To’y va motam haqida maqollar

DO`STLARGA ULASHING:

Atala bo’lsa ham to’y bo’lsin.

Yomg’ir yog’sa, to’ning ho’l bo’lar,
Otang o’lsa, uying cho’l bo’lar.

Kafan kiygan ketar,
Kebanak kiygan kelar.

Kelinning keldisi yaxshi,
To’yning bo’ldisi yaxshi.

Ketgan kelar,
Ketmonlangan kelmas.

Mozorga tushgan tirik chiqmas.

Og’rigandan uzilgan yomon.

Siyrak elak kunda kerak,
Paxta elak to’yda kerak.

Tirikligida siylamasang, o’lganida yig’lama.

To’y ginasiz bo’lmas.

To’y siltovi bilan to’n bitar.

To’y — to’nliniki.

To’yga borsang, burun bor,
Burun borsang, o’rin bor.

To’yga borsang, to’yib bor,
Yomonliging qo’yib bor.

To’yga borsang, to’yib bor,
To’y to’ningni kiyib bor.

To’yga — qo’shiq,
Azaga — yig’i.

To’yganga — to’y, to’ymaganga — tomosha.

To’ylikning to’ycha tashvishi bor,
Uylikning uycha tashvishi bor.

To’yning bo’ldi-bo’ldisi qiziq.

Uyquning tinchi yaxshi,
O’limning — kechi.

Urishsiz uy yo’q,
Azobsiz — go’r.

O’zakli jonda o’lim bor.

O’lgan kelmas, o’chgan yonmas.

O’lganiga chidasang, qo’y qil,
Yeganiga chidasang, to’y qil.

O’lim borning molini sochar,
Yo’qning sirini ochar.

O’lim shoh-u gadoga barobar.

O’lim qosh bilan qovoqning orasida.

O’lim — haq, meros — halol.

O’limdan achchiq narsa yo’q,
Shodlikdan ortiq boylik yo’q.

O’limdan qochib bo’lmas.

O’lmak, o’lmakning ishi — ko’mmak.

O’lsang go’ring keng bo’lsin,
Tiriklikda — fe’ling.

O’tganni qaytarib bo’lmas,
O’lganni — turg’izib.

O’tgusiz daryo bo’lmas,
O’limsiz dunyo bo’lmas.

O’g’ilning to’yi — o’yin,
Qizning to’yi — qiyin.

Qazosi yetsa qozi o’lar.

Qari o’lsa — davlat,
Yosh o’lsa — qiyomat.

Qari qiz er tanlamas,
O’lgan odam yer tanlamas.

Qo’y semizi — qo’ychidan,
To’y tamizi — to’ychidan.

Har kim to’ygan to’yini maqtar.

11 комментариев к “To’y va motam haqida maqollar”

  1. Уведомление: Devops Consultants

  2. Уведомление: devops advice

  3. Уведомление: sbo

  4. Уведомление: cofidis pret

  5. Уведомление: psilocybin mushrooms for sale​

  6. Уведомление: maxbet

  7. Уведомление: DuroMax Portable Generator

  8. Уведомление: Where to buy DMT Victoria

  9. Уведомление: 다시보기 사이트

  10. Уведомление: how to join the illuminati

  11. Уведомление: Noord-Brabant Limburg Zeeland Online medicatie kopen zonder recept bij beste Benu apotheek alternatief

Комментарии закрыты.