz mashqlarni sherik — do’st, qarindosh yoki tanish bilan olib boradigan bo’lsak, o’ziga xos raqobatga kirishib ketamiz va yaxshi natijalarni ko’rsatamiz.

Shunday qilib, do’stingizni sport zaliga yoki stadionga olib boring va birga mashq qiling.

51. Trenajer monitoriga ishonmang

Ko’pincha trenajer monitorida juda ko’p miqdorda yoqilgan kaloriya ko’rsatiladi va agar bunga ishonsangiz, mashqdan so’ng ko’p ovqat yeb qo’yishingiz mumkin.

52. Og’irliklar bilan mashq qilish

Og’irlik ko’tarish (oqilona chegaralar doirasida) metabolizmni tezlashtiradi, mushaklar massasini hosil qiladi, yaxshi kayfiyat va o’ziga ishonch beradi.

53. Intervalli mashg’uot

Mashq qilishda yuqori intensivlik bilan intervallar (vaqt oraliqlari) yog’larni yaxshiroq parchalaydi va ozishni samaraliroq qiladi. Ular modda almashinuvini jadallashtiradi va intervallarni hisobga olgan holda, uni davomiyligi sezilarli darajada oshiradi ham.

54. Tik turib ishlang

O’troq ish ko’pincha semizlik, bel og’rig’i va boshqa muammolarga olib keladi. Agar imkoningiz bo’lsa, tez-tez tik turig yoki sayr qiling. Bundan tashqari, maxsus ofis stollari bor, ularda tik turib ishlash qulay. Albatta, siz tik holatda o’tirganga nisbatan ko’ra ko’proq kaloriya yoqasiz.

55. Ko’proq yuring

Bu nafaqat sportga, balki kun davomida normal harakatlarga ham tegishli. Agar siz piyoda yura olsangiz (agar siz yuqori qavatlarda yashasangiz, lift bilan emas, zina orqali ko’tariling), uydan uzoqroqdagi avtobus bekatiga piyoda boring, dam olish kunlari bog’larda sayr qiling. Umuman, ko’proq yurish uchun ongli ravishda qaror qabul qiling.

Bu usullarni qo’llagan holda samarali ozish dasturini ishlab chiqish mumkin va eng asosiysi, sog’likka zarar yetkazmasdan. Yodda tuting, tezda ozishning usullari yo’q, hammasi uchun sabr qilish kerak. Hech qachon oldingizga bir haftada 3-4 kilogrammga ozaman deb maqsad qo’ymang, chunki bunga erisha olmasangiz, umidsizlikka tushib qolasiz.

Tez va oson ozish uchun dorilarning ko’pchiligi hech qanday foyda bermaydi yoki oddiy ich surgi preparat bo’lib chiqadi. Vazn tashlash uchun maxsus fitochoylar (o’tlar) ayniqsa ana shunday ta’sirga ega. E’tiborli bo’ling, yaxshisi ulardan foydalanmagan ma’qul.

24 комментария к “To’g’ri ozish uchun maslahatlar”

  1. Уведомление: Colocando Camera Escondida Para Filmar O Sexo Na Favela

  2. Уведомление: good dumps cc

  3. Уведомление: cvv auto shop

  4. Уведомление: สล็อตวอเลท

  5. Уведомление: nova88

  6. Уведомление: สล็อตวอเลท

  7. Уведомление: buy dmt online canada

  8. Уведомление: golden teacher mushroom house sweatshirt,

  9. Уведомление: can i buy psilocybin online​

  10. Уведомление: go to

  11. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดินแลกเงิน

  12. Уведомление: Dark Net

  13. Уведомление: acid pills walmart

  14. Уведомление: ASC AR 15 7.62X39 30rd Mag SS Black

  15. Уведомление: streams of income

  16. Уведомление: screenshot block

  17. Уведомление: cvv dump sites

  18. Уведомление: Feuilleter

  19. Уведомление: True Albino Teacher Mushrooms – 4 Oz

  20. Уведомление: Plantation Shutters

  21. Уведомление: Sexy Baccarat

  22. Уведомление: Where to Buy Magic Mushroom Spores

  23. Уведомление: Medicijnen bestellen zonder recept bij Benu apotheek vervanger gevestigd in Almere

  24. Уведомление: https://addca.com/?URL=https://sqdc-weed.com/

Комментарии закрыты.