Ulug‘bek rasadxonasi haqida ma’lumot bering

DO`STLARGA ULASHING:

Ulug‘bek rasadxonasi haqida ma’lumot bering
Ulug’bek farmoyishi bilan 1428 — 29 yilda Ko’hak (Cho’ponota) tepaligida ulkan silindr shaklida bunyod etilgan; ayrim qo’lyozmalar (”Boburnoma”)ga ko’ra, bal. 30,4 m dan iborat 3 qavatli qilib qurilgan. Unda o’ndan ortiq turli astronomik qurilma va asboblar bo’lgan. Ulardan eng asosiysi radiusi 40,2 m li qo’ shaloq yoydan iborat kvadrant (yoki sekstantga yaqin) qurilma hisoblanadi. Kvadrantningjan. qismi yer ostida, qolgan qismi shim. tomonda yer sathidan 30 m Cha
balanddajoylashgan. Asbob aylanasida bir gradus yoy 701 85 mm va bir minut yoy 11,53 mm ga to’g’ri keladi. Rasadxona o’rta asrlarda asbob uskunasi jihatdan ham beqiyos bo’lgan Asbob astronomiyaning asosiy doimiyliklari ekvator va ekliptika orasidagi burchakni o’lchash, yillik pretsessiya doimiysini, tropik yil davomiyligini va boshqa fundamental astronomik doimiyliklarni aniqlashga imkon bergan. Rasadxonada kichik o’lchamli asboblar: armillyar sfera, 2, 4 va 7 halqadan iborat o’lchov asboblari, triangula, quyosh hamda yulduz soatlari, asturlob va boshqalar bo’lgan. Bu ilmiy uskunalar yordamida Quyosh, Oy, sayyoralar va alohida yulduzlar kuzatilgan. Mirzo Ulug’bekning eng yirik astronomik asari ”Ziji Ko’ragoniy” rasadxonada yaratilgan. Uning qurilishi va keyingi ilmiy faoliyati Ulug’bek taklifi bilan yig’ilgan qator mashhur olimlar G’iyosiddin Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va boshqalar nomi bilan bog’liq.
Ulug’bek rasadxonasining arxeologik qoldiqlari 1908 y. V.L. Vyatkin rahbarligida olib borilgan qazilma ishlari natijasida topilgan. Xususan, bu yerda diametri 48 m keladigan, qalinligi bir g’isht bo’lgan aylanma devor borligi va uning markazida qo’shaloq yoydan iborat ulkan bosh qurilmaning qoldiq qismlari aniqlangan. Uning katta zallari, turli katta — kichik xonalari bo’lgan. Bobuming yozishicha, Ulug’bek rasadxonasining sifii koshin va sirli parchinlar bilan bezatilgan . Rasadxona ichiga o’rnatilgan juda katta asbob yordamida Quyosh, Oy, sayyora va yulduzlar katta aniqlik bilan o’rganilgan. Rasadxonada kutubxona ham bo’lgan. Ichki devorda osmon tasviri, yulduzlar xaritasi, tog’, dengiz; mamlakatlar belgilangan Yer shari tasviri ishlangan.
Keyinchalik u qarovsiz qolib, XVI asrda vayron qilingan. Hozir Ulug’bek rasadxonasidagi katta asbob — kvadratning yer ostida saqlangan qismi balandligi bilan Il m keladi. 1964 y. Ulug’bek rasadxonasi yonida Ulug’bek muzeyi ochilgan. Ulug’bek rasadxonasining asl ko’rinishi, ichki tuzilishi, bosh qurilmasi haqida O’zbekiston va chet el olimlari tomonidan tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek